Amaldagi versiyaga o‘tish


-bob. Ariza beruvchilarga qo‘yiladigan umumiy talablar



Download 483,61 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/57
Sana28.04.2022
Hajmi483,61 Kb.
#587700
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Bog'liq
18-сон 12.01.2022. Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2-bob. Ariza beruvchilarga qo‘yiladigan umumiy talablar
4. Ariza beruvchi quyidagi majburiy talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
yuridik shaxs sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tganligi;
tanlov hujjatlariga muvofiq hududga to‘liq xizmat ko‘rsatish uchun yuk tashish quvvatini
ta’minlab beradigan, talab etiladigan miqdordagi texnik soz chiqindi tashish mashinalarining
mavjudligi;
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada
ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasining mavjudligi (O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil
etilgan davlat unitar korxonalari va muassasalari bundan mustasno);
buyurtma taqdim etilishi sanasida ariza beruvchiga nisbatan tugatish jarayoni o‘tkazilishining
mavjud emasligi;
buyurtma taqdim etilishi sanasida sud organlarining ariza beruvchining nochor (bankrotligi)
va/yoki faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorining mavjud emasligi.
5. Ariza beruvchi:
elektron tanlovda ishtirok etish uchun boshqa hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va
olib chiqish uchun foydalanishda bo‘lgan chiqindi tashish mashinalarini ko‘rsatgan holda ariza
berishga;
tanlov taklifiga avvalgi elektron tanlovlar natijasi bo‘yicha ushbu Nizomga muvofiq unga
biriktirilgan hudud uchun arizada ko‘rsatilgan aynan o‘sha chiqindi tashish mashinalarini kiritishga
haqli emas (hududni biriktirish muddatining yakunlanishi yoki ariza beruvchining ushbu
hududdagi faoliyati to‘xtatilishi hollari bundan mustasno).
3-bob. Elektron tanlovni o‘tkazish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
elektron tanlov buyurtmachisi hisoblanadilar (keyingi o‘rinlarda — buyurtmachi).
7. Buyurtmachi:
tanlov hujjatlarini tasdiqlaydi;
operator bilan elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga shartnoma tuzadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining
hududiy organlari huzuridagi Sanitar tozalash xizmatlarini tashkil etish markazi (keyingi o‘rinlarda
— Sanitar tozalash markazi) buyurtmachining ishchi organi hisoblanadi va quyidagi vazifalarni
bajaradi:
a) quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi tanlov hujjatlarini tayyorlaydi:
hududlar ro‘yxati (ikki va undan ortiq hudud mavjud bo‘lganda);
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha elektron tanlovga qo‘yilayotgan har bir
hududning pasporti;
elektron tanlovlar g‘oliblarining chiqindi to‘plash shoxobchalarida va tutash hududda lozim
darajadagi tozalikni ta’minlash, shuningdek, maishiy chiqindilarni mustaqil ravishda saralashni
amalga oshirish, sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasini yaratish yoki yaxshilashni (chiqindi
to‘plash shoxobchalarini ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish, konteynerlar bilan jihozlash)
nazarda tutuvchi majburiyatlari;
b) biriktirilayotgan hududda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish
bo‘yicha xizmatlarning bazaviy qiymatini hisoblab chiqaradi.


Bunda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar
(aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati biriktirilayotgan hududda istiqomat
qiluvchi aholi soni, belgilangan tarif, majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi, shuningdek,
Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar respublika birlashmasiga ajratmalar va
Sanitar tozalash markazini saqlash xarajatlaridan kelib chiqib, quyidagi formula orqali aniqlanadi:
V = N x S x K x 0,95-R
bunda:
V — jismoniy shaxslar (aholi)ga QMChlarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha
ko‘rsatiladigan xizmatlarning bir oylik bazaviy qiymati;
N — biriktirilayotgan hududda istiqomat qiluvchi va qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va
olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan majburiy to‘lovlarni to‘lash
va hisobini yuritishning yagona elektron tizimiga kiritilgan jismoniy shaxslar (aholi)ning umumiy
soni;
S — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha jismoniy shaxslar
(aholi)ga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan tarif miqdori;
K — qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar uchun
majburiy to‘lovlarning o‘rtacha undirish darajasi (Toshkent shahrida — 100 % (K=1), viloyatlar
markazlarida — 90 % dan ortiq bo‘lmagan (K≤0,9), boshqa hududlarda — 80 % dan ortiq bo‘lmagan
(K≤0,8));
0,95 — baravarlik koeffitsiyenti (Sanitar tozalash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan korxonalar
respublika birlashmasining bank hisobvarag‘iga 5 % miqdoridagi ajratmalar hisobi bilan);
R — Sanitar tozalash markazini saqlash uchun ajratmalar summasi;
v) hududlarni elektron tanlovga qo‘yish uchun buyurtmachi nomidan avtomatlashtirilgan
axborot tizimi orqali operatorga elektron buyurtma yuboradi.
Ishchi organ qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
9. Buyurtmaga tanlov hujjatlari nusxasi ilova qilinadi.
10. Elektron tanlov o‘tkazish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish shartnomasiga bir vaqtning o‘zida bir
nechta hududlar kiritilishi mumkin.
11. “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron tanlovlar O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan tartibda hamda operator va buyurtmachi o‘rtasida
tuzilgan shartnoma asosida tashkil etiladi va o‘tkaziladi.
12. Elektron tanlov o‘tkazish haqidagi xabarnomada quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi zarur:
ushbu Nizomning 4 va 5-bandlarida ariza beruvchilar uchun ko‘rsatilgan majburiy talablar va
cheklovlar;
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq elektron tanlovga qo‘yilayotgan hududning pasporti;
tanlov hujjatlariga muvofiq elektron tanlov g‘oliblarining majburiyatlari;
elektron tanlovda ishtirok etish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq ariza shakli;
ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq tanlov taklifi shakli;
ariza beruvchilar tomonidan ushbu Nizomning 13-bandi talablariga muvofiq ilova qilinishi
kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati.
13. Elektron tanlovda ishtirok etish uchun ariza elektron ko‘rinishda, tanlov taklifini to‘ldirgan
holda beriladi.
Arizaga quyidagi hujjatlarning elektron (skaner qilingan) nusxalari ilova qilinadi:
yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun amaldagi litsenziya va arizada
ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga litsenziya kartochkasi (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tashkil etilgan davlat unitar
korxonalari va muassasalari bundan mustasno);


tanlov taklifida ko‘rsatilgan har bir transport vositasiga transport vositasining ro‘yxatdan
o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma (texnik pasport, texnik talon) nusxasi;
chiqindi tashish mashinalari harakatini real vaqt rejimida avtomatlashtirilgan kuzatish tizimi
(GPS)ni joriy qilish va unga xizmat ko‘rsatish yuzasidan shartnoma nusxasi;
ishlab chiqarish bazasi (avtopark, garaj)ning ijara shartnomasi nusxasi (agar xususiy ishlab
chiqarish bazasi mavjud bo‘lmasa).
14. Tanlov taklifi elektron tanlov ishtirokchilari tomonidan ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq
shaklda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taqdim etiladi.
15. Tanlov takliflarini baholash va elektron tanlov g‘olibini aniqlash ushbu Nizomga 5-ilovaga
muvofiq tanlov takliflarini baholash shakli bo‘yicha “E-auksion” elektron savdo platformasida
avtomatik tarzda amalga oshiriladi.

Download 483,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish