4.5-jadval.
EIHlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda qo„llaniladigan imtiyozlar
52
Imtiyoz turlari
Mamlakat
Soliq imtiyozlari: kredit uchun; mulk uchun; ishlab chiqarish va
savdo kompaniyalari shartnomalari uchun; sotish uchun;
investitsiya uchun
AQSh
Import qilinadigan dastgohlarni bojxona to„lovlaridan ozod etish
Ispaniya
Xomashyo va dastgohlarni bojxona to„lovlarsiz kiritish
Indoneziya,
Malayziya,
Filippin,
Janubiy
Koreya
Kapitalni subsidiyalash
Ispaniya
Korporatsiyalar daromadlarini soliqdan ozod etish
Fransiya,
Buyuk
Britaniya
Aksiyalarga qo„llaniladigan soliqlardan ozod etish
Belgiya
Investitsiya zayomlari
Buyuk
Brtaniya
Mahalliy, mulk soliqlaridan ozod qilish
Buyuk
Brtaniya
Boshqa turdagi mahalliy soliqlardan ozod etish
Ispaniya,
Fransiya
Ish bilan bandlikni rag„batlantirish: ish o„rinlarini yaratish uchun
kreditlar; band bo„lganlarning ba‟zi turlarini rag„batlantirish;
ishchilarni mutaxassislikka qayta o„qitish; xizmatchilarning
ta‟lim olishi
AQSh
Nihoyatda zarur xorijiy mutaxassislar daromad solig„idan ozod
etiladi
Belgiya
Investitsion fondlarni qo„llab kuvvatlash (ishlab chiqarishni
rivojlantirish uchun obligatsiyalarni chiqarish, imtiyozli kreditlar,
kapital qiymatini oshirishga bo„lgan soliqni bekor kilish).
AQSh
Soliq ta‟tillari 3 yildan 5 yilga
Indoneziya
52
Raimjonova M.A. O„zbekistonda erkin iqtisodiy hududlarga investitsiyalarni jalb qilish: nazariy asoslari, hozirgi
holati va istiqbollari. – T.: “Extremum-press” nashriyoti, 2013. – B. 154.
128
Soliq ta‟tillari 8 yilgacha
Malayziya
Besh yillik soliq ta‟tillaridan so„ng darmad solig„i va mulk
solig„ini 50% kamaytirish
Janubiy
Koreya
Uchinchi mamlakatlarga eksport qilinayotgan tovarlar bojxona to„lovlaridan
ozod bo„ladi va odatda ichki soliqka ham tortilmaydi, yani QQS, mahalliy soliqlar va
mulk solig„idan ozod bo„ladi (agar mamlakat ichiga import qilinsa bu hamma soliqlar
olinadi).
Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqka tortish bo„yicha barcha boshqa qonunlar
hamda atrof muhitni muxofaza qilish bo„yicha umumiy qoidalar, mehnat va soglikni
muhofazasi, xo„jalik faoliyatini tashkil etish masalalari esa mamlakatning qolgan
hududida qanday bo„lsa shundayligicha tadbiq qilinadi.
Savdo-ishlab chiqarish hududlaridagi imtiyozlar faqatgina tadbirkorlik
faoliyatini ustirishga yordam berish maqsadida emas, balki kapital oqimini
boshqarish va mamlakat hamda uning alohida hududlarini iqtisodiy rivojlantirishning
ustuvorligidan kelib chikgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmini
ko„paytirishga qaratilgan.
Eksport-ishlab chiqarish hududlarida eng ko„p qo„llaniladigan imtiyozlar
quyidagilardan iborat:
-
eksport mahsulotini ishlab chiqarishda qo„llaniladigan xomashyo yarim tayyor
mahsulotlar va tayyor maxsultlar import bojlaridan ozod etiladi;
-
eksport qilinayotgan mahsulotni realizatsiya qilishdan hamda mamlakat ichida
mahsulot ishlab chiqarish uchun xarid qilingan tovarlar va xizmatlar bo„yicha
to„lanadigan soliqlardan ozod qilinadi;
-
eksport-ishlab chiqarishida katnashayotgan korxonalarda soliq ta‟tili berish
yoki foydadan to„lanadigan soliqdan qisman ozod etish.
-
komunal xizmatlar, idora xonalari, yer ijarasi bo„yicha to„lovlarga subsidiya
berish va boshqalar.
Import yo„nalishidagi ishlab chiqarish hududlarida imtiyozlar tizimi faqatgina
eksportga qaratilgan hudulardagidan tubdan farq qiladi. Bu farqlar quyidagilar iborat:
-
hududdan mamlakat ichiga kiritilayotgan tovarlar uchun bojlar va kvotalarni
bekor qilish;
-
mamlakat ichiga yo„naltiriladigan tovarlar va xizmatlarni soliqlar orqali
rag„batlantirish. Hududdan tashqaridagi korxonlar bilan aloqasini moliyaviy
rag„batlantirish;
-
mahalliy xomashyo va materiallardan ishlab chiqarishda foydalanishni
ma‟muriy yul bilan majburan ta‟minlash.
Texnik-tadbiq etish hududlarida (texnopolislar va texnoparklar)da sanoati
rivojlangan mamlakatlar amalda shu mamlakatda barcha investorlar va ishlab
chiqaruvchilarga qo„llaniladigan imtiyozlarni taklif etadi. Bundan tashqari venchur
kompaniyalariga, masalan, AKShda imtiyozli asosda yordam taklif etiladi, yani
ishlab chiqarish va idora binolarini ijaraga berish, maslaxat xizmatlarini ko„rsatish,
129
individual ixtirolarni texnologik ekspertizasini amalga oshirish, kichik biznes
bo„yicha ma‟muriyatdan qarz olishga kumaklashish va boshqalar.
Yangi industrial mamlakatlarning texnopaklarida, masalan, Malayziya,
Singapur, Tayvanda eksport mahsuloti ishlab chiqaradigan korxonalarga eksport-
ishlab chiqarish hududlarida qo„llaniladigan imtiyozlar beriladi.
Kompleks turlari EIHlarda bojxona, soliq, moliyaviy va ma‟muriy
imtiyozlarning standart majmuasi qo„llanilib, ular u yoki bu hududda bajarilayotgan
ishlarning ko„lamiga va yunalishiga qarab turib bir qadar o„zgarishi mumkin.
Turli turdagi EIHlar uchun soliq va rag„batlantirishlarning optimal tizimini
yaratish bir qadar murakkab masaladir. Hududning har bir turi uchun jahon tajribasi
va mahalliy sharoitlardann kelib chiqqan holda imtiyoz va rag„batlantirishlarning
alohida majmuasini yaratish lozim. Shu bilan birga EIH joylashgan mamlakatning
davlat gaznasiga zarar etkazmaslik uchun imtiyozlar darajasi aniq belgilanishi lozim.
Umuman olganda, imtiyozlarning qo„llanishi hisobiga ushbu regionning nisbiy
afzalliklari yanada rivojlantirilishi kerak va aksincha, bu erda mavjud bo„lmagan
rivojlanish omillarini kompensatsiya qilishi kerak emas.
Alohida hududlarda amal qiladigan o„ziga xos imtiyozlar birikmasi va rag„batlar,
transport infratuzilmasi rivojlanishini tezlashtirish yoki mahalliy xomashyoni qayta
ishlab chiqib eksport qilishni yoki hududga investorlarning ma‟lum turini ( kichik
yoki katta investorlarni) jalb qilish yoki yana boshqa xil kerakli masalalarni hal
qilishga qaratilgan maxsus imtiyozlar bilan to„ldiriladi.
Yuqorida qayd qilingan imtiyozlar turli xil kombinatsiyalarda ishlatilishi
mumkin. Biroq, bularning barchasi shu hududda mavjud, amalda bo„lgan
faoliyatlarga beriladigan nisbatan yengilliklarni amalga oshirish yo„li (instrumenti)
sifatida xizmat qilishi kerak. Bu hududda mavjud bo„lmagan rivojlanish faktorini
yaratishi kerak emas. Shuni ham unutmaslik kerakki, faqatgina soliq imtiyozlarini
beribgina xorij kapitalini jalb qilib bo„lmaydi. Zamonaviy ko„lamlarda
(masshtablarda) EIHning tarqalishida investitsion kafolat, infratuzilma sifati va ishchi
kuchi malakasi, ichki bozorda arzon kredit olish imkoniyati va ma‟muriy
jarayonlardagi oddiyliklar xorij kapitalani jalb qilishda ko„proq muhim omil sifatida
qaralmoqda. Jahon tajribasi shuni ko„rsatadiki, xorij kapitalini jalb qilishdagi eng
muhim omil – bu EIH tashkil qilinayotgan mamlakatdagi siyosiy barqarorlik
hisoblanadi.
EIHni tashkil qilish ma‟muriy jihatdan mashaqatli va anchagina moliyaviy
mablag„ talab qiladi. Rossiya Fanlar Akademiyasi qoshidagi Sharqshunoslik
institutining ma‟lumotiga ko„ra, 26 ta davlatlarda tekshiruv o„tkazilgan va undan
ma‟lum bo„lishicha, davlatlar 1 AQSh dollari xorij kapitalini jalb qilish uchun 4
AQSh dollariga teng miqdorda mablag„ sarflashgan. Xitoyda esa, o„tgan asrning 80
yillarining oxiriga kelib 4 ta erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilishga ketgan
qo„yilmalar (o„z mablag„lari) 22 mlrd. AQSh dollaridan oshgan bo„lib, chet el
investitsiyasi esa faqatgina 4 mlrd. AQSh dollari tashkil qilgan
53
. Shuning uchun ham
erkin iqtisodiy hududlarni tashkil qilish va ularni amaliyotda qo„llash bilan yoki
hukumat tomonidan yaratilgan maxsus ma‟muriy tuzilma yoki davlat tashkilotlari
53
http://probib.narod.ru/ Predposilki i tseli sozdaniya SEZ, 2003.
130
shug„ullanadi.
EIHlar dunyoning ko„pgina mamlakatlarida o„z samaradorligini ko„rsata oldi.
Biroq, bir qancha mamlakatlarda EIHni tashkil qilishning va amalda qo„llashning
uddasidan chiqa olmadilar yoki ular uzoq muddatgacha zararga ishlagan. Bularga
mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy nobarqarorlik va tashkiliy masalalarning sustligi
sabab bo„lgan. Siyosiy vaziyatning keskinlashuvi, siyosiy inqirozning harbiy
bosqichga o„tishi, mamlakatdagi holatning yomonlashuvi xorij kapitalining kelishi va
barqaror faoliyat yuritishiga to„sqinlik qiladi. Xorijiy investitsiyalar ushbu
davlatlardan chiqib ketadi. Bunday holat Liberiya, Gvatemala va boshqa ayrim
davlatlarda yuz bergan. Erkin iqtisodiy hududning faoliyat yuritishi uchun kerak
bo„lgan iqtisodiy holatga kerakli moddiy sharoitlarning yo„qligini ham kiritish
mumkin. Bunday holat Filipinda yuz bergan. U erda bunga erkin iqtisodiy hududni
yaxshi rivojlanmagan infrastruktura va yetarli darajada ishchi kuchi bo„lmagan
hududda tashkil qilinganligi sabab bo„lgan. EIHning rivojlanishida to„sqinlik
qiladigan holatlar qatoriga har xil tashkiliy kelishmovchiliklar ham kiradi. Ularga
xorij kapitalini ro„yxatga olish jarayonlarining murakkabliligi, malakali, sifatli
reklamaning mavjud emasligi va boshqalar kiradi.
Rivojlangan (ishlab chiqarish rivojlangan) mamlakatdarda EIHlarni tashkil qilib,
uni amaliyotda qo„llash natijasida bunday katta yutuqlarga erishganliklarining
sababini, bir tarafdan ularning rivojlanishini boshlang„ich bosqichlarining yaxshi va
puxta rejalashtirilganligi bo„lsa, ikkinchi tomondan hududlar bo„yicha boshqaruvning
vaziyatga qarab moslashuvchanligida deb hisoblaydilar. Jahon xo„jaligidagi o„zgarib
turuvchi vaziyatlar (ilmiy-tenika inqilobi, xalqaro korporatsiyalar o„rtasidagi o„zaro
raqobatlashuv, xalqaro ayirboshlashda valyuta kurslarining o„zgarishi va boshqalar)
EIHning rivojlanishiga o„z ta‟sirini o„tkazadi.
EIHlarni tashkil qilish ijtimoiy- iqtisodiy tomondan ham sezilarli darajada o„z
afzalliklariga ega. EIHlar anchagina ishchi joylarini yaratadi, xalqaro savdo
almashinuvini jonlantiradi, tashqi savdo darajasini oshiradi, va boshqa afzalliklar
yaratdi. Ishlab chiqarish rivojlangan mamlakatlardagi EIHlar faoliyati faqatgina
dunyo bozoriga emas, balki, ichki bozorga ham qaratilgan.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlar bir qator umumiy tomonlarga va
rivojlanish davrlariga ega. Shunday qilib, bu davlatlarda ko„proq eksport-ishlab
chiqarish hududlari tarqalgan. Yuqorida ko„rsatib o„tilgandek, eksport-ishlab
chiqarish hududlarini tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi bir qancha iqtisodiy
sabablarga ko„ra aniqlanadi. Masalan, sanoatni rivojlantirish va sanoat mahsulotlarini
eksportga ishlab chiqarishga bo„lgan talab, mamlakatga xorij kapitalini, ilg„or ilm-fan
va texnologiyalarni, zamonaviy informatsion texnikalarni jalb qilish.
Rivojlanayotgan davlatlardagi EIHlarda xo„jalik yuritishning o„ziga xos tizimi
xorijiy tadbirkorlar uchun borgan sari erkinroq va imtiyozliroq bo„lib bormoqda. Bu
holat hududlar o„rtasidagi xalqaro raqobatning kuchayishi, shundan kelib chiqqan
holda, hududning boshqa shu kabi hududlarga nisbatan afzalliklarini ko„rsatishga
bo„lgan urunishlar bilan bog„liqdir.
EIHlarning ish jarayonida, ularning faoliyatining diversifikatsiyasi yuz beradi va
har tomonlama rivojlanadi. Zamonaviy fan-texnika inqilobi birinchi darajaga shunday
131
EIHlarni qo„yadiki, ular yangi va yuqori texnologiyalarni yaratish bilan bog„liq
bo„lgan, ishlab chiqarishning ko„p ilm talab qiladigan tarmoqlariga katta e‟tibor
qaratadilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi EIHlarning qolgan territoriyalarga ta‟sir
darajasi cheklangan. Bu xususiyat rivojlangan mamlakatlar uchun xos. U erda EIH
qolgan territoriyalarga ta‟sir darajasi asosiy maqsad qilib belgilanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |