270
shahri yaqinida yangi ochiq tuman Pudun barpo etildi. Bu tuman iqtisodiy va
huquqiy tartibiga ko„ra EIHga to„liq mos keladi. Pudun rayonini tashkil etishdan
maqsad Shanxay shahrini modernizatsiya qilish va Yantszi daryosi havzasi
mintaqasini rivojlantirish edi. 1990-yilda uning hududida birinchi erkin savdo
hududi (ESH) – “Veygatsyao” tashkil etildi. Ushbu hudud
eksport ishlab chiqarish
faoliyati bilan shug„ullanadi. Bu erdagi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 200 dan
ortiq korxonaning 140 tasi to„liq xorijiy investitsiyali korxona hisoblanadi. Uning
tashkil etilishini mamlakatning jahon iqtisodiyotiga ochilishini ta‟minlashdagi yangi
bosqich sifatida baholash mumkin.
1989 va 2006 yillarda mos ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari
ham tashkil etildi. 1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTH muvaffaqiyatli faoliyat
yuritar edi. Keyinchalik, boshqa turdagi MIHlar ham butun mamlakat bo„ylab
tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda
Xitoyda 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 15
ta erkin savdo hududlari, 17 ta eksportni
rag„batlantiruvchi hududlar, 52 ITTH, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot
hududlari va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik hududlari ro„yhatdan o„tkazilgan
edi. 2013-yil oxirida Xitoyda 5 ta MIH, 210 ta ITTH, 15 ta chegaradosh iqtisodiy
hamkorlik
hududlari, 105 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin bojxona
hududlari faoliyat yuritishi aniqlandi. Bundan tashqari, 2013 yil 29 sentabrda XXR
Davlat Kengashi tomonidan Shanxay (Pudun) erkin savdo hududi (ESH)ni tashkil
etish to„g„risida qaror qilindi.
Bugungi kunga kelib Xitoyda 5 ta MIH, 219 ta ITTH, 16
ta chegaradosh
iqtisodiy hamkorlik hududlari, 146 ta yuqori texnologiyali hududlar 13 ta erkin
bojxona hududlari, 16 ta erkin savdo hududlari, 14 ta ochiq qirg„oq shaharlar, 46 ta
eksportni rag„batlantiruvchi hududlar faoliyat ko„rsatmoqda.
“Bundan tashqari, yuqorida ko„rsatilgan davlat darajasidagi EIHlardan tashqari
provinsiya (viloyat)lar va shaharlar darajasigagi ko„pgina hududlar faoliyat
ko„rsatadi. 2003-yilga qadar Xitoyda 38,6 ming km
2
hududiy
maydonni egallovchi
6866 ta turli EIHlar mavjud edi”
74
.
MIZlar to„g„risida haligacha yagona me‟yoriy hujjat yo„q bo„lib, ularning
tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog„liq munosabatlar 1982-yilda qabul
qilingan XXR Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi. Uning 18-moddasi 2-bandiga
ko„ra, “XXR barcha xorijiy korxonalar, tashkilotlar
va xorijiy investitsiyalar
ishtirokidagi qo„shma korxonalarga investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda
ularning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanadi”.
Uchinchi bosqichda Xitoy hukumati eksport ishlab chiqarishga qaratilgan
investitsiya siyosatiga e‟tibor berishni saqlagan holda yuqori va yangi texnologiya
loyihalariga ko„proq e‟tibor berib kelmoqda. Aynan shu loyihalar aloxida soliq va
boshqa imtiyozlarga ega hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda past malakali ishchi kuchi
ishlatiladigan
qayta
ishlash
sanoatiga
bo„lgan
munosabatda
cheklovlar
qo„llanilmoqda. Bu bosqichda oldin tashkil qilingan
va tashkil etilayotgan EIHlar,
DOShlar, ITRHlar va boshqa iqtisodiy ochiq tumanlar rivojlanib kelmoqda.
74
Мотовиц Т.Г., Мотовиц Р.В. Свободные экономические зоны: ствновление и развитие. Монография. –
Забаровск: Издательство ТОГУ, 2017. – С. 35.
271
Davlatning mamlakat iqtisodiyotidagi ochiqligi asosan, “ochiq belbog„lar”ni
tashkil etish siyosatida aks etadi. Sharqiy dengiz bo„yi tumanlar – Lyaonin, Xebey,
Shandun, Tszyansu, Chjenzyan, Futszyan, Guandun,
Guansi-Chjuan avtonom
tumanlarda, Pekin, Shanxay va Tyantszinni o„z ichiga olgan sharqiy ochiqlik belbog„i
vujudga keldi. Uning aholisi 200 mln. kishini tashkil etib, umumiy er maydoni 320
ming km
2
ni tashkil etadi. Bu tumanlar o„zining qulay geografik o„rni va ortiqcha
ishchi kuchlari bilan ajralib turadi.
Xitoyning “Sharqiy ochiqlik belbog„i” turli darajadagi va ko„rinishdagi EIHlarni
o„z ichiga oladi. Bu esa xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoit yaratadi. 1992
yildan boshlab Xitoy «shimol ochiqlik belbog„i”ni tashkil qilishga kirishgan edi. Buni
biz Rossiya va Mongoliya bilan chegaradosh shimoli-sharqiy mintaqada EIHlar
tartibini joriy etilishida ko„ramiz. Bu erda Xayxe, Suyfinxe (Xeyluntszyan
provinsiyasi), Xuanchuan (Tszimen provinsiyasi), Menchjouli (ichki
Mongoliya
avtonom tumani) shaharlarida DOShlarga o„xshash tartib o„rnatilgan.
Xitoyning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida
Inin, Gachen, Guanchjou, Sichuan, Shansi, Guansi, Tsinxay, Janubi-Sharqiy Osiyo
bilan chegaradosh bo„lgan hududlarida Nannin, Pinsyan, Dunsin (Guansi-Chjuan
avtonom tumani), Kunmin, Xekou, Vannin (Yunnan provinsiyasi) “ochiqlik
belbog„lari” barpo etilmoqda. Shu tarzda mamlakat iqtisodiy ochilmoqda.
Xitoy davlatining mazkur siyosati bugungi kunda
Do'stlaringiz bilan baham: