Ant I anti startap startapingizga investor ko‘ZI



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/46
Sana28.04.2022
Hajmi1,56 Mb.
#586588
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
Bog'liq
AntiStartup Final

1.
 
Bunga talab bor edi va bo‘ladi. Bu shuni anglatadiki, odamlarda mavjud va har doim bo‘lgan 
muammolarni mahsulot / xizmat hal qiladi. 
 
2
. Taklif cheklangan yoki bitta nusxada mavjud. 
3
. Mijozlar sizdan boshqa mahsulot/xizmatni yetkazib beruvchilarga o‘tishlari juda qiyin 
(switching costs yuqori). 
4
. Eng yuqori texnologiyalar, eng aqlli yetkazib beruvchilar, eng ayyor raqobatchilar ham taklifni 
oshirishga yoki yechimlar va ularning muqobillarini topishga qodir emaslar. 
 
Albatta, hech narsa doimiy bo‘lmaydi. Pikassoning suratlari zamonaviy texnologiyalar yordamida 
qalbakilashtiriladi. “Tverskaya” metro bekati yonida yangi ikkita ulkan savdo markazini qurib, 
trafikning yarmini o‘zlariga tortib olishdi. AQShda qazib chiqarilayotgan tabiiy gaz Gazpromning 
monopoliyasini vaqti kelib, yo‘qqa chiqarishga qodir.
Nega men birjada o‘ynamayman? 
Monopoliya va ideal raqobat tushunchalarini yaxshiroq tushuntirib berish uchun menga qattiq ta’sir 
qilgan bir nechta tarixiy dalillarni so‘zlab beraman.
Moskva muhandislik-fizika institutida talabalik davrimda statistika fanidan so‘ng men ahmoqlar Forex 
da o‘ynashlari va texnik tahlil bilan shug‘ullanishlarini tushunib yetdim. Sal kechroq men fundamental 
narsalarga shubhalana boshladim. 
1 –dalil. Moliyaviy bozorlar –bu IDEAL RAQOBATGA ega bozorlardir.
Bilamizki, ideal raqobatga ega bozorda barcha o‘yinchilarning uzoq muddatli daromadi oxir- oqibat 
nolga teng bo‘ladi. Nazariy jihatdan 100 nafar o‘yinchisi bo‘lgan bozor idealdir. Moliviy bozorlarda 
bunday o‘yinchilarning soni mingdan ortiq.
Bunday o‘yinlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritadigan va bozorni yaratadigan va pul bosib chiqaradigan 
odamdir. Va albatta har bir tranzaksiyadan foiz oladigan shaxsdir. 
Agar kundalik hayotda kompaniyalar bir birlari bilan eksklyuziv aktivlar, texnologiyalar va 
komandalari vositasida raqobat olib borishsa, moliya bozoriga chiqishganidan keyin esa ular o‘z 
qiyofalarini mutlaqo yo‘qotadilar. 


Antistartup.Darkside.vc 
Shu nuqtai nazardan bozorni aldab yoki aylanib o‘tib bo‘lmaydi. “Janob Bozor” – juda aqlli, u hamma 
narsani hisobga oladi va daromadni nolga tushirib qo‘yadi. Bozorni aylanib o‘tishning atigi ikkita yo‘li 
bor: 1) insayd olish, ammo bu odatda jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan harakat hisoblanadi; 2) 
kompaniyaning yaratuvchisi yoki uning IPOga joylashtirilishiga aloqador bo‘lish zarur. 
Alohida olingan ma’lum bir vaziyatda kimningdir omadi keladi, ammo hech bo‘lmaganda 5 yillik 
istiqbolga qaralsa, buning bari nolga tushib ketadi. Bundan tashqari, o‘yinchining xotirasi shunday 
yaralganki, u faqat yutuqli vaziyatlarni eslab qolib, omadsizliklarni o‘chirib tashlaydi. Shuning uchun 
ham, aslida hayotda teskarisi bo‘lsada, muvaffaqiyatli startaplar haqidagi maqolalar omadsizlari 
haqidagidan 100 marta ko‘proq. 
2-dalil. Agar kompaniya birjada bo‘lsa – u kredit oladi. Bir marta kredit olgach, vaqt o‘tib kompaniya 
bankning mulkiga aylanadi
.
Men taxminan 2012- yillarda bunga ishonch hosil qilganman. Men oz vaqt EMBA dasturi bo‘yicha 
Stenfordda o‘qiganman. U yerda ma’ruzalardan birini hamma “Mr. Market” (yuqorida bayon etilgan 
konsepsiya tarafdori bo‘lgani uchun) deb ataydigan professor Jorj Parker o‘qirdi. U ayrim ommabop 
kompaniyalarning bosh direktorlari mustaqilligini saqlab qolish uchun kredit olishdan bosh tortishlari 
haqida so‘zlab berardi. Shunda bankirlar kelib, agar kredit olinsa, aksiyalar narxi oshib, kompaniya 
raqobatchilaridan ancha ilgarilab ketishini (bu mantiqan to‘g‘ri) asoslashardi. Agar bu dalillar ish 
bermasa, bankirlar quyidagicha chiroyli sxemani ishga solishardi: ular direktorlar kengashida zarur 
miqdordagi ovozni sotib olib, “bebosh bosh direktor”ni almashtirishardi (tabiiyki, buning uchun pul yana 
bankdan olinardi). 
Natijada aksiyalar narxi oshib, ular shu ondayoq sotilib, bankdan olingan qarzlar qaytarilardi. U yog‘i 
esa juda oddiy: agar kompaniyaning X %li kattagina krediti mavjud bo‘lsa, kompaniyaning o‘sishi 
susayishi bilan (5-10 yil ichida shunday bo‘lishi tayin), kompaniya ulushini sotish hisobiga yanada 
ko‘proq mablag‘ jalb etadi.
Hokimiyat tepasiga kelish uchun “hammaning nafaqasini va oylik maoshlarini oshirishni” va’da 
qiladigan hukumatlar bilan ham taxminan shu holat sodir bo‘ladi. Oqibatda, ular katta miqdordagi davlat 
qarzini (sarmoyadorlarga esa daromad) yuzaga keltirishadi. “Hammani ishlashga majbur etish va tekin 
pishloqni yo‘q qilish”ni va’da beradigan arboblar esa demokratiya sharoitida tabiiyki hokimiyat tepasiga 
kela olishmaydi. Ko‘pchilik ular uchun ovoz bermaydi. Shu bois ham “inson huquqlari poymol 
etilayotgan mamlakatga demokratiya olib kiramiz” degan shiorlar juda jozibador bo‘ladi. 


Antistartup.Darkside.vc 
“O‘sha, yakkayu yagona”ni tanlash 
Bu o‘rinda hammasi xuddi Gegel ta’riflaganidek: “Miqdor sifatga o‘zgaradi”. Agar siz 20 tadan 1 ta 
nisbatan kamroq nisbatda tanlasangiz, biror bir yaxshiroq narsa tanlashingiz imkonsiz bo‘ladi.
Aytishim kerakki, men anchayin ko‘p vaqtim va mablag‘imni barbod bo‘lishi oldindan aniq bo‘lgan 
loyihalarga sarflab yubordim. O‘zimga bo‘lgan ishonchim va xamyonimga ozmuncha zarar yetmaydi. 
Darhaqiqat, gapga quloq solmaslik va o‘zini aldash odatda juda qimmatga tushadi. Shundan keyin har 
safar ikkilanganimda qo‘llash uchun o‘zim uchun quyidagicha chek-varaq yaratishga qaror qildim. Uni 
sizlar bilan baham ko‘rishni lozim topdim – umid qilamanki, foydasi tegadi.
1.
Tushunmagan narsangga pul tikmaslik kerak. 
O‘zingizni barcha rollarda sinab ko‘rishingiz zarur. 
Masalan, agar ta’lim bilan bog‘liq loyihaga pul tikilsa, kontent muallifi ham, muharrir ham, 
o‘qituvchi va o‘quvchi ham, ma’mur ham, qo‘llab-quvvatlash xizmati xodimi ham bo‘lishga to‘g‘ri 
keladi.

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish