Antistartup.Darkside.vc
Kerakli, ammo mayda narsa ishlab chiqarasizmi?
“Startap X ni yaratib, atigi 2 yilda 1 mln. sarmoya kiritgan holda 2 mln. dollarga baholanadi” degan
navbatdagi maqolani o‘qiyman. E, xudo! Bu zo‘rku!
Tahlil qilib ko‘ramiz. 5 ta odamdan iborat jamoa 2 yil har xafta 100 soat qattiq ishladi. Natijada esa
naqd pulda emas, qandaydir qog‘ozlarda 2 mln.dollarga ega bo‘ldi. Ushbu puldan ularga tegishlisi 1
mln.dollardir (uni tezda naqd qilib, ishlatish, masalan, xonadon sotib olish mumkin emas). Pulni 5 ta
odamga bo‘lamiz va har bir odam 200 ming dollarga ega bo‘ldi. Demak, ular yiliga taxminan 100 ming
dollardan pul ishlashgan. Qaytaraman,
naqd pul emas, bundan tashqari uning ichida soliqlar va
hokazolar bor.
Undan ko‘ra jamoa bir bo‘lib, yirik bitta kompaniyaga borib ishlasa o‘zlarining cho‘ntaklariga foyda
bo‘lardi va buning ustiga ustama va “oq maosh” bilan naqd pul olishardi. Aynan mazkur yo‘l eng
to‘g‘ridir, deb o‘ylayman.
Bunday sarmoyalar nimani anglatadi?
Startaplarga sarmoya kiritish, odamlarni shtatga ishga olingandan
ko‘ra foydaliroqdir. Bundan kompaniyalar faqatgina yutishadi. Bozordagidan ko‘ra arzonroq ravishda
xodimlarni sotib olishadi, soliq to‘lanmaydi, xavf kamroq bo‘ladi va hokazo. Startap yaratuvchilar esa
“moliyaviy mustaqillik” orqasidan quvib, kuchlarini arzonga sotishadi.
Aslida ular o‘zlarining kompaniyalarida ancha yaxshi ishlashadi– haftasiga 100 soatdan, o‘zlari
soliqlarni to‘lashadi va hokazo.
Boshqa tomondan qaraylik. 100 ming dollar jalb qilish mumkin bo‘lgan barcha venchur hikoyalarga
ko‘ra har bir sarmoyador 3-5 yildan so‘ng ulardan chiqishni va kiritilgan mablag‘dan ko‘ra 10-20
barobar ko‘p pulni olib chiqib ketishi mumkin (ya’ni, kamida 1-2 mln. dollar)
Bunday raqamlarda u
kompaniyaning 25% dan ko‘pini ola olmaydi. U boshqaning emas, balki aynan sizning ishlashingizni
istaydi, to‘g‘rimi?
10 mln. dollar sarmoyalash (soddaroq qilib aytganda 1 mln. dollar yillik daromad) natijada 1 mln. yillik
foyda keltiradi. Bu o‘sha daraja chizig‘i bo‘lib, undan pastdagi loyihalar sarmoyadorlarni jalb qilmaydi.
Antistartup.Darkside.vc
Aytish joizki, venchur pullar eng qimmat bo‘lib, ularda katta xavf yashirinib yotadi (va 3-5 yil ichida
50-150% bilan yillik 10-20 martaga o‘sadi). Ko‘pchilik bilmasa kerak, ammo yillik 30-40% “iste’mol
kreditlari” venchur pullardan ko‘ra afzalroqdir.
0% qarindoshlar pulini aytmasa ham bo‘ladi.
Xulosada oddiy fikr shakllanadi: agarda sizning kapitalingiz bir yilda 1 mln. dollarga o‘ssa, xavflarni
inobatga olgan holda (inqirozga yuz tutish xavfi doimo bor > 90%) startap bilan shug‘ullanish
foydalidir. Ishga kirish ham osondir.
Yana bir natija – barcha tadbirkorlar ikki tabaqaga bo‘linadi: yaxshi mutaxassislar. Bular yillik 100
ming dollarlik maosh bilan oson ishga kirishadi. Ammo ular o‘z loyihalariga juda ham ishonganlaridan
o‘z barqarorliklarini xavf ostiga qo‘yishadi. Yoki ular biror yangilik istashadi va muvaffaqiyatsizlikda
yana ishga borishadi. Yoki ularda mablag‘ va muqim daromad manbai bor. Ular qimor singari yoki
xobbilariga yopishgandek startap o‘ynashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: