larga, keyin esa ularning anorganik birikmalariga va kimyoviy elementlarga
parchalanib, yana yer qobig‘i tarkibiga o'tishi m oddalar va energiyaning
davriy aylanishi deyiladi. Bu aylanish uzluksiz davom etadigan jarayondir.
Yerda organizmlar uchun zarur bo'lgan kimyoviy elem entlar zahirasi
cheksiz emas. Bu elementlar faqat iste’mol
qilinganda, ertami-kech ular
tugab, hayot to ‘xtab qolishi mumkin edi. Biroq bunday bo‘lmaydi. N im a
uchun? Yashil o'simliklar quyosh energiyasidan foydalanib, anorganik
moddalardan organik m oddalar hosil qiladi.
Boshqa tirik organizmlar
iste’mol qiluvchi geterotroflar, p archalovchilar esa bu m o ddalam i
parchalaydi va mineral moddalarga aylantiradi. Bu yangi hosil bo'lgan
mineral moddalami esa yana yangi o ‘simliklar, yangi organik moddalami
sintezlaydi.
Yerdagi moddalarning davriy aylanishini ta ’minlaydigan birdan bir
manba quyosh energiyasidir. Bir yil davomida
yerga tushadigan quyosh
energiyasi 10,5xl020 kj ni tashkil etadi. Bu energiyaning 42 % i yerdan
koinotga qaytadi, 58 % i esa atmosferaga va tuproqqa yutiladi, quyosh
energiyasining 10 % suv va tuproqdagi suvni bug‘lantirish uchun sarf-
lanadi.
H ar bir m inutda 1 mlrd tonnaga yaqin suv yer yuzasidan bug‘lanib
turadi. Yerga yetib keladigan quyosh energiyasining 0,1—0,2 %
i yashil
o'simliklar fotosintez jarayonini amalga oshirishga sarflanadi. Kimyoviy
elem entlar doimiy ravishda bir organizmdan ikkinchisiga, tuproqdan,
atmosferadan, gidrosferadan tirik organizmlarga,
ulardan esa yana atrof-
muhitga o ‘tib, biosferadagi jonsiz moddalar tarkibini to ‘ldiradi.
Bu jarayonlar tinimsiz, cheksiz davom etib turadi. Masalan, atmosfera
kislorodining hammasi 2000-yil davomida, karbonat angidrid 200—300 yil,
biosferadagi barcha suvlar esa 2 mln. yil davomida tirik m odda orqali o‘tadi.
Biogen migratsiyasining 2 xili mavjud. Birinchisini mikroorganizmlar, ik-
kinzchisini esa ko‘p hujayrali organizmlar amalga oshiradi.
Karbonat angidrid o ‘simliklar tomonidan qabul qilinib, fotosintez jara-
yonida uglevodlarga, lipidlarga, oksidlarga va boshqa organik moddalarga
aylanadi. Bu m oddalar boshqa hayvonlar tom onidan iste’mol
qilingan
ham m a tirik organizmlar nafas olish jarayonida atmosferaga karbonat
angidridni ajratib chiqaradi. 0 ‘lik o'simlik va hayvonlar ularning chiqindilari
mikroorganizmlar tom onidan parchalanadi, minerallashadi. M ineralla-
shishning oxirgi mahsuloti karbonat angidrid bo'lib, u tuproqdan va suv
havzalaridan atmosferaga ajralib chiqadi.
Uglerodning bir qismi esa tuproqda organik birikmalar sifatida saqlanib
qoladi.
Dengiz suvida uglerod, ko‘mir kislota va uning suvda eriydigan
tuzlari sifatida yoki C a C 0 3 bo‘r, ohaktoshlar, korallar shaklida to ‘planadi.
102
Uglerodning bir qismi dengiz tubida c h o ‘kindi ohaktoshlar sifatida
to ‘planib, uzoq vaqt davomida biogen migratsiyada qatnashmaydi. Vaqt
o'tishi bilan tog‘ hosil bo ‘lish jarayonlari natijasida cho‘kma jinslar yana
yuqoriga ko‘tariladi, kimyoviy o ‘zgarishlar natijasida yana davriy aylanishga
qo‘shiladi. Uglerod atmosferaga avtomashinalardan, zavod va fabrikalardan
ajraladigan tutunlardan ham o‘tadi.
Biosferada uglerod aylanishi natijasida energiya resurslari: neft,
toshko'm ir, yoqilg‘i gazlari, torf, yog'och hosil bo'lib, ular inson amaliy
faoliyatida keng foydalaniladi. Yuq6rida keltirilgan hamma moddalar foto-
sintezlovchi o'simliklaming mahsulotlari hisoblanadi. Yog‘och, torf o'm ini
t o ‘ldirsa b o ‘ladigan, neft, gaz va to sh k o ‘m ir esa o 'rn in i to 'ld irib
bo‘lmaydigan tabiiy boyliklar hisoblanadi.'
Azot eng
muhim elementlardan biri boMib, u oqsillar va nuklein kis-
lotalarning tarkibiga kiradi. Azot atmosferadan yashin paytida azot va kis-
lorodning birikib azot IV oksidi hosil qilishi natijasida o‘zlashtiriladi. Ammo
azotning asosiy massasi suvga va tuproqqa tirik organizmlarning havo
tarkibidagi azotni o ‘zlashtirishi natijasida o ‘tadi.
Suvda va tuproqda azot fiksatsiyalovchi bakteriyalar va suvo‘tlari yashay-
di. Bu bakteriya va suvo‘tlari o ‘lib minerallashishi natijasida ular tuproqni
azot bilan boyitadi. Har bir gektar tuproqda 25 kg azot to ‘planishi m um
kin. Azot o ‘simliklar ildizi orqali poya va barglariga o ‘tadi va shu joylarda
oqsil biosintezlanadi. 0 ‘simlik oqsillari hayvonlar uchun asosiy azot man-
bayi hisoblanadi. 0 ‘simlik va hayvon organizmlari o'lgandan so‘ng bak
teriya va zamburug‘lar ta ’sirida oqsillar parchalanib ammiak ajralib chiqa
di. Ajralgan ammiak qisman o ‘simliklar, qisman esa bakteriyalar tomo-
nidan o ‘zlashtiriladi. Ayrim bakteriyalar
faoliyati natijasida ammiak
nitratlarga aylantiriladi. N itratlar am m oniyli tuzlar kabi o ‘simlik va
mikroorganizmlar tom onidan iste’mol qilinadi. Nitratlarning bir qismi
esa ayrim bakteriyalar tomonidan elem entar azotgacha qaytarilib atm os
feraga chiqariladi. Bu jarayonni denitrifikatsiya deyiladi. Shu tarzda azotning
tabiatda davriy almashinishi davom etaveradi. Shunday qilib, jonli (bio-
tik), jonsiz (abiotik) tabiatning o ‘zaro munosabati natijasida anorganik
materiya tirik organizmlarga o ‘tib, o‘zgarib yana qaytadan abiotik holatga
qaytadi. Biogen migratsiyada qatnashuvchi organizmlarni 3 ta katta guruh-
ga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: