M. R. Tursunova xalqaro menejment



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105


12.3. Pul krediti siyosati. 
Pul-kredit siyosati
-hukumatning pul muomalasi va kredit sohasida olib boradigan bosh 
yoʻli va mamlakat iqtisodiyoti barqarorligini va uning samarali faoliyatini taʼminlashga, 
pul tizimini lozim darajada mustahkam saqlab turishga qaratilgan chora-tadbirlari 
hisoblanadi.
Pul-kredit siyosati - davlat iqtisodiy siyosatin
ing tarkibiy qismi boʻlib, odatda, uni 
Markaziy bank amalga oshiradi. Pul-kredit siyosati orqali muomaladagi ortiqcha pul 
mas
sasi qisqartiriladi yoki koʻpaytiriladi, inflyasiyani pasaytirish chora-tadbirlari koʻriladi. 
Markaziy bank Pul-kredit siyosatini 
olib borishda pul bozoriga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzining 
boshqaruv vakolatlari yordamida va pul emissiyasi orqali taʼsir oʻtkazishi mumkin. 
Pul-kredit siyosati bevosita va bilvosita vositalar orqali amalga oshiriladi. Bevosita 
vositalar — moliyaviy institutlardagi moliyaviy aktivlar narxlari (foiz stavkalari)ni yoki 
ular haj-
mini toʻgʻridantoʻgʻri boshqarish orqali olib boriladi. Markaziy bank tomonidan 
tijorat banklaridagi mavjud depozit kurinishidagi pullarni hamda ular tomonidan 
beriladigan kreditlar narxlari va hajmi nazorat qili-nadi. Bilvosita vositalar — Markaziy 
bank tomonidan moliyaviy institutlar resurslarita bozor mexanizmlari (majburiy 
zaxiratalablari, ochiq bozordagi operatsiyalar, tijorat banklarini qayta moliyalash va 
197 


Markaziy bankning hisob stavkasi, tijorat banklaridan depozitlarni qabul qilish va 
boshqalar) orqali iqtisodiyotdagi pul massasiga taʼsir etiladi. 
Markaziy bank foydalanadigan vositalarning har biri foiz stavkalarining oʻsishiga, 
kreditlash va qarz olish hajmini kamaytirishga, lozi
m boʻlganda foiz stavkalarini 
oshirishga yoki, aksincha, tushirishga xizmat qiladi. Ochiq bozordagi operatsiyalar, 
majburiy eng kam zaxiralarning boʻlishi, hisobga olish siyosati, valyuta siyosati P.-
k.s.ning asosiy tarkibiy qismlarini tashkil etadi 
Jahon valyuta tizimi asosida milliy valyutalar tizimi va xalqaro valyuta institutlarini o‘zaro 
ta’siridagi harakati turadi. Jahon xo‘jaligini rivojlanishini turli bosqichlarida, turlicha 
o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi jahon valyuta tizimlari amal qilgan:
 
-oltins tandarti; 
-oltin devizi; 
-boshqariladigan suzib yuruvchi valyuta kursi. 
Har bir tizim o‘ziga xos bo‘lgan davr talablariga mos xalqaro iqtisodiy munosabatlar 
manfaatlariga xizmat qiladi.
Ikkinchi jahon valyuta tizimi—«oltin deviz standarti».
Birinchi jahon urushidan so‘ng g‘olib va mag‘lub davlatlar ishtirokida 1922 yili 
Italiyaning Genuya shaxrida bo‘lib o‘tgan iqtisodiy kanferensiyada davlatlararo kelishuv 
asosida rasmiylashtirildi. Bu oltin deviz standarti tizimida dunyoni etakchi 30 davlatlari 
ishtirok etdilar. Bu tizimda qog‘oz pulla82rda qatiy, oltin pariteti (tengligi) bo‘lgan va 
istalgan vaqtda oltinga almashuvi mumkin bo‘lgan. Masalan, agar 1929 yilda bir funt 
sterling 7,32 g sof oltinni, AQSH dollari 1,5 g sof oltinni tashkil etgan bo‘lsa, ular 
o‘rtasidagi o‘zaro nisbat yoki oltin pariteti (tengligi) 1 funt sterling 4,86 AQSH dollari 
hisoblangan. 
1 funt sterling 4,86 1,50416 7,32000 
=
dolllar. 
Uchinchi jahon valyuta tizimi — 
oltin ba’zasidagi deviz standarti 
xalqaro munosabatlarda saqlanib qoldi. Ikkinchi jahon urush va urushdan 
keyingi davrdagi Jahondagi etakchi mamlakatlar o‘zaro munosabatlarini 
tubdan o‘zgartirib yubordi va bu o‘zgarishlar xalqaro iqtisodiy 
198 


munolsabatlar, shu jumladan valyuta munosabatlari harakteriga ta’sir etdi. 
Bu munosabatlarda AQSHning o‘rni urushdan oldin bo‘lganidek keskin oshishi 
davom etdi va shunga muvofiq uning milliy valyutasi dollarni roli ham o‘sib 
bordi. Urushdan keyingi vokieligini va xususiyatni hisobga oluvchi yangi 
jahon valyuta tizimini shakllantirish zaruriyati tug‘ildi. 1944 yilda 
Bretton-Vuds (AQSH)da bo‘lib o‘tgan xalqaro valyuta- 
moliyaviy 
konferensiyasida ishttirokchi mamlakatlar boshqariladigan valyuta kurslari 
tizimini (Bretton-Vuds tizimi) tashkil etish shartnomasini imzoladilar. U 
yana “oltin-deviz tizimi” nomini ham oldi. Bu tizimda “oltin qimmati 
belgilangan-deviz” (kredit qog‘oz pullar ba’zasida) jahon puli vazifasini 
bajarishi kerak edi. «Genuya valyuta tizimidan farqi dollar va funt sterling 
zahira valyuta maqomini oldi. Amalda «dollar standarti» tizimi bo‘ldi. Bu 
yangi tizimini ishlashini ta’minlash uchun XVF tashkil etildi. Unga a’zo 
mamlakatlar o‘z milliy daromadlari darajasida a’zolik to‘lovlarini 
to‘ladilar. Bu tizim to‘lakonli 1971 yilga qadar amalda bo‘ldi (dollarni 
oltinga almashuvi to‘xtatilgunga qadar). Xalqaro valyuta fondi hozirga qadar 
xalqaro moliyaviy sohada muhim ahamiyatga ega rolni o‘ynamoqda. Bretton-Vuds 
tizimi quyidagi tartiblarni o‘rnatdi: 

oltin, tizimning asosi funksiyasi bo‘lib yana saqlab qolindi. Uning 
bahosi o‘zgarmas: 35 dollar barobar 31,1 oltinga; 

AQSH dollari tizimining asosi oltin zahira funksiyasi bo‘lib, u talab 
qilinganda oltinga almashishi mumkin bo‘lgan (AQSH beqiyos oltin 
zahiralariga sobiq Ittifoqni qo‘shmaganda 2,3 dunyo oltin zahiralariga 
ega bo‘lgan, shuningdek, uning rivojlangan iqtisodiyoti ham buning uchun 
asos bo‘lgan); 

har bir mamlakat o‘z pul birligida oltin miqdorini belgilashi shart 
bo‘ldi.(Oltin valyuta paritetiga va boshqa XVF ishtirokchi 
mamlakatlari valyutalariga tenglik belgilanadigan bo‘ldi); 
199 



har bir mamlakatga o‘z valyuta kursini boshqa mamlakatlar valyutasiga 
nisbatan o‘zgartirmaslik majburiyati belgilandi. 
To‘rtinchi jahon valyuta tizimi- 
“erkin suzib yuruvchi” valyuta kursi. 
XVFga a’zo mamlakatlar 1976 yilda Yamayka poytaxti Kingistonda 
yangi 
xalqaro valyuta tizimiga asos solgan bitimni imzoladilar. Xalqaro 
valyuta tizimi o‘z rivojlanishining hozirgi bosqichida qator xususiyatlarga 
ega: 
Birinchidan, “Suzish” erkinligi mamlakatlarda davlat tomonidan 
cheklangan bo‘lsa ham, “suzib yuruvchi valyuta” kurslari qoidasi rasman tan 
olingan va kiritilgan. (“Erkin suzib yuruvchi” valyuta kursi ma’lum valyutaga 
bo‘lgan bozor talabi va taklifi ostida o‘zgarib to‘rishi mumkin). 
Ikkinchidan, AQSH dollari o‘zining asosiy valyuta sifatidagi 
ahamiyatini yo‘qotmoqda hamda Buyuk Britaniya funt sterlingi, YAponiya yenasi, 
Evro va boshqalar tobora xalqaro rezervlar va to‘lov valyutalari sifatida 
qo‘llanilmoqda. 
Uchinchidan: davlatlarning XVF tevaragida yagona valyuta tizimiga 
birlashishi alohida hududiy valyuta tizimlari faoliyat ko‘rsatishni inkor 
qilmaydi chunki ular jahon tizimi tarkibida rivojlanib boradi. Xususan, 
1979 yilda Evropa ittifoqi mamlakatlari Evropa valyuta tizimini barpo 
etdilar. Unda yagona valyuta «Ekyu» keyinroq Evro valyuta kurslarini 
o‘rnatish va valyuta operatsiyalarining amalga oshirishning yagona mexanizmini 
ishlab chiqdilar va takomillashtirib bormoqdalar. Evropa Ittifoqi yangi 
valyuta-moliyaviy integratsiya bosqichiga o‘tmoqda. Bunda yagona pul-kredit 
siyosati yagona markaziy bank va yagona valyuta “Evro”ga o‘tish amal qiladi. Bu 
esa bu mamlakatlarni asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini yanada 
yaqinlashtirmoqda. Evropa valyuta instituti Evropa Markaziy banki tizimiga 
almashtirildi u o‘z tarkibiga (1998 yili) 15 ta a’zo mamlakatlar markaziy 
banklarini birlashtirgan. Bundan tashqari Evro tizimi tashkil etilgan, unda 
hozirga 12 ta a’zo mamlakatlar hamkorlikda yagona pul kredit siyosatini olib 
200 


boradilar. Evrotizim yangi valyuta “Evro”ni muomalaga kiritish va uni 
aylanishi bo‘yicha operatsiyalarga mas’uldir. Unga Evro valyutani chiqarish va 
uni Evro hududida muomalada bo‘lishini ta’minlashni cheklanmagan huquqi 
berilgan- Evrotizimga hozircha uchta davlatlar (Buyuk Britaniya, Daniya va 
SHvetsiya) markaziy banklari kirmagandir. U nisbatan yopiq iqtisodiy maydon 
hisoblanadi sababi bu erda o‘zaro iqtisodiy munosabatlar keng yo‘lga 
qo‘yilgan, shuning uchun ularni hududdan tashqaridagi tashqi iqtisodiy 
aloqalari ko‘lami ancha pastdir. SHu bilan birgalikda yagona pul-kredit 
siyosatini olib borishi ularning o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini ko‘lamini 
kengayishiga shart sharoit yaratdi va u uning tarkibiy qismi ham hisoblanadi. 
Keyingi davrlarda AQSH iqtisodiyotidagi iqtisodiy inqirozlar uning 
valyutasi bo‘lgan dollarni imkoniyatlarini biroz bo‘lsada cheklab qo‘ymoqda. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish