kilishadi) sifatida ishtirok etishadi. Xalqaro kapitallar migratsiyasi bilan bog‘liq okibatlar
mamlakatning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy maqsadlarini amalga oshirishga bevosita ta’sir
utkazadi. Tabiiyki, ulardan kutiladigan salbiy va ijobiy okibatlar rivojlangan va
rivojlanayotgan
mamlakatlar, shuningdek, utish davri iqtisodiyotiga ega mamlakatlar
uchun turlichadir. Ammo xar kanday sharoitda xam salbiy okibatlarni chetlab utgan xolda
fakatgina ijobiy omillardan foydalanish mumkin emas. Xorijiy kapitalni jalb kilish bilan
bog‘liq uta murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘yicha olib borilaetgan davlat siesatida bu
borada ystuvor yunalishlarni belgilab olish lozim buladi.
Xozirgi kunda kapitallarni jalb kilish va chetga chiqarish borasidagi salbiy
okibatlarga karamasdan kapitalni chetga olib chikish tendensiyasi tobora kuchaymokda.
CHetga kapital olib chikishni faollashtiruvchi omillardan
biri milliy iqtisodiyotlar
urtasidagi usib boraetgan uzaro bog‘liqlik xisoblanadi. Ishlab chiqarishning
baynalminallashuvi kapitallar xalqaro migratsiyasiga katta ta’sir utkazadi va uning
xarakatini tezlashtiradi. Kapital eksporti ayniksa, bevosita investitsiyalar shaklida chetga
olib chikilishi ishlab chiqarishning xalqaro tus olishiga va xalqaro maxsulot deb atalmish
maxsulotlarning yaratilishida asosiy omil xisoblanadi. Xalqaro kapitallar migratsiyasi
jahon xo‘jaligining rivojlanishida ragbatlantiruvchi omil sifatida yuzaga chikishi bilan
birgalikda xorijiy kapitalni jalb kiluvchi va eksport kiluvchi mamlakatlar uchun turli
okibatlarga olib keluvchi ta’sir utkazadi.
Kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitallar migratsiyasi kuyidagicha salbiy
ta’sir kursatishi mumkin:
-chetga chikarilaetgan kapital urnini koplovchi xorijiy investitsiyalarni jalb kilmaslik
chetga kapital chikaruvchi mamlakatning iqtisodiy usish sur’atlarini sekinlashtirishi
mumkin;
-kapitalni eksport kiluvchi mamlakatlar uchun kapitalni chetga chiqarish ularda bandlik
darajasining pasayishiga olib keladi;
-chetga kapital chiqarish mamlakat to‘lov balansiga salbiy ta’sir kiladi.
Kapitalni kabul kiluvchi mamlakatlar uchun esa kuyidagi ijobiy tomonlar xos:
-boshkariladigan kapital importi mamlakat iqtisodiy usishiga yordam beradi;
-jalb kilingan kapital kushimcha ish urinlarini yaratadi;
98
-xorijiy kapital yangi
texnologiyalarni olib keladi, samarali menejment esa mamlakatda
ilmiy-texnika tarakkiyoti (ITT)ni tezlashtiradi;
-kapitalning kirib kelishi retsipient mamlakat to‘lov balansining yaxshilanishiga olib
keladi.
O‘z navbatida kapitalni jalb kilishning salbiy oqibatlari xam mavjud:
-xorijiy kapital milliy kapitalning urnini egallab, uni foyda normasi yukori tarmoqlardan
sikib chikaradi, natijada ma’lum sharoitlar ta’sirida mamlakat iqtisodiyotining bir
tomonlama rivojlanishi va uning iqtisodiy holati xavf ostida qolishi mumkin;
-kapital importi kupincha retsipient mamlakat bozorlarida uz xayotiy siklini o‘tab bo‘lgan
tovarlarni o‘tkazish bilan bog‘liq, shuningdek, ishlab
chiqarishdan sifatsizligi
aniklanganligi bois olib tashlangan tovarlar bilan bog‘liq buladi;
-ssuda kapitali importi mamlakat tashki karzining kupayishiga olib keladi;
-moliyaviy inkirozlar natijasida va fond bozorlaridan kapitalning oqib ketishi mamlakat
valyutasining barkarorligiga va umumiy moliyaviy-iqtisodiy holatga jiddiy zarar etkazadi.
Misol uchun 1997 yilda Janubiy-SHarkiy Osiyo mamlakatlarida yuz bergan moliyaviy
inkiroz va uning jahon iqtisodiyotiga ta’sirini keltirish mumkin. TMKlarning ko‘plab
filiallari orkali kapital kuyish ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuviga olib
keladi. Turli mamlakatlarning mustakil yuridik kompaniyalari bir xalqaro korporatsiya
doirasida tarmoqli, texnologik, detalli ixtisoslashuv orkali yakin alokada bulishadi. Kapital
eksporti esa bu alokalarni mustaxkamlaydi. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash, sanoatning etakchi tarmoqlarini rivojlantirish, bandlilikni oshirish uchun
salmokli xajmdagi xorijiy kapitalni jalb etish bilan bog‘liq iqtisodiy siesatlari xam
kapitallar migratsiyasini ragbatlantiruvchi omillardan biri xisoblanadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlar esa investitsiya muxitini erkinlashtirish orkali xorijiy kapitalni jalb etish va
bu orkali iqtisodiy rivojlanishga turtki berishga xarakat kilishadi. Kapitallarning
xalqaro
xarakatini ragbatlantiruvchi omillardan yana biri xalqaro moliyaviy tashkilotlar faoliyati
bo‘lib, ular kapitallar okimini tartibga solib turishadi.
Mamlakatlar urtasida tuzilgan daromadlar va kapitallarni ikki karra solikka tortishning
oldini olish maqsadidagi xalqaro kelishuvlar uz navbatida mamlakatlar urtasidagi savdo,
ilmiy-texnik xamda investitsiyalarni jalb kilish borasidagi alokalarni mustaxkamlaydi.
99
Amalda dunyodagi barcha mamlakatlar BXIlarni faol kullab-kuvvatlashmokda. Ularning
erkin xarakati uchun qulay muxit yaratishga intilmokda, mavjud cheklanishlar bekor
qilinmokda, ekspropriatsiya kilinishdan saklash holatlari kuchaytirilmokda, amaldagi
bozor rakobati uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Hozirgi sharoitda
O‘zbekiston kapitalni import qiluvchi mamlakat sifatida jahon maydoniga chiqmokda. Bu
borada bir kator milliy manfaatlar hisobga olinadi. Kirib kelayotgan
xorijiy investitsiyalar
hozircha etishmayotgan milliy resurslarni to‘ldirishi, zamonaviy texnologiyalar, uskunalar,
«nou xau»ni olib kirishi, xorijiy mutaxassislar, ekspert va konsultantlarni jalb qilish tufayli
maxsulot sifati va ishchi kuchi malakasini oshirishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda,
xorijiy investitsiyalar ishlab
chiqarishni ragbatlantiradi, ko‘shimcha ish joylari yaratadi,
ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kooperatsiya tufayli mamlakat iqtisodiyotining jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalashuviga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: