M. R. Tursunova xalqaro menejment


 O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xuquqiy



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/128
Sana27.04.2022
Hajmi1,53 Mb.
#585467
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
Bog'liq
fayl 2062 20211105

7.5. O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning xuquqiy 
asoslari
O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir xuquqiy xujjatlar tizimida xorijiy 
investitsiyalar masalasiga bevosita taallukdi bo‘lgan konunlar muxim urin tutadi. Vaqt 
o‘tishi bilan ikgisodiy usishning jadal borishini ta’minlash, respublika iqtisodiyotiga 
xorijiy mamlakatlarning ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jaxssh 
andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar soxasidagi mavjud konunchilik bazasini 
kayta kurib chiqish zarurati ob’ektiv ravishda paydo buldi. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya 
dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi. O‘zbekiston 
Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi, 
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, 
quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan 
Investitsiya dasturi:
2019 yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari; 
2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarini ishga 
tushirish prognozi; 
100 


2019 yilda obektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi, 
jumladan quyidagilar tasdiqlanmoqda: 
a)O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 
2019 yilda obektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi; 
b) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan: 
2019 yilda melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar 
xarid qilish manzilli dasturi; 
2019 yilda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya 
qilish, shuningdek, obektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi; 
2019 yilda oliy ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-
internatlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta'lim va 
maktabgacha ta'lim muassasalari obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital 
ta'mirlash va jihozlash manzilli dasturlari; 
2019 yilda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari obektlarini qurish va 
rekonstruksiya qilish manzilli dasturi; 
2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni 
moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli 
dasturi; 
v) 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan 
holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; 
g) 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini 
jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi; 
d) 2019 yilda tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish yig‘ma 
manzilli dasturi; 
ye) markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan: 
2019 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga 
oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;2019 yilda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya 
loyihalarining manzilli dasturi; 
j) quyidagilar: 
101 


2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni 
jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati; 
2019 yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari 
ro‘yxati; 
2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, 
qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti 
mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obektlar ro‘yxati; 
2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, 
markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan 
ijtimoiy soha obektlari ro‘yxati ma'qullanmoqda. 
Xorijiy investorlar bilan kushma korxonalar tashkil qilish mamlakatimizga: 
-yangi, zamonaviy texnika va texnologiyalarni respublika iqtisodiyotiga jalb kilish, ularni 
ishlab chiqarishga joriy kilish esa necha yillar davomida sifatsiz, xaridor talabiga javob 
bera olmaydigan maxsulotlar ishlab chikaruvchi eski texnikalardan tezrok kugilish 
imkonini beradi; 
-yangi ish joylari tashkil kilish va axolining ishsiz qismini ish bilan ta’minlash, shu bilan 
birga, xorijning ilror boshkaruv tajribasini joriy kilish imkonini beradi va shu orkali 
mexnat unumdorligi oshiriladi; 
-jahon bozorida rakobatlasha oladigan sifatli maxsulotlarni ishlab chiqarish va ularni 
eksport kilish evaziga mamlakatga kadri baland valyutalarning kuprok kirib kelishini 
ta’minlaydi. 
-yuqori texnik saviyadagi tayyor maxsulotlar ulushi oshirilishi kuyidagi jixatlarga bog‘liq:
-xorijiy mamlakatlardagi korxonalar bilan O‘zbekistondagi eksport kiluvchi korxonalar 
urtasida kooperatsiya alokalarining shakllanishiga kumaklashish; 
-yukori texnologiya va ilm talab kiluvchi maxsulotlar ishlab chikarilishi soxa va soxa ichi 
tizimi yaxshilanishiga xizmat kiladi; 
-eksportning intellektual mulk ob’ektlari litsenziyalarini xamda nou-xau shaklida texnik-
tijorat sirlarini sotish, injiniring va lizing soxalarida xizmatlar kursatish kabi turlarini 
rivojlantirish yo‘li bilan respublikamizda erishilgan ilmiy-texnik yutuklarining jahon 
xo‘jaligi aylanmasiga kirib borishini tezlashtirish; 
102 


-ilmiy ishlanmalarga, xususan, amaliy fan va texnologiyalar transferti soxasidagi ilmiy 
ishlanmalarga bozor yunalishini beruvchi shart-sharoit yaratuvchi innovatsiyalarni kullab-
kuvvatlashning samarali tizimini ishlab chikish; 
- innovatsiya jaraenini davlat tomonidan va tijorat usulida kullab-kuvvatlashning eng 
makbul uygunlashuvi asosiy yullarini belgilab olish xamda ilmiy-texnik ishlanmalarni 
tijorat ahamiyatiga molik natijalar darajasigacha etkazish; 
- uzbek olimlari va mutaxassislarining chet eldagi etakchi institutlar, tashkilotlar va 
firmalar bilan xamkorligini kengaytirish va chukurlashtirish; 
-yukori darajali marketing tadkikotlari utkazish, tijorat va texnologiya menejmenti 
soxasidagi yutuklarni urganish, xorijiy bozorlarning konyunkturasi, sigimi xamda 
rakobatchilarning narx siyosati, kooperatsiya, kushma korxonalar tashkil etish bo‘yicha 
xamkorlar kidirish yuzasidan taxliliy ma’lumotlarni urganish. 
Xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotga jalb etish strategiyasi bulajak chet ellik 
investorlarning manfaatlarini xamda milliy iqtisodiyotga zarar keltirmagan xolda 
ularni krndirish imkoniyatlarini urganishga asoslanadi. 
Buning uchun bir tomondan, iqtisodiyotni tarkiban kayta kurishga karatilgan bir kator 
anik, loyixalarni amalga oshirish zarur buladi va ikkinchi tomondan, ichki investitsiya 
resurslari cheklangan bir sharoitda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati juda yukori 
baxolanadi. O‘zbekiston amalga oshirayotgan investitsiya siesatining asosiy yunalishlari 
orasida kuyidagilarni aloxida ta’kidlab kursatish mumkin: 
-investitsiya jalb kilish uchun xalqaro me’yorlar va konvensiyalarga mos keladigan, 
sanoati rivojlangan mamlakatlar investorlari tomonidan tan olinadigan xuquqiy shart-
sharoitlarni yaratishga intilish; 
-respublikaga jahon darajasidagi texnologiyalarni etkazib beradigan va iqtisodiyotning 
zamonaviy tuzilishini vujudga keltirishga yordam beradigan investorlar uchun ochik 
eshiklar siyosatini izchillik 
bilan amalga oshirish; 
-ishlab chiqarish bilan bog‘liq loyixalarga karatilgan valyutada uzini-uzi koplashni 
ta’minlaydigan investitsiyalarga kumaklashish; 
103 


-mamlakatning kredit kobiliyatini, O‘zbekistonning birinchi darajali karz oluvchi 
mamlakat sifatidagi obru-e’tiborini kullab-kuvvatlash; 
-mamlakatning ayrim mintakalarida ijtimoiy va ekologiya muammolarini xal kilishga 
qaratilgan 
investitsiyalarga yordam berish. 
Investitsiya muxitini yanada yaxshilash shartlaridan biri bank tizimini takomillashtirish, 
moliya bozorida rakobatni vujudga keltirish, nakd puldagi va nakd bulmagan puldagi 
operatsiyalarni amalga oshi-rishni yaxshilash, shuningdek xorijiy investorlarni axborot 
bilan ta’minlashni yaxshilashdan iboratdir. 
Investitsiyalarni mamlakatga jalb kilishda xuquqiy asoslarga taallukli xozirgi vazifa — bu 
xukumatning xorijiy investitsiyalar bo‘yicha uzok, muddat-li barkaror pozitsiyalarini 
shakllantirish va uni potensial xorijiy investorlarga etkazishdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni boshlanish davridan chet el 
investitsiyalarini jalb qilishga tuzilmaviy qayta qurishning hamda umumjahon iqtisodiy 
hamjamiyatiga kirib borishini tezlashtiruvchi omil sifatida asosiy ustuvorlik berildi. 
Hozirda, Respublikada xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha huquqiy baza yaratildi, 
investitsiyalarni jalb qilish va xorijiy investorlarga xizmat ko‘rsatuvchi infrastruktura 
barpo qilindi va bu jarayon takomillashib bormoqda. Bu borada, «Valyutani tartibga 
solish» to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligining vazifalari qayta ko‘rib chiqildi, va unikg milliy valyutani konvertatsiyasi 
hamda import kontraktlarini ro‘yxatdai o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan vazifalari bekor 
qilindi. 
Jumladan, 2003 yilni 15 oktyabridan milliy valyutani joriy xalqaro operatsiyalar bo‘yicha 
erkin konvertatsiyasining ochilishi mamlakatdagi investitsiya iqlimini yaxshilashga va 
xorijiy investitsiyalar oqimining ko‘payishiga katta imkoniyatlar yaratdi. 1998 yil 30 
aprelda Oliy Majlis tomonidan yangi xujjat — "Xorijiy investitsiyalar tugrisida" 
O‘zbekiston Respublikasi Konuni va "Xorijiy investorlar xuquqdarining kafolatlari va 
ularni ximoya kilish chora-tadbirlari tugrisida" Konun kabul kildi. Xorijiy investorlarning 
huquqlarini kafolatlash va himoyalash maqsadida yaratilgan shart-sharoitlardan tashqari, 
Respublika tomonidan Adliya vazirligiga ularning manfaatlarini himoya qiluvchi davlat 
organi vakolati berildi. Jumladan, Adliya vazirligining tarkibida 2003 yildan boshlab chet 
104 


el investorlari manfaatlariga zarar etish holatlarini oldini olish bo‘yicha maxsus 
bo‘linmalar tashkil etildi. Olib borilayotgan amaliy ishlar natijasida, iqtisodiyot tarmoqlari 
bo‘yicha xorijiy kapitalning tarkibida ma’lum bir siljishlar yuz berdi.. 
Erishilgan yutuqlar bilan birga bu borada to‘siq va kamchiliklar mavjud. Buning yaqqol 
misoli bo‘lib, mamlakatni investiya iqlimi holatini belgilaydigan asosiy ko‘rsatkich 
bo‘lgan, bevosita xorijiy investitsiyalar oqimining etarli darajada ko‘paymaganligini 
ko‘rsatish mumkin.
SHu nuqtai nazardan ham xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatini jonlantirish va 
bevosita xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga 
oshirilishi kerak: 
1. Mamlakat investitsiya iqlimini yaxshilash va muammolar echimini topish maqsadida, 
xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar mutaxassislari, hududiy hokimliklarining 
mutaxassis vakillari, investitsiya imkoniyatiga ega bo‘lgan yirik kompaniya va korxonalar 
rahbarlari hamda respublikaning investitsiyalar sohasidagi etuk olimlari ishtirokida, keng 
jamoatchilik o‘rtasida ochiq muloqot tashkil qilinib, mavjud muammolar oshkoralik bilan 
har tomonlama muhokama etilishi lozim. SHu asosda masalaga keng jamoatchilik fikrini 
jalb qilgan holda, mutaxassislar, olimlar va amaliyotchilar o‘rtasida ilmiy va iqtisodiy 
asoslangan yagona investitsiya siyosatini, shuningdek, qabul qilingan qonun va qarorlarni 
amalda ishlash mexanizmini ishlab chiqish va hayotiyligini ta’minlash lozim. 
2. Investitsiyalar oqimiga (nafaqat xorijiy, balki ko‘p tomonlama ichki investitsiyalar 
taalluqli) ta’sir qiluvchi omillardan biri sifatida marketing tadqiqotini zaif olib 
borilayotgani, natijada ko‘plab ishlab chiqarilgan mahsulotlar omborlarda qoldiq bo‘lib 
qolayotganligi ko‘rsatilmoqda. Bu muammoni faqat investitsiyalarning o‘ziga bog‘liq, 
echimini izlamasdan, aholi va korxonalarning iste’mol qobiliyatini ko‘tarish, ishlab 
chiqarilgan tovarlar va xizmatlarga iisbatan sog‘lom talab darajasini oshirish nuqtai 
nazaridan qaralishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Korxonalarning moliyaviy ko‘rsatkichlari hamda iqtisodiy indikatorlar haqida xolis va 
ishonchli axborot ta’minoti hamon yaxshi yo‘lga ko‘yilgani yo‘q. Bu masalani hal qilish 
uchun muqobil va mustaqil nodavlat axborot agentlari tashkil qilinishi lozim.
105 


Xorijiy investitsiyalarni mamlakatga jalb kilishda xuquqiy asoslarga taallukli xozirgi 
vazifa — bu xukumatning xorijiy investitsiyalar bo‘yicha uzok, muddat-li barkaror 
pozitsiyalarini shakllantirish va uni potensial xorijiy investorlarga etkazishdan iboratdir. 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish