Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua


Quyosh radiatsiasining biologik ta’siri



Download 4,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/264
Sana27.04.2022
Hajmi4,35 Mb.
#585153
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264
Bog'liq
Мажмуа Гигиена фармация, 2021

Quyosh radiatsiasining biologik ta’siri. 
Quyoshning spektral tarkibi ko‘rinuvchi (40%), ultrabinafsha(1%) va infraqizil (59%) 
nurlardan tashkil topgan.
Ko‘zga ko‘rinuvchi nurlar
-to‘lqin uzunligi bo‘yicha 760 dan 400 nanometrgacha bo‘lgan 
qismini egallaydi. 
Ko‘rinuvchi nurlar psixofiziologik ta’sir etish xususiyatiga xam ega. Ko‘k va binafsha 
ranglar ruxiy siqilish va ruxiy dilxiralikka, yengil va havo ranglar tinchlantiruv-chi, to‘q sarik 
ranglar va qizil ranglar qo‘zg‘atuvchi ta’sir etishi mumkin. Nurlarning bunday ta’sir etish samarasi 
ruxiy kasalliklarni davolashda: jismoniy kasallarni davolovchi muassasalarda davolovchi-
himoyalovchi tartib o‘rnatishda, sanoatda, qurilishda biror narsaga go‘zallik, nafosat berishda 
qo‘llaniladi. 


Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
77 
Ultrabinafsha nurlar 
Ultrabinafsha nurlar retseptorlar bilan qoplangan tana terisining keng yuzasiga tushib, 
to‘qima va xujayralardagi oqsillarning kalloid holatini o‘zgartiribgina qolmay, balki beixtiyor 
tarzda butun organizmga ta’sir etadi. Oqsillarning parchalanishidan gistalin, xolin va boshqa 
moddalar hosil bo‘ladi. Bu moddalar organizmga so‘riladi va asab tizimiga ta’sir etadi, bu esa 
organizm faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin. Organizmda kechadigan fiziologik vazifalarning 
nospetsifik qo‘zg‘atuvchisi sifatida, ultrabinafsha nurlar oqsil, yog‘, karbon suvlar va mineral tuzlar 
almashinuvini yaxshilaydi. Shu bilan birga teri epiteliysi to‘qimalarining nafas olishini yaxshilaydi. 
Retikuloendotelial sistemasi va qon ishlab chiqarish sistemasi faoliyatini tezlashtiradi. 
Ultrabinafsha nurlarining raxitga qarshi to‘lqin uzunligidagi qismi organizmga yetarlicha 
ta’sir etmagan taqdirda, tanada fosfor-kalsiy almashinuvi, nerv sistemasi, parenximatoz 
organlarining ishi, qon ishlab chiqarish tartibi, oksidlanish qaytarilish jarayoni, kapillyarlarning 
barqarorligi xamda tananing kasalliklarga qarshi kurashish xususiyati pasayib ketadi. 
Yosh bolalarda raxitning kasallik belgilari namoyon bo‘ladi. Yoshi katta odamlarda esa 
fosfor-kalsiy almashinuvining buzulishi kuzatiladi va natijada singan suyaklarning bitishi 
sekinlashadi, bo‘g‘imlarda bog‘lovchi apparatlarining susayishi va tish emalining tez yedirilib 
ketish hollar kuzatiladi. Ultrabinafsha nurlarning bakteritsid, ya’ni bakteriyalarga qiron keltiruvchi 
ta’siri katta umumbiologik ahamiyatga ega. Tabiiy ultrabinafsha nurlar yordamida havo, suv va 
tuproqlarni sog‘lomlashtirish chora va tadbirlarini o‘tkazish mumkin
Ultrabinafsha nurlarning biologik ta’siri 3 guruxga bo‘linadi A) tur 320-400 nm. to‘lqin 
uzunligidagi eritema va qoraytiruvchi ta’sirli nurlar. B) tur 275-320 nm. to‘lqin uzunligidagi
raxitga qarshi V) tur 200-275 nm. to‘lqin uzunligidagi bakteritsid ta’sir etuvchi nurlar. 
 
«Ultrabinafsha nur tanqisligi»- toza havoga olib chiqilmay xona sharoitida tarbiyalanadigan 
bolalarda, konchilarda, yer ostida ishlaydiganlarda, suv osti kemalarida ishlaydigan va kutb 
sharoitida yashovchilar organizmida kuzatiladi. «Ultrabinafsha nur tanqisligi» uchun xos bo‘lgan 
noxushliklarga toliqish, ish qobiliyatining susayishi, va gipovitaminoz xolatlari kiradi.

Download 4,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish