Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
64
Tayanch iboralar
1. O’zR – Ozbekiston Respublikasi
2. REK – Ruxcat etilgan me’yor
3. DB - detsibell - shovqin o’lchov birliqi
4. atm. – atmosfera
Fitopreparatlar dorivor o‘simlik xom ashyosidan oladilar. Ularni ikki guruhga ajratadilar:
yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar va quritilgan o‘simlik xom ashyosidan
tayyorlangan preparatlar.
Yangi uzilgan o‘simliklardan tayyorlangan preparatlar sharbatlar va ajratmalarga bo‘linadi.
Ularni tayyorlash chog‘ida apparaturaning germetikligi buzilgan xolda va ventilyasiya
ishining samaradorligi past bo‘lganda ishlovchilarga ekstragentlar (dixloretan, efirlar, spirtlar va b.)
ning bug‘lari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Yangi uzilgan dorivor o‘tlarni maydalash operatsiyalarini
gigiyenik jixatdan noqulay deb xisoblash lozim, chunki bu paytda ular sharbati tomchilari va mayda
bo‘laklari nafas organlari tananing ochiq qismlari terisiga (qo‘llar, yuz) tushib, bunda terini
yallig‘lantiruvchi va sensibilizatsiyalovchi ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Quritilgan o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan preparatlarga nastoyka va ekstraktlar kiradi.
Nastoykalar quruq o‘simlik xom ashyosidan tayyorlangan spirtli yoki spirtli-efirli ajratmalar bo‘lib,
ular isitishsiz va ekstragensiz olib tashlanmasdan olinadi. Nastoykalarni tindirish, perkolyasiya (filtr
orqali uzluksiz filtrlash) va ekstraktlarni eritish yo‘li bilan oladilar.
Ekstraktlar - quruq o‘simlik xom ashyosidan olingan konsentratsiyalangan tortmalar, ballast
moddalardan tozalangan galenli preparatlar. Konsentratsiyasiga ko‘ra suyuq, quyuq va quruq
ekstraktlarga ajratiladi. Ekstraktlarni olish texnologik chizmasida asosiy operatsiyalar quyidagilar
konsetratsiyasi valeriana ildizni ortishdagi ifloslanish darajasidan 2-4 baravar ortiq bo‘lgan.
Dorivor changi fizikaviy xususiyatlari, kimyoviy qurilishiga ko‘ra organizmga turlicha ta’sir
qilishi mumkin: umumiy zaxarli, terini yallig‘lantiruvchi, allergen va boshqalar. Chunonchi,
masalan, tarkibida atropin guruhidagi alkaloidlar bo‘lgan belladonna o‘tini ortishda teriga tushib,
uni yallig‘lantiradi. Uzoq ta’sir etganda, ayniqsa ushbu o‘t yuqori nafas yo‘llari orqali tushganda
zaxarli ta’sir bosh aylanishi, umumiy qo‘zg‘alish, tomir urishi va nafas olishning tezlashishi
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Qizil qalampir, shalfey va boshqalarning changi teriga
yallig‘lantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Limonnik va boshqa o‘tlarning changi bilan aloqada allergik
tasirlanish xillari ta’riflangan.
Galenli va yangi galenli preparatlarning olinishida ish zonasi havosining ekstragentlar va
eritmalar (spirt, efir, xloroform, dixloretan va boshqalar) bug‘lari bilan ifloslanishi ro‘y beradi.
Masalan, bir qator korxonalarda spirtli eritmalar tayyorlash xonalarida etil spirti bug‘larining yuqori
konsentratsiyalari aniqlandi, ularda ish zonasi xavosida olingan probalarning 20-30% ida
bug‘larning tarkibi REMMdan ortiq bo‘lgan. Kimyoviy omilga ega majmuada ayrim uchastkalarda
ishlovchilar me’yoridan ortiq issiqlik bilan belgilanuvchi mikroiqlim va shovqinning bir vaqtdagi
ta’siri ostida bo‘ladilar.
Galenli sexlarda ishlovchilarga kimyoviy omilning ta’sir ko‘rsatish turi va darajasi
qo‘llanilayotgan texnologik uskuna, dorivor xom ashyo tarkibi, me’yoriy mexnat sharoitlarini
ta’minlashda zararli moddalarning ajralib balarini xisobga olgan xolda galenli sexlarni rnsh juda
katta axamiyat kasb etadi. Ishlab chiqarish omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishining oldini olishda
shaxsiy ximoya vositalari katta axamiyatga ega. Maydalagichlar, tegirmonlar, elaklar, shnekli va
tasmali transportyorlar va boshqa texnologik uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar maxsus
kiyim-bosh, 03-N. 03-K turidagi ximoya ko‘zoynaklari qo‘lqoplar. SHB-1 turidagi respiratorlar
bilan ta’minlanishi shart. Bundan tashqari, organik ekstragentlar bilan aloqada bo‘luvchi ishchilarda
A rusumli filtrlovchi qutichali progivogaz bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: