vaqt bilan himoyalanish
, demak ionlovchi nur manbalari bilan ishlash vaqtini qisqartirish
(ish kunini qisqartirish, cho‘zilgan ta’til);
-
masofa bilan himoyalanish
(distansion boshqaruv, manipulyatorlarni qo‘llash). Bu usul
juda samarali chunki manbadan ishchigacha bo‘lgan masofani 2 martaga ko‘payishi nur dozasini 4
marta kamaytiradi.
-
ekran bilan himoyalanish
-har xil qalinlikdagi va har xil materiallardan qilingan ekranlarni
qo‘llash. Ekranlashtirish uchun qo‘llaniladigan materialning turi nurning energiyasi va xarakteriga,
uning quvvatiga va qo‘llaniladigan materialning turiga bog‘liq bo‘ladi.
Rentgen va gamma nurlaridan himoyalanish uchun qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshinli shisha yoki
rezinka, temir, g‘isht, beton, suv ishlatiladi. Bunda ekranlar sifatida konteynerlar, qurilish
konstruksiyalari, eshik, deraza, pol, shift, parda, fartuk, qo‘lqop va ko‘zoynaklar bo‘lishi mumkin.
Neytronlardan himoyalanish uchun bir necha qavatli himoya qo‘llaniladi:
1 qavat- tezkor neytronlarni susaytirish uchun (parafin, suv);
2 qavat-sekin neytronlarni shimishi uchun (bor, kadmiy);
3qavat-sekin neytronlarni yutilishida kelib chiqadigan gamma nurlarni yutish uchun.
Beta nurlaridan himoyalanish uchun engil materiallar qo‘llaniladi (alyuminiy, plastmassa,
organik shisha).
Ochiq ionlovchi nur manbalari
-bu shunday manbalarki ulardan foydalanganda tashqi muhit
radiaktiv birikmalar bilan ifloslanishi mumkin. SHunday manba bilan ishlovchi ishchilar radiaktiv
birikmalarni inkorporatsiyalanishi hisobiga ichki ham tashqi nurlanishga uchraydilar.
Ionlovchi nurlarni ochiq manbalaridan foydalanganda nafaqat tashqi nurlanishdan
himoyalanishni balki tashqi muhitni radiaktiv ifloslanishi va radiaktiv birikmalarni organizmga
tushishini oldini olish choralari ham ko‘zda tutilishi kerak.
Ochiq manbalar bilan ishlash uchun DSENM dan ruxsatnoma olish kerak, lekin “Radiatsion
havfsizlik me’yorlari va radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan
05.012006 buyruqida eng kam ahamiyatga ega faollik o‘rnatilgan - bu degani ish joyida kam
ahamiyatga ega bo‘lgan faollik uchun DSENM ni qarori talab qilinmaydi. Eng kam ahamiyatli
faollik miqdori radionuklidlarni havflilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Radiatsion xavflilik darajasi
bo‘yicha barcha radionuklidlar 4 guruhga bo‘linadi: A,B,V,G. Radionuklidlarni qaysi guruhga
mansubligi va uni eng kam ahamiyatga ega bo‘lgan faolligi “Radiatsion havfsizlik me’yorlari va
radiatsion havfsizlik sanitar taminotining asoslari” O‘zR SSV tomonidan 05.012006 da
buyruqibo‘yicha aniqlanilishi mumkin. Agar ionlovchi nur manbalarining faolligi eng kam
ahamiyatli faollikdan yuqori bo‘lsa radiaktiv birikmalar bilan ishlash sinfi aniqlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |