Ekologiya va gigiyena modulidan o’quv uslubiy majmua
46
bo‘lishi kerak. Xodimlar kiradigan va dori mahsulotlarini qabul qiladigan eshikning eni 1,2 m
bo‘lishi kerak. 1- 3 iqlimli maydonlarda bu eshiklar ikki qavatli va isitilgan bo‘lishi kerak.
Dori oluvchilar uchun kirish yo‘li himoya to‘siqlari o‘rnini bajaruvchi tamburlar bilan
jihozlanadi. Tambur uzunligi 1,2 m dan kam bo‘lmasligi, kengligi kirish eshigidan 1,5 marotaba
kengroq bo‘lishi kerak. Tamburdagi eshiklar bir-biriga burchak ostida joylashgan bo‘lishi kerak,
chunki sotuv zaliga sovuq havo kirguncha isib ulgurishi lozim. Tamburdagi issiq havo pardasini
bir-biriga qarama - qarshi joylashgan oddiy eshiklar ham bajarishi mumkin. Kirayotgan havoning
harorati 30-35
0
S orasida bo‘lishi kerak.
1- 3 iqlimli bo‘limlarni isitish uchun ikkita tambur o‘rnatiladi. 1-2 toifali dorixonalarda
kiruvchi va chiquvchilar uchun tambur alohida ajratilgan (ikki tabaqali) bo‘lishi kerak. Tamburda
oyoq kiyimlarni tozalash uchun panjarali qutichaning bo‘lishini e’tiborga olish lozim.
Dorixonalarda omborxona bilan bog‘lanadigan ichki xizmat zinalari va yuk ko‘taruvchi
moslama (kengligi 1m va qiyaligi 1:1,5 ko‘p bo‘lmasligi) bo‘lishi kerak. 1-2 toifali dorixonalar
xonasining balandligi 3,3 m dan kam bo‘lmasligi lozim.
3-5 toifali dorixonalarning qurilish balandligi aholi yashaydigan uyning balandligiga to‘g‘ri
kelishi ruxsat etiladi. Erto‘lalarning, xonalarning balandligi 2,2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Erto‘la yorug‘likka sezgir, yong‘inga xavfli, kuchli oksidlovchi, dezinfeksiyalovchi moddalarni
saqlash uchun xizmat qiladi. Erto‘ladan dorixona ichiga olib boruvchi kirish va tashqariga chiqish
uchun yo‘l bo‘lishi kerak.
Dorixona xonalarining ichki sathi bajarilayotgan funksional ko‘rsatkichlarga mos ravishda
jihozlanishi kerak. Bunda dorixona xonalarining jihozlanishi faqat gigienik emas, balki psixologik
ahamiyatga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Xonalardagi devorlarning yuzasi bajariladigan
texnologik jarayonlarga bog‘liq, ya’ni devorlari silliq, namli va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan
tozalashga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Namli rejimda ishlanadigan xonalarda (yuvish, distillangan
suv olinadigan, sterilizatsiya, dush xonasi, hojatxona) devorlari 1,8 m balandlikkacha yog‘li
bo‘yoqlar, silliq kafellar yoki suvga chidamli sintetik materiallar bilan qoplanishi lozim. Paneldan
yuqoridagi devor va shiplar suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Aseptik, assistentlar, provizor-
analitik xonalarining devorlari chang to‘planmasligi uchun o‘tkir burchaklari bo‘lmasligi kerak.
Aseptik xonaning barcha devori yog‘li bo‘yoq bilan, ship suvli bo‘yoqlar bilan yaxshi yuviladigan
va dezinfeksiyalovchi moddalar bilan tozalanadigan sintetik materiallar bilan qoplangan bo‘lishi
lozim. Defektar, omborxona, kiyim uchun mo‘ljallangan xonalarining devorlari 1,8 m balandlikda
yog‘li bo‘yoqlar bilan, undan yuqorisi va shipi suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Ma’muriyat
xonasi, yo‘lak, ishchilar xonasining shipi suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi, devorlari namga chidamli
oboy yoki suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalishi lozim. Dorixonadagi dori tayyorlaydigan xonalarning
devorlariga qo‘shimcha bezatuvchi narsalarning osilishi ruxsat etilmaydi, chunki ularda chang
to‘planadi va tozalash vaqtida qiyinchiliklarni tug‘diradi. Devor va shiplardagi bo‘yoqlarning rangi
ochiq tonda bo‘lishi kerak.
Barcha xonalardagi pollari silliq, isitilgan, namli tozalashga qulay bo‘lishi kerak. Polni parket
bilan qoplash ruxsat etilmaydi. Pol gigienik jihatdan eng qulay va qoplovchisi quyidagilardan iborat
bo‘lishi kerak:
- sotuv zalida-sopol plitkalar yoki sintetik materiallar (relin, linoleum);
- assistent, provizor-analitik xonalarida-sintetik yoki polimerli plitkali materiallar;
- aseptik xonalarda-rulonli materiallar (relin, linoleum), polivinilatsetat mastik material;
- yuvish, sterilizatsiya, distillyasiya-sterilizatsiya, dush xonasi, yuvish xonasi, omborxonalar
sopolli plitka yoki namga chidamli sintetik materiallar. Bu xonalar poli (omborxonadan tashqari)
yonidagi xonaning polidan 3 sm ga pastroq bo‘lishi kerak. Yuvish, distillatsion-sterilizatsion va
yuvish xonasida almashtirib turuvchi taxtali panjara solinishi kerak. Erto‘laning poli asfalt, asfalt-
beton yoki sement bilan qoplanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: