Shuni alohida ta`kidlash joizki, har qanday fanning xarakterli belgilari
asosan quyidagilardan iborat bo’ladi
:
- fan xalqqa xizmat qiladi, keng xalq ommasi ishtrokida rivojlanadi;
- fanga davlat rahbarlik qiladi;
- fan ilmiy metodologiya: falsafa bilan qurollangan bo’ladi;
- fan olimlari o’zaro yordam, jamoa rejasi asosida ishlashadi.
Sotsiologiya strukturasida fanlar klassifikatsiyasining ikki yo’nalish bor:
a) fundamental yo’nalish;
b)
amaliy yo’nalish.
Tadqiqot sohasida esa:
1) nazariy tadqiqot.
2) empirik tadqiqotlarga bo’linadi.
Tuzilish sohasi bo’yicha:
16
Karimov I.A. O`zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo`li. – Т.: “O`збекистон”, 2007. – 27-б.
41
1) Maxsus fanlar sohasi.
2) Tarmoq sohalari mavjud.
Bu sohalar bir-birlari bilan juda murakkab, o’zaro dialektik aloqadadirlar. Ayrim
hollarda bir-biriga qo’shilib ketadi, ba`zida bir-birlarni inkor qiladi.
Fundamenial sotsiologiya boshqa elementlaridan o’zi hal qilayotgan muammolar
darajasi, ko’lami, ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya
abstraktsiyaning (mavhumlik) oliy darajasi muammolari bilan shug’ullanib, sotsial
olimning taraqqiyoti va borlig’i uchun zarur bo’lgan umumiy qonun va qonuniyatlarini
izlash bilan faoliyat ko’rsatadi.
Fundamental sotsiologiya ko’plab maktab va yo’nalishga ega.
Fanning negizini ijodiy yaratishning 3 ta asosiy aspekti mavjud:
Fundamental sotsiologiyaning maqsadi – bu sotsial olamning to’liq tasvirini
yaratishdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai hamda shakillarini aniqlashdir.
YOki fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo’lgan fundamental fan ilmiy
rivojlanishini ta`minlashdan iborat.
Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasida uzviy aloqa bog’lash, fanning ishlab chiqarish
kuchiga aylanishini ta`minlash, fundamental g’oyalar tajribaga, ishlab chiqarishga
qaratilishi lozim.
Fan inson omilini chuqur tadqiq qilib, fan-texnika taraqqiyotini gumanizatsiyalash
va ekologiyazatsiyalash muammolarini o’rganish.
Fan tarmoqlari: akademiya, tarmoq va oliy o’quv yurtlari bo’limlaridan qulay
foydalanish.
Ilmiy kadrlar tayyorlash, fandagi yoshlar g’ayrat-shijoat iste`dodlaridan samarali
foydalanish.
Jamiyat sotsial-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanishni prognoz qilib oldindan
aytib berish, ilmiy kuchlar va moddiy resurslardan o’rinli foydalanish.
Fundamental sotsiologik tadqiqotlarning xalq ho’jalik axamiyatiga ega bo’lgan
ilmiy-texnik muammolarini hal etish, kompleks echimlar beradigan, ishlab chiqarish
korxonalarini
hamda
iqtisodiyotning
butun
tarmoqlarini
har
tomonlama
takomillashtirishni ta`minlash asosida yirik texnologiyalar natijalariga ega bo’lish va
kuchaytirishdan iborat.
Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov “Agar fanni ulkan bir daraxt deb
tasavvur qilsak fundamental tadqiqotlar uning ildizini tashkil etadi. Zero, ildiz
qanchalik baquvvat, chuqur ketgan bo’lsa, daraxt shunchalik barq urib yashnaydi,
ko’rkam hosil beradi”, degan edi (T.2,258-b.).
Sub`ektga murojat qilish – fundamental sotsiologiya rivojining ikkinchi muhim
tushuchasidir. Fundamental sotsiologiya bu metonazariyadir, u fanning tuzilishi,
mazmuni, kategoriyasi va metodlarini o’rganadigan umumsotsiologik muammoni
tadqiq qiladi. SHu boisdan ham fundamental tadqiqot roli beqiyosdir. Uning quyidagi
funktsiyalari bor:
a) dunyoqarash funktsiyasi;
b) metodologik funktsiyasi;
v) integratsiyalashtiruvchi funktsiyasi;
g) evristik funktsiyasi va boshqa funtsiyalari mavjud.
42
Do'stlaringiz bilan baham: |