xollarda sinonim sifatida ishlatiladi.
O‘quv va ilmiy ish manfaatlari bu
tushunchalarni konkretlashtirishni, ularning o‘z o‘rnida ishlatilishini talab etadi.
Sobiq, sho‘ro jamiyatshunosligi aqidalariga muvofiq sotsial rivojlanish sifatiy
o‘zgarishlar (revolyutsiya) va miqdoriy o‘zgarishlar (evolyutsiyaning) dialektik
birligi harakatlantiruvchi kuchlari ijtimoiy ziddiyat, sinflar kurashi bo‘lgan
jarayondir. Sotsial taraqqiyot (progress) esa ijtimoiy – iqtisodiy formatsiyalarning
163
qonuniy, tabiiy-tarixiy tarzda almashinishi deb ta'riflangan edi. Sotsial rivojlanish
tabiatga nisbatan nisbiy mustaqillikka olingan jamiyatning umumiy yo‘nalishidagi
harakatini ifodolovchi tushuncha deb olinishi mumkin.
«Sotial evolyutsiya» va
«Sotsial revolyutsiya»
sotsial rivojlanishning shakllari sifatida qaralishi mumkin.
Albatga, bunda islohot (reforma) o‘zgarishlarini yo‘lidagi inqilob (revolyutsiya)
o‘zgarishlari yo‘lidagi, ularga bo‘ysunadigan rivojlanish shakli deb qarash mumkin
emas. Tabiatda ham, jamiyatda ham miqdoriy o‘zgarishlar bilan aloqada bo‘lmagan
sifatiy o‘zgarishlar, (bizning misolimizda inqiloblar), bo‘lishi mumkin emas.
Sakrashlar, inqiloblar emas, balki evolyutsiya sotsial rivojlanishning shakli bo‘lishi
mumkii. Bu sotial evolyutsiyaning sur'ati tashqi va ichki sharoitlar, jamiyatdagi ob'ektiv
va subektiv jarayonlar nisbatiga ko‘ra tez yoki sekin bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy
rivojlanishda inqiloblar mavjud, lekin, ular ijtimoiy to‘ntarish emas, «tez sur'atdagi
evolyutsiya», deb qaralishi mumkin. Jamiyat rivojlanishining asosiy, normal yo‘li esa
— reforma, islohatdir.
Jamiyat va uning qismlari, har bir elementi va hodisalaridagi o‘zgarish va
rivojlanish ob'ektiv va sub'ektia tomonlarni o‘ziga oladigan qonuniyatli jarayondir.
Ijtimoii hayotning har bir sohasida — iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ma'naviy sohalarida
o‘zlarining ob'ektiv jarayoni deyilganda, kishilar ijtimoii faoliyat ko‘rsatayotgan,
ularning hohish, irodalaridan tashqarida bo‘lgan sharoit va munosabatlar tushuniladi.
Ijtimoiy rivojlanishning sub'ektiv jarayoni deyilganda odamlarning mafkuraviy,
ahloqiy, siyosiy va emotsial-ruhiy sabablar bilan harakatga keladigan faoliyatlarni
ifodalovchi tushuncha anglanadi.
Ijtimoii rivojlanish sub'ektlarning maqsadga muvofiq faoliyati orqali ro‘y
beradi. Anglangan ehiyojlar — manfaatlar bu faoliyatni harakatlantiruvchi
kuchlardir. Ijtimoii ehtiyojlar va manfaatlarni qondirilishi uchun sotsial jarayonlar
boshqarilishi talab etiladi. Umumiy ma'noda boshqarish takomillashgan (biologik,
texnik, sotial) tizimlarning faoliyati ta'minlash uchun, ularning dastur va
maqsadlarini amalga oshirishga xizmat qiladigan funksiyadir (vazifadir). Sotsial
boshqarish esa jamiyat muayyan tizimining tartiblanishi saqlanishi,
mukammallashuvi va rivojlanishini ta'minlaydi. Sotsial boshqarish jarayonining
asosiy bosqichlari quyidagilardan iboratdir: axborotni yig‘ish va uni qayta ishlash;
uni analiz etish; taqsimlash; maqsadga erishishga qaratilgan qarorning ishlab
chiqilishi; rejalashtirish, dasturlashtirish; loyihalashtirish ko‘rinishda umumiy qarorni
bajarish uchun faoliyatni tashkil etadi; bu faoliyatni nazorat etish, kadrlarni tanlash
va joy – joyiga qo‘yish bilan birgalikda; faoliyat natijalari haqidagi axborotni
to‘plash va qayta ishlash.
Sotsial boshqarish ijtimoiy jarayonlarni bashorat qilshi, oldindan ko‘ra
bilishga asoslanadi. Shuni e'tiborga olish kerakki, bashorat kategoriyasi ikki
ma'noda konkretlashadi: oldindan aytib berish (deskriptiv, ya'ni tavsiflash manosida)
va oldindan ko‘rsatma berish (preskriptiv, undov, amr, buyruq. ma'nosida). «Oldindan
aytib berish» kelajak to‘g‘risidagi axborotni olish, kelajak muammolarining mumkin
bo‘lgan yoki kutilayotgan, hohlayotgan istiqbollari, holatlari, yechimlarining tavsifidir.
«Oldindan ko‘rsatib berish» I.S. Bestujev-Lada iborasi) — o‘sha muammolarni yechish,
kelajak haqidagi axborotdan foydalanish, axborotni shaxs va jamiyatning maqsadiga
muvofiq faoliyatiga aylantirishdir. Zotan, sotsial boshqarishning asosiy vazifasi kishilar
sub'ektiv faoliyatining ob'ektiv qonuniyatlar talablariga muvofiq kelishiga erishish, bu
164
qonuniyatlardan samarali foydalanishdir. Sotsial boshqarish bu ma'noda ham nazariy,
ham amaliy faoliyatni o‘z ichiga oladi.
XX asr bozor iqtisodiyoti rivojlanishi bilan boshqarish xususiyatidagi faoliyat
menejment paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |