mumkin. Aql yoshi tushunchasi fanga 1908 yilda A.Bine va T.Simon tomonidan kiritilgan.1912
yilda V.Shtern tomonidan intellekt koeffitsenti tushunchasi kiritilgan.
6.3.R.Amtxauer intellekt strukturalari testi
Test 1953 yilda R.Amtxauer tomonidan taklif etilgan bo‘lib, 13 yoshdan 61
yoshgacha
shaxslarning intellektual rivojlanish darajasini aniqlashga mo‘ljallangan.
Amtxauer intellekt
strukturalari testi
9 ta subtestdan
iborat bo‘lib, ularning har biri intellektning turli
funktsiyalarini o‘lchashga qaratilgan.
1.Mantiqiy tanlash(LS) - induktiv tafakkur, til boyligini aniqlaydi. Sinaluvchi –
keltirilgan
so‘zlarning biri bilan gaplarni tugatishi zarur. 20 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 6
minut.
2.Umumiy hususiyatlarni aniqlash(GE) - mavhumlashtirish, verbal tushunchalarga tayanish
qobiliyatini tekshiradi. Har bir topshiriqda sinaluvchiga beshta so‘z beriladi, ulardan to‘rttasi
mazmunan bog‘langan, bittasi ortiqcha. Bu so‘zni topish va belgilash zarur. 20 ta topshiriq
berilgan. Bajarish vaqti - 6 minut.
3.Analogiya(AN) - kombinator qobiliyatlar taxlili. Har bir topshiriqda sinaluvchiga uchta so‘z
taklif etiladi, birirnchi va ikkinchi so‘z orasida ma‘lum bir bog‘lanish bor. Uchinchi so‘zdan
keyin chiziqcha qo‘zyilgan. Beshta javob varianti orasidan birirnchi va ikkinchi so‘z
orasida qanday bog‘lanish bo‘lsa, uchinchi so‘z bilan bog‘langan so‘zni topish zarur. 20 ta
topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
4. Klassifikatsiya(KL) - fikrlash qobiliyatini baholash. Sinaluvchilar ikki so‘zni
umumiy
tushuncha bilan nomlashi zarur. 16 ta topshiriq berilgan. Bajarish vaqti - 8 minut. Javoblar
umumlashtirish darajasiga ko‘ra 0 dan 2 ballgacha baholanadi.
5. Hisoblash (RA) - amaliy matematik tafakkur rivojlanganlik darajasini baholaydi.Subtest 20
ta arifmetik topshiriqdan iborat. Echish vaqti 10 minut.
6. Sonlar qatori (ZR) – induktiv tafakkurni tahlil qilish. 20 ta topshiriqda sonlar qatoridagi
qonyniyatni aniqlash va ularni davom ettirish zarur. Bajarish vaqti - 10 minut.
7. Figuralarni tanlash (FS) - fazoviy hayolni, kombinator qobiliyatlarni tekshirish.
Sinaluvchiga qismlarga bo‘lingan geometrik figuralar tasvirlangan kartochkalar ko‘rsatiladi.
Javobni tanlashda qismlarga bo‘lingan figuraga mos kartochkani topish zarur. 20 ta topshiriq
berilgan. Bajarish vaqti - 7 minut.
8.Kubiklar bilan topshiriq (WU) - 7 subtestga yaqin ko‘rsatkichlar tekshiriladi.20 ta
topshiriqning har birida kub ma‘lum kublar to‘plamiga nisbatan o‘zgartirilgan holatda
joylashtiriladi. Kubni harflar bilan belgilangan kublardan biriga o‘xshatib belgilash zarur.
Bajarish vaqti - 9 minut.
9. Diqqatni to‘plash va o‘zlashtirilganni xotirada saqlash qobiliyatiga topshiriq(ME).
Sinaluvchi so‘zlar qatorini yodlashi va ularni topshiriqda berilgan so‘zlar
ichidan topishi
lozim.YOdlash uchun berilgan so‘zlar jadvalda ma‘lum kategoriyalarga birlashtirilgan,
masalan: gullar: lola, jasmin, rayxon.25ta so‘zlar yodlash uchun beriladi. Jadvalni yodlash vaqti
3 minut.20 ta topshiriqni bajarishga 6 minut beriladi.
Amtxauer testida sinaluvchiga jami 176 ta topshiriq beriladi. Bajarish vaqti - 90
minut.‖Xomaki‖ ballarni hisoblashda (4 subtestdan tashqari) har bir to‘g‘ri javob 1 ball bilan
baholanadi. Har bir subtest bo‘yicha dastlabki baholar shkala baholariga aylantiriladi, shunday
qilib intellekt strukturasini har bir topshiriqlar guruhini bajarish muvaffaqiyati bo‘yicha
baholash mumkin.
Amtxaur testi bo‘yicha
tekshiruv kartasi
Sana---- F.I.SH.--------------- Tug‘ilgan yili ----------
Sw LS GE AN KL RA ZR FS WU ME
120
110
100
90
80
70
LS
GE
AN
KL
RA
ZR
FS
WU
ME
Summa
1-topshiriq. Mantiqiy tanlash.
Quyida sizga taklif etiladigan topshiriqlarda bittadan so‘z etishmaydi. Siz ularni topib
to‘ldirishingiz lozim. Buning uchun sizga taklif etilgan besh so‘zning birini harfini yozishingiz
lozim.
Misol:
Quyoncha ko‘proq ....... ga o‘xshaydi?
а) mushuk; в) оlmaxon с) quyon ; d) tulki; е) tipratikan.
Bu topshiriqda quyon (с)* to‘g‘ri javob.
Boshqa bir misol:
―Umid‖ so‘zining qarama-qarshisi ..... hisoblanadi?
а)хafagarchilik; в)tushkunlik; с) ehtiyoj d) muxabbat; е) g‘azab.
Bu erda ―tushkunlik‖ (в)* to‘g‘ri javob .
Boshladik!
1.Avtomobilni haydash uchun eng avvalo ..... kerak?
а)epchillik; в) ehtiyotkorlik; с) sabr; d) kuch; е)e‘tiborlilik.
2.Televizorning zarur qismi .... hisoblanadi?
а)tranzistor; в)pereklYuchatel; с) antenna; d) kineskop; е) kontrastni boshqaruvchi.
3. Trener – ....?
а)suzadi; в)mashqlarga o‘rgatadi; с) sakraydi; d) undaydi; е) gimnastika bilan shug‘ullanadi.
4...... hayotligida mashxurlikka sazovor bo‘ladi?
а) rassom; в)haykaltarosh; с) shoir; d) artist; е)kompozitor.
5. Asabiylashish holatining qarama-qarshisi ....?
а)
umidsizlik; в) chorasizlik
;
с) xursandlik; d) qoniqish; е) ma‘Yuslik.
RW
SW
15
110
11
101
14
109
21
109
16
11
6
91
5
90
5
87
7
94
100
99
6. Uzoq vaqt davomida ... yashash qiyin?
а) suvsiz; в) ovqatsiz; с) harakatsiz; d) gaplashmasdan; е)uyqusiz.
7.Simob .... hisoblanadi?
а) metall; в) mineral; с) suYuqlik; d) ximik birikma; е) qotishma.
8. .... shaxrida eng ko‘p axoli yashaydi?
а) CHikago; в) Оsaka; с) London; d) Parij; е) Rim.
9. Zahar har doim....?
а) o‘limga
olib keladi; в)og ‘ritadi; с) хavfli; d)makrli; е) zararli.
10. Оtalar o‘z o‘g ‘illaridan .... tajribali?
а)har doim; в) оdatda; с) ko‘pincha; d) ba‘zan; е) asosan.
11. Eshakda har doim ..... bor?
а) molxona; в) taqa; с) egar-jabduq; d)tuyoq; е) yol.
12.Qiyin vaziyatlarda hech qachon .... harakat qilish mumkin emas
а)tartibsiz; в) o‘ylamasdan ; с) chalkash; d) qo‘rqib; е) ishonmasdan.
13. Etiketka (yorliq ) – bu ko‘p hollarda ...?
а)farq qiluvchi belgi; в) ko‘rsatma; с) yozuv; d) reklama; е) nomi.
14. Оg‘zaki imtixon topshirayotgan paytda .... bo‘lishi zarur?
а) qobiliyat; в) dastur; с) bilim; d) savolnoma; е) imtihon oluvchi.
15. Qaysi so‘z ortiqcha?
а) muallif; в) darslik; с)o‘quv qo‘llanma; d)metodik qo‘llanma; е)monografiya.
16.Lotoreyadagi bor biletlarning umumiy biletlar soniga nisbatini bilish оrqali .... hisoblash
mumkin?
а)
Yutish imkoniyatini; в)ishtirokchilar sonini; с) Yutuqlar hajmini; d) Yutuq bor biletlar sonini;
е) lotereya solig‘ini.
17. ... territoriyasi eng katta?
а)O‘zbekiston; в)Rossiya; с)Qozog‘iston; d) YAponiya; е) Kuba.
18. Ishlaydigan odamga ... kerak?
а) izzattalablik; в)topshiriq; с) boshliq; d) asbob; е) intellekt.
19. Оdamlarga nisbatan .... bo‘lish kerak?
а)ehtiyotkor; в)ziyrak; с)vazmin; d)muloqatchan; е) quvnoq.
20.Bir xil hajmda .... da кo‘proq kaloriya bor?
а) baliq; в) yog‘; с)go‘sht; d) pishloq; е) sabzavot.
R.Amtxauer intellekt strukturalari testining uch parallel(A, B,S) shakli mavjud bo‗lib, kasb
tanlash, kasbga yaroqlilik muammolari bo‗ yicha umumiy qobiliyatlarni aniqlash
diagnostikasida foydalaniladi. Amtxauer testni yaratishda intellektni
shaxsning bir butun
tuzilishida maxsus tarkibiy qism sifatida qarovchi nazariyaga tayangan. Bunda psixik
qobiliyatlarning bir butunligi turli faoliyatlarda namoyon bo‗ ladi, deb tushuniladi.
Amtxauer(1953) intellektni shaxsning boshqa komponentlari irodaviy- emotsional soha,
ehtiyojlar va qiziqishlar bilan chambarchas bog‗liqligini ta‗kidlagan.
R.Amtxauer intellekt strukturalari testining moslashtirilgan varianti «SU –testi»
Estoniyada maktab o‗quvchilarining intellectual darajasini aniqlash uchun keng
foydalanildi.(X. I. Liymets va mualliflar.1974)
Do'stlaringiz bilan baham: