Psixologik tashxisni faqat bolalarning va ota-onalarning roziligi bilan o‗tkazish mumkin (faqat
ayrim holatlar bundan istisno, ya'ni tibbiyot va huquqiy sohalarda). Go‗daklik yoki balog‗at
yoshigacha bunday qarorlarni ota-onalar bolalar ishtirokida qabul qilishi mumkin.
Ota-onalar, (ota-onalik huquqidan mahrum qilinganlar bundan mustasno) mutaxassis psixolog
psixodiagnostik tadqiqot natijalari asosida tayyorlagan xulosalarni bilishga haqlidir. Psixolog o‗z
navbatida ota-onalarning farzandlari ruhiyati haqidagi savollariga to‗liq, ishonchli va haqqoniy
javob berishi shartdir.
Psixologik tashxis natijalari, shaxs taraqqiyotiga ta'sir qiluvchi har xil omillarni hamda ota-
onalarning, pedagoglarning
fikrlarini inobatga olmasdan, bolaning ta'lim va tarbiyasiga taalluqli
takliflarni hal qilishga asos bo‗la olmaydi.
Ta'lim tizimida ishlayotgan psixolog, psixologik tashxis ishlarini o‗qituvchi va tarbiyachi bilan
hamkorlikda olib borgan holda, ularni bola ruhiyati haqida zarur ma'lumotlar bilan ta'minlab
borishi shart.
Psixodiagnostikada qo‗llanilayotgan ko‗pgina metodikalar yosh me'yorlari atamasi bilan bog‗liq.
Bu, birinchidan, ruhan va jismonan sog‗lom hamda tasodifan tanlab olingan bolalar guruhida
o‗rganilayotgan xususiyatlarning o‗rtacha taraqqiyot darajasi bilan bog‗liq holda tavsiflanadi.
Bolada yosh me'yorlari o‗rganilayotgan xususiyatlar taraqqiyot darajasining og‗ishi, o‗tkazilgan
tadqiqotdan olingan natijalar bilan aniqlanadi. Agar uning individual ko‗rsatkichlari me'yordan
yuqori bo‗lsa, u holda bola o‗z tengqurlaridan ilgarilab ketgan, buning aksi bo‗lsa tengqurlaridan
orqada qolgan degan xulosa chiqariladi.
Ikkinchidan – bu o‗z-o‗zidan me'yorlarni o‗rganib turishdir. Ma'lumki,
jamiyatning rivojlanib
borishi bilan bolalardagi intellektual, shaxsiy va xulqiy taraqqiyotning o‗rtacha ko‗rsatkichi
o‗zgarib boradi. Bu, albatta, bundan o‗n yil oldingi me'yorlardan hozirgi paytda foydalanish
mumkin emasligini ko‗rsatib beradi, shuning uchun ham har bir metodikani har 3 – 5 yilda albatta
qayta tekshirib ko‗rish talab qilinadi.
Uchinchidan, boladagi u yoki bu psixologik xususiyatlarning taraqqiyot darajasini baholash bilan
uning kelajakdagi taraqqiyoti haqida xulosa chiqarib bo‗lmaydi. Chunki bu nafaqat uning
taraqqiyot darajasi bilan, balki bolaning uquvchanlik qobiliyati, yangi hayotiy tajribalarni
o‗zlashtira olishi, ta'lim sifati hamda ko‗pgina boshqa omillar va sharoitlar bilan bog‗liqdir.
Bundan
tashqari, har qanday psixodiagnostik metodikalarni qo‗llash va xulosa chiqarish uchun,
avvalo uni sinab ko‗rish kerak.
Psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish va sinab ko‗rish bosqichlari quyidagilardir.
Psixodiagnostika so‗zi psixologiyada ikkita asosiy ahamiyat kasb etadi. Birinchisi ilmiy
psixologik bilimlar va tadqiqotlar sohasi hisoblansa, ikkinchisi psixologik bilimlarni amaliyotda
qo‗llay olish sohasidir. Ilmiy soha sifatida psixodiagnostika: printsiplar, har xil psixodiagnostik
metodlarning ilmiyligini tekshirish muolajalarini va usullarini qamrab oladi. Amaliy soha sifatida
psixodiagnostik metodlarni amaliyotda qo‗llay olish ko‗nikma
va malakalarini psixolog-
diagnostda shakllantirishga qaratilgan.
Ilmiy va amaliy sohada ham odamning psixologik jarayonlari, xususiyat va holatlarini baholash
haqida fikr yuritiladi.
Hozirgi zamon psixologiyasida juda ko‗p psixodiagnostik metodlardan foydalaniladi, ammo
ularning hammasi ham ilmiy asoslangan deb aytolmaymiz. Bundan tashqari, metodlar ichida
tadqiqot va xususiy psixodiagnostik metodlar mavjud. Xususiy psixodiagnostik metodlar shunday
metodlar sirasiga kiradiki, ular o‗rganilayotgan psixologik xususiyatning aniq miqdoriy va sifatiy
tavsiflarini ko‗rsatib bera oladi, ya'ni muayyan bir xususiyatni baholash maqsadida qo‗llaniladi.
Yuqorida aytib o‗tilgan maqsad uchun qo‗llanilmaydigan metodlar, faqat psixologik jarayonlarni,
insonning xususiyat va holatini o‗rganadigan metodlar tadqiqot metodlari deb yuritiladi. Ular
asosan empirik va eksperimental ilmiy tadqiqotlarda qo‗llaniladi. Ularning asosiy maqsadi –
ishonchli
bilimlar, faktlarni olishdir. Psixodiagnostik va tadqiqot metodlari farqlarini ko‗rsatib
beruvchi ikkita misol ko‗rib o‗tsak:
1-misol. Shaxsni psixodiagnostik tekshiruv metodi.
Bu 16 faktorli R.Kettell testi. Mazkur standartlashtirilgan savolnoma o‗ziga 187ta mulohazani
qamrab olgan bo‗lib, 16ta guruhga bo‗lingan shkalalar mavjud. Har bir shkala yordamida
shaxsning alohida bir belgisini baholash mumkin, bunda baholash standart ballarda beriladi.
Ushbu testdagi mulohaza, ko‗rsatma, qo‗llashdagi muolajalar, natijalarni sharhlash va xulosalar –
hamma voqea-hodisalarda bir xil qo‗llaniladi va o‗zgartirilmaydi.
2-Misol. Shaxsni tadqiqot qilish metodlari.
Masalan, odamni maxsus sharoitda kuzatish orqali, aniq bir xulqini o‗rganish uchun mo‗ljallangan
eksperiment ishlab chiqilmoqda. Eksperimentni shunday tuzish mumkinki, tadqiqotchini
qiziqtirayotgan shaxs xulqidagi ko‗rinish, belgilarning har birini alohida o‗rganish
imkonini
bersin. Sinovchi, sinaluvchilar xulqini kuzatish orqali shaxs belgilarining alohida xususiyatlari va
unga mos xulq-atvor shakllari haqida xulosa chiqarish uchun ishlab chiqilgan eksperiment
o‗tkazadi. Bundan tashqari, bolalar bilan o‗tkaziladigan psixologik-pedagogik eksperiment, ularni
maxsus eksperimental sharoitda kuzatish imkonini beruvchi izlanishlar ham tadqiqot metodi deb
Yuritiladi.
Bu psixodiagnostik metodlar psixologiyaning turli sohalarida va har xil insonlar faoliyatida
qo‗llaniladi. Ilmiy psixologiyada bu metodlar asosan eksperimental izlanish va bu jarayonni
tashkil qilishda, amaliy psixologiyada esa – psixologik maslahat, psixokorrektsiyada hamda
psixologning kasbiy faoliyatidagi
boshqa jabhalarda, masalan, kasbga yo‗naltiruvchi malakali
mutaxassislar tayyorlashda qo‗llaniladi.
To‗g‗ri tashkil qilingan eksperimentda hamma vaqt ham sinaluvchining u yoki bu psixologik
xususiyati taraqqiyot darajasini aniq baholash zarur, chunki o‗tkazilgan eksperiment
o‗rganilayotgan xususiyatga ta'sirini ko‗rsatdimi, yo‗qmi, bilib olishimiz shart. Yuqorida aytib
o‗tilgan fikrlar psixologik maslahat va psixologik korrektsiya ishlariga ham taalluqlidir.
Psixologik maslahat olib borayotgan psixolog mijozdagi har xil psixologik xususiyatlarning
taraqqiyot darajasini baholashi shart. Uning bu ishi shifokor
mehnatini yodga soladi, ya'ni
shifokor bemorning kasalini va muolaja metodini aniqlashda diagnostik ishlar o‗tkazadi.
Psixolog ham diagnostika bilan shug‗ullanar ekan, avval mijozning psixologik taraqqiyot
darajasini tashxislab, so‗ngra maslahat va korrektsiya ishlarini amalga oshiradi.
Xulosa qiladigan bo‘lsak, biz metodikaning validligi, ishonchliligi, aniqligi, tanlanma to‘plam
reprezentativligi haqida tushunchalarga ega bo‘ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: