5. Strukturali korrelyatsion tadqiqot. Bu sxemaning yuqoridagilaridan farqi shundaki u
o‘zgaruvchilar orasida korrelyatsion aloqaning mavjud yoki mavjud emasligini emas balki turli
guruh vakillarida o‘lchangan bir xil ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyatsion bog`liqlikni aniqlashga
qaratilgan.
Bu holatni misol bilan tushuntiramiz. Tasavvur qiling farzand va ota yoki onaning jinsi ma`lum
shaxs xususiyatlari (masalan Ayzenk bo‘yicha neyrotizm) orasida bog`liqlik bormi, yo‘qmi shuni
aniqlash lozim. Buning uchun biz real guruhlar – oilalarda tadqiqot olib borishimiz kerak
bo‘ladi. Keyin ota yoki ona va farzandning xavotirlilik darajasining korrelyatsion koeffitsienti
aniqlanadi. To‘rtta asosiy: 1) ona – qiz; 2) ona – o‘g`il; 3) ota – qiz; 4) ota – o‘g`il va ikkita
qo‘shimcha korrelyatsiya koeffitsienti kelib chiqadi: 1) qiz – o‘g`il; va 2) ota – ona. Agar bizni
faqatgina o‘xshashliklar qiziqtirsa, unda biz 4 katakchalik 2x2 matritsani quramiz:
Z - o‘zgaruvchi korrelyatsiyalanadi va StYudentning t-kriteriysi bo‘yicha qiyoslanadi.
Bu erda strukturali korrelyatsion tadqiqotga eng oddiy misol keltirilgan. Tadqiqotchilik
amaliyotida yanada murakkabroq strukturali korrelyatsion tadqiqotlar uchrab turadi. Hammadan
ham ko‘proq bunday tadqiqotlar individuallik psixologiyasi (B.G.Anan`ev va uning maktabi),
mehnat va ta`lim psixologiyasi (V.D.Shadrikov), individual farqlarning psixofiziologiyasi
(B.M.Teplov, V.D.Nebilitsin, V.M.Rusalov va boshqalar) va psixosemantika (V.F.Petrenko,
A.G.Shmelev va boshqalar) sohalarida ko‘p qo‘llaniladi.
6. LongitYud korrelyatsion tatqiqot. Longityud tatqiqot – kvazieksperimental tadqiqotlar
rejalari varianti. Longityud tadqiqotni o‘tkazuvchi psixolog tatqiqotga ta`sir etuvchi o‘zgaruvchi
sifatida vaqtni hisoblaydi. U bir guruhni turli sharoitlarda testdan o‘tkazish rejasining o‘xshashi
hisoblanadi. Faqat sharoitlar o‘zgarmas hisoblanadi. Har qanday vaqtincha tadqiqotning natijasi
(shuningdek Longityud tadqiqotning ham) o‘lchangan o‘zgaruvchilarning vaqtli tendri
hisoblanadi.
Longityud korrelyatsion tadqiqot guruhni ma`lum vaqtdan so‘ng testdan o‘tkazish seriyalariga
bo‘linish rejasida o‘tkaziladi. O‘rganish va davomiylik effektlari bilan bir qatorda Longityud
korrelyatsion tadqiqotda ―chiqib ketish‖ effektini ham hisobga olish darkor, chunki tadqiqotning
birinchi bosqichida qatnashgan hamma sinaluvchilarni ham ikkinchi bosqichda ya`ni ma`lum
vaqtdan so‘ng yana qayta testdan o‘tkazib bo‘lmaydi. ―Chiqib ketish‖ va o‘rganish effektlari
o‘rtasida o‘zaro ta`sir ham bo‘lishi mumkin (tadqiqotlarning qolgan qismida qatnashishdan voz
kechish) va hakazo.
Strukturali longityud tadqiqot oddiy longityud tadqiqotdan bizni nafaqat o‘zgaruvchilarning
markaziy tendentsiyasining o‘zgarishi balki o‘zgaruvchilar orasidagi munosabatlarning ham
o‘zgarishi qiziqtirishi bilan farq qiladi. Bu turdagi tadqiqotlar psixogenetikada keng tarqalgan.