253
Amaliy tajribalar uchun eksperimental farazlar
odatda zaruriy ehtiyojlar, yoki hech bo‘lmasa
nimanidir yaxshilash maqsadida yuzaga keladi. Ular bevosita doimiy hayotdan dunyoga
keladilar. To‘qimachilik tsexidagi shovqin, fortepyano pessalarini o‘rganish usullari,
samalyotning kechki payt qo‘nishi bilan bog`liq eksperimentlar aynan shunday vujudga kelgan.
Xatti- harakatni anglashni yaxshilash kabi ilmiy tadqiqotlar uchun avvalgi tadqiqotlarga
asoslanish xosdir. Barcha tadqiqotlarning ilmiy asosi albatta ilmiy manbalardan olinadi. Inson
miyasiga juda zo‘r g`oyalar kelsa ham o‘sha vaqtdayoq tadqiqot sxemasini tuzmaslik lozim,
chunki, kimdir aynan shu sohada birinchi bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Shuning uchun ilmiy
adabiyotlarni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Ilmiy manbalar – ma`lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi.
Eksperiment jarayonida ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalar
o‘z navbatida ikki turga bo‘linadi:
A) Rasmiy manbalar
B) Norasmiy manbalar
Rasmiy manbalarga psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma`lum mavzudagi
ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar,
elektron nashrlar, jurnallardagi
maqolalar kiradi. Norasmiy manbalarga konferentsiya tezislari to‘plami, to‘garaklar,
labaratoriya kengashlari, og`zaki maslahatlari, tadqiqotchi guruh kiradi.
Kitob
Kitoblarda faqat ancha oldin boshlangan tadqiqotlar haqida yozilganligi uchun, kitoblarni
foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar ichida eng yomoni deb o‘ylash mumkin. Lekin aynan shu
narsa ularni eng yaxshi manba bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tadqiqot yakunlangandan to uning
manbalarda paydo bo‘lguniga qadar davr davomida muxim jarayon: tadqiqot sifati va ilmga
keraklilik jihatlari tekshiriladi. Shunga ko‘ra, tadqiqot haqidagi ma`lumotlar kitobga kirguncha u
boshqa tadqiqotlar qatoriga hamda yagona bilimlar majmuasiga kirib boradi.
Kitob muallifi
bunda biz qilishimiz kerak bo‘lgan ishning ko‘p qismini bajarib bo‘lgan bo‘ladi, faqat ular bir
oz eskirib qolganligi uchun bizdan uni yangi ma`lumotlar bilan to‘ldirish talab qilinadi xolos.
Adabiyotlarni qidirishning asosiy nuqtasi aynan bizni qiziqtirayotgan ilmiy mavzu bo‘yicha
yaqinda chop etilgan kitob xisoblanadi. Agar muallif kitobni yaxshi yozgan bo‘lsa, hamma ilmiy
ishlarning xulosalari yaxshi bo‘lish haqida qayg`urmasa ham bo‘ladi.
Muammolardan biri muallif kitobga psixologiya paydo bo‘lgandan boshlangan hamma
tadqiqotlarni ham kirita olmaydi. Hamda qandaydir yo‘l bilan tanlashga to‘g`ri keladi. Har bir
muallif o‘zining nazariy va metodologik yo‘nalishiga ega, tadqiqotlarni tanlashda ham aynan
shunga asoslanadi. Ko‘pchilik kitoblar jurnal maqolasi uchun kerakli talablarga mos kelmay,
ekspert baholashidan o‘ta olmaydi. Ekspert baholash deganda bir necha hurmatga sazovor
olimlar maqolani o‘qib o‘zaro kelishib unga ―sifat belgisini‖ berishadi. Ko‘pchilik jurnallar chop
etishga tanlangan maqolalar shu bosqichdan o‘tishi talab etadi, lekin kitob nashr etuvchilar buni
kamdan- kam talab etadilar.
Kutubxonadan kitob qidirish. Ko‘pchilik kutubxonalarda mavjud kitoblarning elektron katalogi
mavjud. Bunday hollarda
ishni kerakli kitob nomi, muallifi yoki mavzu nomini kompYuterga
kiritishdan boshlash kerak. Monitor ekranda berilgan talabga javob beruvchi kitoblar haqidagi
ma`lumotlar chiqadi. Internetga ulangan kompyuter orqali ham kitob qidirish mumkin ammo uni
qo‘lga kiritshga bir qadar muammollar bo‘lishi mumkin.
Kutubxonaga borishdan avval psixologiya asoslaridan aynan o‘sha mavzuga bag`ishlangan
turli xil kitoblarni ham ko‘rib chiqish mumkin.
Ko‘pchilik o‘quv qo‘llanmalari shu mavzuni boshlanishiga kerakli matnlarni tavsiya etishi
mumkin.
Ma`lum mavzudagi ma`lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar
Ba`zi manbalar psixologiyaning ba`zi sohalarini birlashtirishga xizmat qiladi. Bu manbalar
kitoblarga nisbatan hozirgi davr ruhiga yaqinroqdir shu bilan birga tadqiqotlarning istiqbollilik
darajasini baxolashga ham ko‘p vaqt ajratmaydi.
254
Byulletendagi maqola boshlang`ich nuqta sifatlarda oldingi
jamlovchi maqolani yaralish
muddatini olishi mumkin hamda psixologiyaning paydo bo‘lish muddatini emas va har doim
to‘liq yoritavermaydi. Bundan tashqari, jamlovchi maqolalar sizning izlanish mudatingizni
iqtisod qilib berishi mumkin Shuningdek jamlovchi maqola kitoblarga nisbatan dolzarbdir
.
Agar ish tadqiqot borasida bo‘ladigan bo‘lsa jamlovchi maqoladagi tadqiqot tafsilotlari siz uchun
etarli bo‘lmasligi mumkin Bunda dokladni eshitishdan ko‘ra o‘qib uni anglash osonroq
kechishi ham mumkin. Bunda ham muammolar mavjud. Maqolaning sifatiga Kim javob beradi?
Jurnallarni chiqaruvchi prfessional assotsiatstsiyalar redaktor tanlashga alohida e`tibor berishadi,
redaktor esa ko‘rib chiqish uchun berilgan ilmiy maqolalarning qo‘lyozmalarini rettsenzentlarga
tekshirishga taqdim etishadi. Ba`zan berilgan maqolalar qo‘lyozmalarning 10-20% chop etish
uchun
tanlanadi, ammo ulardan ham muxarrir maqolalarni yaxshilab ko‘rib chiqib,xatolarini
to‘g`irlamaguncha chop etilmaydi. Internetda esa internetga ulangan hoxlovchi shaxs o‘z
sahifasini yaratib ilmiy dokladlarni unga kiritish mumkin. Yana bir muammo sahifadagi
maqolalarni bir necha qoralamalari bo‘lishi, bunda qay biri so‘nggisiligini topish qiyin.
Jurnallardagi maqolalar
Psixologik maqolalar- bu ilmning tayanch nuqtalaridandir.
Ularni birlamchi manbalari deb atashadi chunki ular eksperimentator interpretatsiyalarining
asosiy natijalarini taqdim etadilar to‘liq adabiyotlar qidiruvi olib borish uchun jurnal
maqolalarini ko‘rib chiqish zaruriy shartlardir. Bilamizki u zamon talabiga javob beruvchi
ma`lumotlarni etkazadi. Maqola mualliflariularning maqolalari bilimlar tizimida ma`lum bir
o‘rin egallashga intiladilar, ularning intilishlari ma`lum ma`noda oqlanishi mumkin, chunki shu
vaqtning o‘zida boshqa tadqiqotlar o‘tkazilayotganini bilmaydilar.
Texnik hisobot
Texnik hisobotlar odatda psixologik adabiyotlar qatoriga qo‘shilmaydilar,
lekin har xil
vaziyatlarda ulardan foydalanish mumki bo‘ladi. Agar ilmiy ish davlat ayniqsa, mudofaa
vazirligi tomonidan qo‘llanilayotgan bo‘lsa olim texnik hisobot sifatida dokladlar qilishi kerak.
Bu hisobotlar jurnallardagi maqolalarga o‘xshaydi, ammo unda odatda tavsilotlar ayniqsa,
jarayon va tadqiqot uskunalariga taalluqli tavsilotlar ko‘p bo‘ladi, ba`zida dastlabki
ko‘rsatkichlar ham keltiriladi. Ushbu proektni qo‘llayotgan davlat agentligi avtomatik tarzda
texnik hisobotlarni barcha shunga o‘xshash tadqiqot o‘tkazayotganlarga tarqatadi. Taxminan
jurnal muallifining 10 dan biri shunday texnik hisobotlar yozadi
va shu hisobotlarni uchdan
birigina e`lon qilinadi. Ko‘pchilik kutubxonalar texnik hisobotlarga buYurtma bermaydi, chunki
bu ish qilingan kutubxona javonlari hisobotlariga to‘lib ketib, ularni tizimlashtirish va
klassifikatsiya qilish anchayin qiyinlashgan bo‘lar edi. Mudofaa vazirligi bilan grand bo‘yicha
yoki kontrkat asosida ishlaydigan tadqiqotchilar xar oyda texnik hisobotlarni qisqa mazmunini
olib turadilar. Bu hisobotlarning ko‘pchiligi ilmiy jurnallarda chop etiladi. Afsuski texnik
hisobotlarni topish juda qiyin bo‘ladi. Ularni topish uchun kerakli joylarga so‘rov berish, xujjat
tartib raqami va narxini ham bilishingiz lozim bo‘ladi.
Ba`zi tadqiqotlar uchun texnik hisobotlardan axborotlar qidirish bekor vaqt o‘tkazish bilan teng.
Lekin siz davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanadigan yirik agentliklarda ilmiy yo‘nalishda
ishlasangiz texnik hisobotlar siz uchun qimmatli ma`lumot bo‘lishi mumkin.
Elektron nashrlar.
Elektron ma`lumotlarni ham rasmiy manbalarga kiritish biroz oshirib Yuborish bo‘lsada uni ham
kiritamiz. Elektron ma`lumotlar o‘z xarakteriga ko‘ra turli xil bo‘lishi mumkin: o‘z veb saytida
maqolasini qoralama nusxasi kiritilgan shaxsiy ma`lumotlar, ekspert baholashdan o‘tgan
maqolalarga ega bo‘lgan, chop etilgan jurnallardan sifat jihatdan bir xil bo‘lgan elektron
jurnallar. Shuning uchun ham topilgan material sifatani aniqlashda qiyinchiliklar bo‘ladi.
Ba`zilarni aytishicha elektron ma`lumotlar ilmiy kommunikatsiyalarning asosiy turiga aylanib
oxir oqibat kitoblarni chetga surib qo‘yadi deyishadi. Lekin bu xali amalga oshmaydi.
Ammo bu erda internetning ustunlik taraflari ko‘rinib turibdi. Vaqt tejaladi.
Insonlar Internet
orqali maqola topib uni faqat chop etish puliga qo‘lga kiritishlari mumkin. Olimlar o‘z