SO‘NGAN VULQON
(
Eskiz)
K echasi soat o ‘n b irla rd a Sherm atjon aka bizning uyga
telefon qilib, “bitta osh qildir, n o ‘xat ham solinsin, m en
bir soatga qolm ay yetib b o ra m a n ” , dedi. Biz bu kishining
o d a tin i bilg an im iz u c h u n b ir osh lik m asalliqni h a m ish a
m iltiqday o'qlab qo‘y a r edik. Osh dam landi. S herm at aka
keldilar. Tizza b o ‘yi palov stolga q o ‘yildi.
S h e rm a t aka o shni o d a td a poya sh im ig an d ay to v u sh
chiqarib ichiga tortar, iyagini xiyol k o ‘tarib uzoq chaynar,
yutganida onasini em ayotgan och g o ‘dakday ko‘zlari suzilar,
uning osh yeyishini k o 'rg a n kasal odam ning ham ishtahasi
ochilib ketar edi. Biroq Sherm at aka bugun osh yeyolm adi.
B uning sababi choy v aq tid a m a ’lum b o ‘ldi: u kishini yana
boshqa ishga jildirishm oqchi ekan.
—
0 ‘zim ham sezib yurgan e d im ,- dedi Sherm at aka b ir
xo‘rsinib olganidan k e y in ,- yem ing tagida ilon qim irlasa
b ila m a n . M ayli, m en v a ta n p a rv a rm a n , qayerga y u b o rsa
ketaveram an, lekin h o z irc h a og‘zingdan ch iqarm a, bosti-
bosti b o ‘lib ketsa ham ajab emas.
Sherm at aka ikkovim iz o'ttiz besh yillik qadrdonm iz. M en
o ‘ttiz b esh yildan b e ri shu k ish in in g rah b arlig id a ishlab
kelayotibm an. Bu kishi m eni qorovullikdan izvoshchilikka,
izvoshchilikdan shofyorlikka, u n d a n xo‘jalik m udiri vazifasiga
ko‘targan, alhol shu vazifada barqarorm an. Bu o ‘ttiz besh yil
davom ida biz yettita id o ran i ko‘rdik. Bu kishi qaysi bir idoraga
0
‘tm asin, uch kunga qolm ay m eni h am olib ketar edilar.
135
%
Shuni aytib o'tishim kerakki, bu yillar davomida m en tobora
pastdan yuqoriga ko'tarilgan b o ‘lsam, (tavba qildim, birovga
kulish kerak emas), bu kishi mansab zinasidan pastga yumalab
keta berdilar. M en bunga ham m avaqt achinib kelganman, hozir
ham achinaman. Men bu yerda martaba to ‘g‘risida gapirayotganim
y o ‘q, katta amalsiz ham bu kishining martabasi u lu g \ obro‘yi
joyida, otini hech kim to q aytm aydi: S herm atjon aka-chi
Shermatjon aka, Shennat ota-chi Shermat ota!.. M en boshqa
narsaga achinam an, bu kishi katta ishlami o ‘vnab-kulib bajarar
edilar, past ishlarda qiynalib qoldilar, birinchidan, katta ishda
q o ‘li uzun, ham m aga har qanday gapi o ‘tarai, “sendan ugina,
m endan bugina” degandek, qaysi idora boshlig‘iga nim ani ilti-
mos qilsalar iltimoslari yerda qolmasdi; ikkinchidan, idorada
qanday yaxshi ish b o ‘lsa savobi rahbarga, gunohi faqir-fuqaroga
tegardi; u ch in c h id an , hisobot, m a ’ruza, nutq kerak b o ‘lsa
yordamchilar hamm asini boplab berardi, Shermatjon akaga buni
arab alifbosiga ko'clurtirish (Shermatjon aka yangi alifboni uncha
b ilm a y d ila r), tegishli jo y d a o ‘qib b e rish q o la rd i, xolos;
to ‘rtinchidan, u kishiga gazeta o ‘qish kerak emas, yordamchilariga
“gazetada idora va rahbarlikka tegishli nim a gap chiqsa o'qib
m azm unini m enga aytasan” , deb qo'yardilar.
Past ishdagi qiyinchiliklar, g ‘iybat b o ‘lm asin-ku, Sherm at
akani tajangroq qilib q o ‘ydi: “ Isoning alam ini M usodan oladi
deg an d av , id o ra d a b o ‘la r - b o ‘lm asga sh ovqin so la d ig a n ,
s iz la g a n n i x u s h la b , s e n la g a n n i m u s h tla y d ig a n b o 'l i b
qoldilar;“ nega kekirdakka z o ‘r berasiz, tilingizga zindalak
c h iqqanm i” degan bir xodim ni ishdan b o cshatib yuborguncha
ona suti og‘izlariga keldi... Yana g‘iybat b o ‘lm asin-ku, Shennat
aka ishga b a ’zan, m ajlislarga esa h ech qachon kelm aydilar,
majlislarga kelganda h am b iron m asalaning m uhokam asida
q atn ash ish . fikr aytish u c h u n em as, h e c h k im n i p isan d
qilm aganliklarini k o'rsatish, pisanda qilish u c h u n keladilar
va ham m a bilan urishganday qovoqlarini solib, oyoqlarini
ch alm ash tirg an larich a b ir yelkalarini k o ‘tarib ro q shiftning
burchagiga yoki derazadan tashqariga qarab o 'tiradilar...
Ertasiga samovarga chiqsam, Shermat aka keksa o ‘qituvchi —
b ir oshnalarini burchakka qisib, kuyib-pishib gap m a’qullab
o ‘tiribdilar, yonlaridan m engajoy berib, so‘zlarida davom etdilar:
-
T o ‘g £ri, m en ham m avaqt hukum atning soldati b o ‘lib
kelganm an, o ‘t kech desa o ‘t kechganm an, suv kech desa
136
suv kechganm an, lekin soldat b o ‘lsam h am generalning xiz-
m atini qilgan vaqtlarim ham bo 'lg an . M ana, seni olaylik,
sen ham eski faollardansan, nech ta ord en in g bor?
0 ‘qituvchi jilm aydi.
— O rdenim k o ‘p emas, bittasini u ru sh d a n oldin, ikkitasini
urushda olganm an...
Sherm at aka b ir lahza tutilib qoldi.
— M en o rden tegadigan vaqtlarda ordenga chap berib
m edal oigan v aqtlarim ham b o ‘lgan, lekin faxriy yorliq,
rahm atnom alarim bor...
0 ‘qituvchi oppoq soqolini tutam lab yana jilm aydi.
— M en orden olm asim dan burun sakkizinchi, to ‘qqizin-
chi, o ‘ninchi sinflarga dars berar edim , hozir to 'rtin ch i sinfdan
nari o'tolm ay qoldim . Oliy m a’lum otli yoshlar ko‘p. B undan
tashqari, o ‘quvchi bolalar ham m en o rd e n oigan vaqtdagi
bolalar emas. Rahbarlik ishi ham in ch u n in , bu san’atni yaxshi
egallagan, bilim don yoshlar chiqqan. H ozirgi xalq ham sen
generallik xizm atini o'tab orden oigan zam ondagi xalq emas.
Sen hozir general boio lm asd an ham generallik izzat-hurm atini
k o ‘rishing m um kin. Buning uchun yoshlarning g‘ayratini,
qobiliyatini tan dishing, yoshlarning yelkasiga qoqishing kerak.
O rden, m edal vaqtida qilgan xizm atim izni taqdirlab berilgan
narsa, orden, m edalni qachongacha qaynatib ichamiz!
0 ‘qituvchining bu gaplari S herm at akaga qattiq tegdi.
U ning yuzida “dard-hasratim ni kelib-kelib senga aytdim m i” ,
degan bir ifoda qotib qoldi. 0 ‘qituvchi turib ketganidan keyin
Sherm at akaga tegishdim:
— H ozircha bu gapni hech kim ga o g'zingdan chiqarm a
degan edingiz, o ‘zingiz aytibsiz-ku!— dedim .
Sherm at aka “hech aqling k irm a d i-d a ” degan m a ’noda
m enga qiyo qaradi.
— M en tangadakkina qilib aytdim , sen aytsang g ‘alvirday
qilib aytar eding!
Bir necha kundan keyin tum an rahbari Sherm at akani
suhbatga chaqirdi. Suhbatda nim a gaplar b o'lganini Sherm at
aka m enga aytm adi, lekin jo n -jo n id an o ‘tib ketgan bir narsani
aytdi: u ni “ S o'ngan vulqon” deb atashibdi.
Shermat aka ertasiga tush vaqtida yangi idorasiga meni ham
olib bordi. U ning kelishi m a’lum ekan shekilli, xizmatchilar
137
yo‘lakda saf tortib qarshi olishdi. Kabinetni ko'rib Shermat akagina
em as, m en h am h an g-m ang b o i ib qoldim : yashil m ovut
qoplangan va oyoqlari shertam g'a eski stol, besh-oltita har xil
kursi, bitta telefon, u ham devorga qoqilgan. Sherm at akaning
qovoqlari qizarib tom og'i Iipilladi, aftidan, ju d a h a m xo‘rligi
kelib ketdi. U o ‘zini bosib olganidan keyin taomilga ko‘ra
xizm atchilam i chaqirtirdi va ularga qarab bir necha so‘z aytdi:
— M en bu kungi kunda sizlar bilan ishlashlik sharafiga
erishib turibm an. Bitta rahbarning q o ‘Iidan hech ish kelmaydi,
qachonki rahbarlikda ishlaydigan odam lar vazifani ortig‘i bilan
bajarm asalar...
S herm at aka ilgarilar bunaqa vaqtda qog‘ozga so ‘zlar edi,
hozir so ‘z, nazarim da, kabinetga yarasha b o ‘ldi. O dam lar
tarqalishdi. S herm at aka uzoq sukut qilganidan keyin boshini
k o ‘tarib m enga m a’yusgina qaradi.
— N im a b o ia y o tib d i o ‘zi? S o‘ngan vulqon! V ulqon so‘nsa
olov, tu tu n chiqarm asa ham teshigi qoladi-ku! Yerdagi olov,
tu tu n d a n k o 'ra tog'ning c h o ‘qqisidagi teshik yaxshi emasm i?..
X otiningga telefon qil, bitta ach ch iq osh qilib tursin!
M en uyga telefon qildim. ldoradan chiqib katta y o ‘lga
to m o n yurdik. K atta y o ‘l b o ‘yiga kelganim izda S herm at aka
m enga, y o ‘q, o ‘ziga dedi:
— K o ‘kragingni k o ‘tarib yur, k o ‘rgan odam m ashinasi
boru oyog‘ini yozgani piyoda yuribdi desin!
M a sh in a la r keti uzilm ay u y o q d a n -b u yoqqa g'izillab
o ‘tayotgan katta k o ‘chani kesib o ‘tishim iz kerak edi, m en
chopib o ‘tib oldim . Sherm at aka savlat to ‘kib bitta-bitta qadam
tashlar edi. Bir shofer d o ‘ng‘illadi, yana b in chaparasta qilib
so‘kib tashladi. Sherm at aka yo‘lkaga chiqib olganidan keyin
chuqur x o ‘rsindi.
— M ana, yer tep kanni el tepadi degani shudir-da, endi
shofyorlardan h am so'kish eshitadigan b o ‘lib qoldik. N im a
b o ‘layotibdi o ‘zi!
Sal jadallasak b o ‘lar edi, osh lanj b o ‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |