Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar


Komandada ishlash ko`nikmalarini olish



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

Komandada ishlash ko`nikmalarini olish 
Tadqiqotlar, tajribalar va tahlillarni mustaqil o`tkazish 
Yo`l qo`yilgan kamchiliklar uchun javob berish 
Ilmiy izlanish faoliyati natijalarini tahlil qilib, o`z yutuq va kamchiliklarini aniqlash, vujudga 
kelgan qiyinchiliklar sabablarini toppish, xatolarini tuzatish yo`llarini aniqlash 
Mustaqil faoliyat olib boorish huquqidan foydalangan holda o`z fikrlarini va mulohazalarini 
himoya qilish 
Izlanish natijalarining variantlari va ularning sodir bo`lish ehtimollarini bashorat qilish 
Jamoali muhokama qilishda o`z nuqtai nazarini baholash hamda himoya qilish
Bularning barchasi malakaviy ishni ba jarishd a qo`llaniladi!


Malakaviy ishning qo’lyozma nusxasi tugatilgach, ilmiy rahbar ruxsati bilan 
kompyuterda teriladi. 
Qo’lyozma matnini kompyuterga tushirish jarayonida ketma-ketlik buzilmasligiga jiddiy 
e’tibor berish kerak. Matnning tugallanmagan qismlarini boshqa betlarga o’tkazish man etiladi. 
Yangi fikr ifodalaydigan jumlalar xat boshidan yoziladi. Agar matnda xorij tilida kelgirilgan 
so’zlar, qo’shimchalar bo’lsa, ular asliga to’g’ri holda to’laligicha yozilishi kerak. Malakaviy 
ishda raqamli materiallar jadval shaklida berilishi maqsadga muvofiqdir. Mazmun jihatdan ular 
analitik va ish jadvallariga bo’linadi. Analitik jadvallar o’rganilayotgan muammoni yoritib 
beruvchi umumiy xulosalar va sharxlarni talab etadi. Malakaviy ishda analitik materiallarning 
ko’p bo’lishi ma’lum darajada talabaning o’zi tadqiq qilayotgan muammoni tushunish darajasini 
ko’rsatadi. Statistik materiallardan esa matnda bor muammoni sharxlab berish, statistik 
ko’rsatkichlar tizmini hisoblash uchun foydalanish maqsadga muvofiq. 
Qaysi manbadan olinganligani ko’rsatmay turib, matbuotda chop etilgan jadvallardan 
foydalanish mumkin emas. Jadval boshqa betga ko’chirib o’tkazilgan hollarda jadvalning nomi 
albatta qaytarilishi va yuqori o’ng tomoniga «jadvalning davomi» deb yozib qo’yilishi kerak. 
Malakaviy ishning har bir bobi yangi betdan yoziladi. Bobning nomi yoki sarlavhalari asosiy 
matndan qo’shimcha interval bilan ajralib turishi kerak. Bobning nomidan keyin paragraf nomi 
yoziladi. 
Malakaviy ish talabaning istagi bo’yicha o’zbek, rus va xorijiy tillarda yozilishi mumkin. 
Betlarning tartib raqami varaqning yuqori o’ng tomoniga qo’yiladi. Malakaviy ishning sar 
varag’i qabul qilingan namunaga mos bo’lishi (Ilova ) va quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
malakaviy ish nomi 16 shriftda;
muallifning ismi, familiyasi va sharifi 12 shriftda; malakasi 
12 shriftda; kafedraning nomlanishi 12 shriftda; ilmiy darajasi 12 shriftda yoziladi. 
Izoh. Tadqiqot mavzusining nomi, talabaning familiyasi, ismi, sharifi, malakaviy ish 
hamda so’z boshi katta harflarda teriladi. 
Malakaviy ishni Times New Roman shriftida bajarish maqsadga muvofikdir.
Malakaviy ish A4 shaklidagi qog’ozning chap tomonidan 2.5 sm, o’ngdan 1.5 sm, yuqori 
va pastdan 2 sm dan kam bo’lmagan hoshiya qoldirilgan holda terilishi talab etiladi.
Tugallangan malakaviy ish ilmiy rahbar ko’rib bo’lgandan keyin, uni avval, kafedradagi 
dastlabki himoyaga, so’ngra ochiq himoyaga tavsiya etadigan taqriz beriladi (Ilova ). 
Ba’zi materiallar malakaviy ishning oxirida ilova sifatida berilishi mumkin. Malakaviy 
ish tipografiya talablariga mos ravishda muqovalangan bo’lishi lozim. 
Mavzuni bayon qilishda avvalambor bu mavzuni mohiyatini ochib berish, ikkinchidan 
qo’yiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir biriga bog’liq holda bo’lishi lozim. Shu bois 
malakaviy ishga qo’yilgan asosiy talablardan biri tanlangan mavzuni chuqur va qamrovli bayon 
qilish, ko’rilayotgan savollarni uzviy bog’liqlikda yoritib berish. Malakaviy ishda ko’riladigan 
savollar uning maqsadini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Malakaviy ish matnida uning 
mavzusiga taaluqli bo’lmagan mant va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha paragrflarda 
g’oya birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat hollarda malakaviy ishning birinchi 
bobida tanlangan mavzuning nazariy jixatlari yoritiladi. Unda talaba shu mavzuni nazariy 
jixatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari va shu soxadagi fikrlarini 
o’rganganligini, mazmuniy va mantiqiy jixatdan tadqiqot qilinayotgan mavzuga o’z fikrini 
bildira olishini ko’rsata olishi juda muhim sanaladi. Biror fikr yoki ta’riflarni keltirganda yoki 
ularni qiyosiy taqqoslaganda ular o’z asliga to’g’ri xolda, hyech qanday qo’shimchalarsiz 
qo’shtirnoq ichida (........) keltiriladi va shu betdagi matn oxirida manbasi (muallif, asar nomi, 
nashr joyi, nashriyot, yili, beti) ko’rsatiladi.
Malakaviy ishni bajarish uch bosqichda quyidagi amalga oshirish texnologiyasi bo’yicha 
bajarilishi mumkin:


Malakaviy ish loyihasi tavsifiy xususiyatlar,
amalga oshirish texnologiyasi 
Ayrim hollarda agar talaba izlanish mobaynida o’rganilayotgan masalani yangi qirralarini 
ochsa, malakaviy ish mavzusiga va rejaga o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Shu bilan birga agar 
o’rganilayotgan mavzu bo’yicha korxonaning ma’lumotlari tijorat siri bo’lib talaba berilmagan 
va shunga o’xshash boshqa hollarda ham talaba malakaviy ish mavzusini hamda amaliyot 
bazasini o’zgartirish huquqiga ega.
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maksadga maxsus ajratilgan 
xonalarida bajariladi. Ayrim hollarda, malakaviy ish korxonalar, muassasalar, ilmiy, loyixalash 
va boshqa muassasalarda bajarilishi mumkin. 
Malakaviy ishning bajarilishi kalendar grafigini nazorat qilish kafedra hamda dekanat 
tomonidan amalga oshiriladi.
Malakaviy ish loyihasi 
Malakaviy ishning tayyorlash ilmiy tadqiqot mantiqiga bo`ysunib haqiqiy 
ilmiy tadqiqot tizimiga o`xshash yoki aynan shunday tuzilmaga ega 
1.1. 
malakaviy ish mavzusining dolzarbligini aniqlash 
1.2. Malakaviy ish muammosini, uning predmeti va ob`ektini 
shakllantirish 
1.3. Qaror tahminini oldinga sursh
1.4. Malakaviy ish vazifalarini belgilash 
1.5. Ma`lumotlar manbalarini aniqlash 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish