Bmi mavzulari banki va uni bajarish bo`yicha uslubiy tavsiyalar



Download 2,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/140
Sana26.04.2022
Hajmi2,78 Mb.
#583894
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140
Bog'liq
«HOZIRGI ADABIY JARAYON » (1)

ALISHER NANOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
O`ZBEK FILOLOGIYASI FAKULTETI 
 “HOZIRGI ADABIY JARAYON” FANINI O’RGANISH
BO’YICHA GLOSSARIY 


AVTOPSIXOLOGIK LIRIKA – lirikaning subyektiv tashkillanishiga ko’ra ko’rinishi, 
ijroviy lirikaga (q.) zidlagan holda farqlanuvchi lirik kechinma bevosita shoir tilidan ifoda 
etilgan she’r. Mutaxassislar lirika aksar hollarda avtopsixologik bo’lishi, ayni chog’da, lirik 
qahramon bilan biografik shoir doim ham bir-biriga teng emasligini ta’kidlaydilar (q. lirik 
qahramon).
ADABIYoT NAZARIYaSI – adabiyotshunoslik fanining asosiy sohalaridan biri. A.n. 
badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari, jamiyat hayotidagi o’rni va vazifalari, badiiy 
asar tabiati hamda uning tuzilishi, badiiy til xususiyatlari, adabiy tur va janrlar kabi masalalarni 
umumiy tarzda o’rganadi va shu asosda umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. 
ADABIY AN’ANA – o’tmish adabiyoti to’plagan ijodiy tajribalar qaymog’i, davrlar 
o’tishi bilan ahamiyati va dolzarbligini yo’qotmagan, boqiy qadriyatga aylanib, avloddan-
avlodga o’tib kelayotgan qismi. Demak, A.a. doirasiga o’tmish adabiyoti erishgan yutuqlar, 
to’plagan tajribalarning hammasi ham emas, balki uning muayyan davr ijodkorlari tomonidan 
dolzarb deb topilgan, boqiy qadriyat sifatida baholangan va o’z ijodiy faoliyatlarida namuna deb 
hisoblagan qismigina kiradi. Har bir avlod o’tmish adabiyotiga saylab munosabatda bo’ladi, 
unga faol ijodiy yondashadi, salaflar tajribasini o’z davri qo’ygan badiiy-estetik vazifalarni 
bajarishga xizmat qildiradi. Shunga ko’ra, A.a. va yangilik (q. novatorlik) hamqadamligi 
qonuniy hodisa bo’lib, bu ikkisi dialektik aloqadagi birlikni tashkil etadi va adabiyot 
taraqqiyotining muhim ichki omiliga aylanadi. 
ADABIY MAKTAB (ruschadan kalka: “literaturnaya shkola”) – adabiy yo’nalish ichidagi 
hodisa, muayyan g’oyaviy-estetik qarashlar, ijodiy prinsiplarni dasturiy tarzda qabul qilgan 
ijodkorlar guruhi. Mas., fransuz romantizm adabiyotidagi “Parnas” guruhi shunday ijodkorlarni 
birlashtirgan bo’lib, “parnas”chilarning g’oyaviy-estetik qarashlari, ijod namunalari “Yangi 
Parnas” nomi bilan chop etilgan to’plamlarda o’z aksini topgan. XX asr boshlarida rus 
adabiyotida maydonga chiqqan modernistik yo’nalish ichida simvolizm, akmeizm, futurizm kabi 
oqimlar, futurizm oqimi ichida esa, mas., kubofuturizm deb yuritiluvchi adabiy maktab bo’lgan. 
V.Xlebnikov, V.Mayakovskiy singari iste’dodli ijodkorlarni birlashtirgan kubofuturistlarning 
“Gileya” guruhi o’z adabiy-estetik qarashlari, ijodiy prinsiplarini “Jamiyat didiga tarsaki” nomli 
manifestda e’lon qilgan.
ADABIY OQIM (ruschadan kalka: “literaturnoye techeniye”) – adabiy jarayon bilan bog’liq 
kategoriya, muayyan davr adabiyotidagi adabiy yo’nalishning bir ko’rinishi, o’ziga xos bir 
varianti. Tipologik umumiylik bir yo’nalishga mansub ijodkorlarning ham g’oyaviy yoki estetik 
jihatdan o’ziga xos tomonlari bo’lishini inkor qilmaydi. Ya’ni bir yo’nalish doirasidagi asarlarda 
turlicha ideallar, dunyoqarash aks etishi, badiiy-estetik prinsiplarda muayyan farqlar kuzatilishi 
tabiiy hodisadir. Bu narsa bir yo’nalish ichida alohida guruhni tashkil etayotgan ijodkorlarga xos 
tipologik umumiylik haqida, adabiy yo’nalishning varianti sifatida bo’y ko’rsatuvchi A.o. haqida 
gapirishga imkon beradi. Mas., barokko yo’nalishining varianti sifatida ispan adabiyotidagi 
gongorizm, italyan adabiyotidagi marinizm yoki fransuzlarning presioz adabiyotini ko’rsatish 
mumkin. Deylik, gongorizm g’oyaviy-estetik prinsiplari (Uyg’onish davri ideallariga zidlik, 
uslubning jimjimadorligi, obrazlarning metaforikligi) jihatidan barokkoga mansub etiladi, ayni 
chog’da, unda arab she’riyati ta’sirida bu xususiyatlar (majoziylikning o’ta kuchayishi, 
uslubning murakkablashuvi, fikrni yashirin ifodalash, fikrni zakiylik bilan aytishga intilish va b.) 
o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.
ADABIYoT TARIXI – adabiyotshunoslik fanining asosiy sohalaridan biri. A.t.ning 
predmeti – o’tmish adabiyoti bo’lib, uni jarayon yoki shu jarayonning bir bo’lagi (bosqichi) 
sifatida tadqiq etadi. A.t.ning asosida tarixiylik prinsipi yotadi. Tarixiylik prinsipi adabiy 
jarayonni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog’liq hodisa sifatida o’rganishni taqozo etadi. 
ADABIY TA’SIR (ruschadan kalka: “literaturnoye vliyaniye”) – adabiy jarayonda tabiiy 
ravishda va qonuniyat maqomida mavjud bo’lgan, badiiy tafakkur rivojida muhim ahamiyatga 
molik hodisa. A.t. adabiy-badiiy hodisalarning zamon va makondan qat’i nazar, o’zaro aloqada 
yashashi oqibati o’laroq voqye bo’ladi. Demak, A.t. bitta milliy adabiyot yoki adabiyotlararo 
aloqalar, bir davr adabiyoti yoki turli davrlar adabiyoti doirasida ham kuzatiladi. Shunga ko’ra, 


A.t.ning ko’lami va darajasi turlicha (umumiy va shaxsiy) bo’lib, ular bir qator omillarga 
bog’liqdir. Deylik, turli xalqlarning yashash hududi, turmush tarzi, e’tiqodi kabi omillardagi 
mushtaraklik (mas., forsiy va turkiy adabiyotlar) yoki muayyan tarixiy sharoitda turli xalqlar 
orasidagi o’zaro iqtisodiy, siyosiy va madaniy aloqalarning kuchayishi (mas., rus adabiyoti bilan 
o’zbek adabiyoti) bir milliy adabiyot tajribalarining boshqa bir milliy adabiyot tomonidan ijodiy 
o’zlashtirilishiga olib keladi. 
ADRESAT (nem. Adressat – pochta jo’natmasini oluvchi) – badiiy ijod jarayoni bilan 
bog’liq holda ishlatiluvchi termin, ijod onlarida yozuvchi tasavvurida mavjud bo’lgan, asar 
mo’ljallangan o’quvchi. Adabiyotshunoslikda ushbu tushuncha real o’quvchiga zidlangan holda 
yana implisit o’quvchi, tasavvurdagi o’quvchi, ichki o’quvchi kabi terminlar bilan ham 
yuritiladi. 
ANALOGIYa (yun. analogia – o’xshashlik, mushtaraklik) – adabiy asardagi obrazlar, 
syujet motivlari, ayrim epizodlar, xarakterlar va sh.k.larda kuzatiluvchi mushtaraklik, 
o’xshashliklar. A.lar bitta asar doirasida ham, shu asar bilan boshqa (turli davr yoki turli milliy 
adabiyotlarga mansub) asarlar orasida ham kuzatilishi mumkin. 
BADIIYLIK – ijodiy-ruhiy faoliyat mahsuli o’laroq dunyoga kelgan asarning san’atga 
mansubligini belgilovchi xususiyatlar majmui. Obrazlilik B.ning birlamchi sharti sanalib, u 
voqyelikni badiiy obrazlar orqali idrok etish, badiiy obrazlar vositasida fikrlash demakdir. 
Obrazlilik san’atning o’zak xususiyati bo’lib, u yo’q joyda B. ham mavjud emas. B. tarixiy 
kategoriya sanaladi, uning talab va mezonlari har bir davrning ma’naviy-estetik ehtiyojlari, 
badiiy didi bilan bog’liq holda o’zgarib turadi. 
BADIIYLIK MODUSLARI (ruschadan kalka: “modusы xudojestvennosti”) – badiiylik 
ko’rinishlari; badiiylik qonuniyatlari (badiiy butunlik, shartlilik, o’quvchiga yo’naltirilganlik, 
originallik, universallik)ning namoyon bo’lish usullari. Modus tushunchasi adabiyotshunoslikka 
kanadalik olim Nortrop Fray tomonidan kiritilgan. Fray moduslarni ajratishda muallifning badiiy 
asar qahramoniga nisbatan nuqtai nazarini asos qilib oladi hamda moduslarning mif, rivoyat, 
yuksak-mimetik, tuban-mimetik, kinoyaviy modus turlarini ajratadi. 
BADIIY ShAKL VA MAZMUN – voqyelikdagi har qanday narsa o’zining tashqi 
ko’rinishi (shakli) va shu shakl orqali anglashilayotgan mohiyati (mazmun)ga ega. Shakl va 
mazmun kategoriyalari umumfalsafiy xarakterda bo’lib, ular voqyelikni (narsani) idrok qilishda 
muhim ilmiy abstraksiyalardir. 
BELLETRISTIKA (fr. belles letters – so’z san’ati, nafis so’z) – keng ma’noda umuman 
so’z san’ati, badiiy adabiyot ma’nosini bersa-da, termin turlicha ma’nolarda ishlatiladi. 1) nasriy 
yo’lda yozilgan adabiy asarlarni bildiradi; 2) so’z san’ati ma’nosidagi adabiyotga taalluqli 
asarlarni badiiy qimmatiga ko’ra darajalash maqsadida klassika bilan ommaviy adabiyot 
orasidagi hodisa ma’nosida qo’llanadi. 
GERMENEVTIKA (yun. hermeneuo – tushuntirmoq, talqin qilmoq) – tushunish 
nazariyasi, matnni talqin qilish tamoyillari haqidagi ta’limot, gumanitar fanlarning metodologik 
asosi. G.ning ildizlari qadim G’arb va Sharq madaniyatiga borib taqalsa-da, XIX asrga kelibgina 
alohida fan sohasi sifatida shakllangan bo’lib, nemis faylasuflari F.Shleyermaxer va V.Dilteylar 
faoliyati bilan bog’liq. 
GIPERBOLA (yun. hiperbole – o’ta kattalashtirish, bo’rttirish) – tasvirlanayotgan narsa yoki 
hodisaning u yoki bu jihatini o’ta bo’rttirish, kattalashtirish asosiga qurilgan badiiy usul, stilistik 
figura; ko’proq xalq og’zaki ijodi, romantizm she’riyati, satirik asarlarga xos (q. mubolag’a).
GONGORIZM – ispan shoiri L.de Gongora-i-Argote (1561 – 1627) nomi bilan bog’liq holda 
ispan va portugal tillaridagi adabiyotlarda yuzaga kelgan barokko doirasidagi oqim (q. barokko).
GOTIK ROMAN – XVIII asrning ikkinchi yarmi – XIX asrning birinchi yarmida Yevropa va 
Amerika adabiyotlarida ommalashgan tematik jihatdan farqlanuvchi roman turi. G.r.lar 
g’ayrioddiy, dahshat va sirlarga to’liq voqyealarni qalamga olishi bilan xarakterlanadi. 
Mutaxassislar G.r. ma’rifatchilik romanlariga xos rasionalizmning ziddi o’laroq maydonga 
chiqqani, badiiy adabiyot taraqqiyotida romantizmoldi hodisasi sifatida voqye bo’lgani hamda 
Yevropa va Amerika adabiyotlarida romantizmning qaror topishiga sezilarli ta’sir qilganini 


ta’kidlaydilar. G.r.ning asoschilari va yirik namoyandalari sifatida ingliz adiblari X.Uolpol, 
A.Radklif, M.Lyuis, fransuz adibi J.Kazotlar e’tirof etiladi.
GRADASIYa (lot. gradatio – izchil kuchaymoq) – mazmunni izchil kuchaytirib borishga 
asoslangan stilistik figura. G.ning ikki xil ko’rinishi mavjud bo’lib, birinchisi nutqiy birliklarni 
ma’nosiga ko’ra belgi-xususiyat (holat, harakat va b.)ni kuchaytirish (klimaks), ikkinchisi esa 
susaytirish (antiklimaks) tartibida ketma-ket keltirish orqali voqye bo’ladi. Mas., Iqbol Mirzo 
she’ridan olingan quyidagi parchada ma’noning kuchaytirilgan takrori kuzatiladi:
Sevgilim,
dilsizlar dillarimizni,
toshbo’ron qilsalar,
vayron qilsalar,
tikonlar qoplasa yo’llarimizni...
Bunda ma’no “toshbo’ron – vayrona – tikonzor” tarzida kuchaytiriladi: toshbo’ron vayronalikka 
olib keladi, tikanzorga aylanish esa vayronalikning yuqori darajasi. Bu o’rinda G. lirik qahramon 
kechinmalari dinamikasini ifodalaydi, tuyg’uni kuchaytirib, kechinmani chuqurlashtirib boradi. 
Aksincha, E.Shukur quyidagi she’rda xuddi shu samaraga belgi-xususiyatni susaytirib boruvchi 
nutqiy birliklarni takrorlash orqali erishadi:
Jahonga sig’masak, uyga sig’masak,
Qayoqqa ketarmiz, ey dil, qayoqqa?
Na-da gul bo’loldik, na o’t, na kesak
Qayoqqa ketarmiz, ey dil, qayoqqa?
GRAFOMANIYa (yun. grapho – yozmoq, mania – kasallik, dard) – iqtidori bo’lmagan holda 
yozishga ruju qo’ymoq. G. yozuvchilikni jo’n tushunish, unga shuhrat va boylikka erishishning 
oson yo’llaridan biri deb qarash, o’zining ijodiy imkoniyatlarini real baholay olmaslik oqibatida 
yuzaga keladi. Kitob nashr etish imkoniyatlari kengaygan hozirgi kun sharoitida G. keng 
tarqalgan hodisaga aylandi. G. ma’lum darajada kasallik sanalishi (“maniya” psixik kasallikka 
nisbatan ishlatiladi) mumkin, chunki unga yo’liqqan kishi o’z bitiklarini tanqidiy baholashdan 
ojiz bo’lib qoladi, o’zgalar fikrini qabul qilmaydi, o’zini tan olinmagan daho deb biladi, har 
qanday yo’l bilan asar yozish va chop ettirishga intiladi.
GROTESK (ital. grotta – yer ostidagi uy) – badiiy adabiyot va san’atdagi obrazlilikning 
fantastika, kulgi va mubolag’aga asoslangan bir turi, uslub, badiiy usul. G.da reallik va xayolot, 
go’zallik va xunuklik, fojeaviylik va komiklik kabi bir-biriga zid jihatlar g’alati, ajabtovur bir 
tarzda birikib ketadi. Badiiy shartlilikning boshqa turlaridan farqli ravishda, G. hamisha 
namoyishkorona oshkoraligi bilan ajralib turadi. 
DADAIZM (fr. dada – yog’ochdan ishlangan o’yinchoq ot, ko’chma ma’noda bolalarga 
xos betartib nutq) – Birinchi jahon urushi davri Yevropa adabiyoti va san’atidagi avangardistik 
oqim; Birinchi jahon urushida qatnashayotgan yurtlardan betaraf Shveysariyaga kelib, 
muhojirlikda yashayotgan anarxistik kayfiyatdagi ijodiy ziyolilar muhitida shakllangan, Syurixda 
chop etilgan “Kabare Volter” (1916 – 1917) jurnali tevaragida uyushgan. D. mohiyat e’tibori 
bilan urushga, jahon urushini keltirib chiqargan muhitga qarshi isyon edi. Ularning isyoni 
mavjud tartibotlarni inkor qilish, ularni ma’nisiz (absurd) deb hisoblashda, anarxizmni bunday 
sharoitda eng maqbul mavqye deb bilishda namoyon bo’ladi. 
DETEKTIV ADABIYoT (ingl. detective – izquvar) – sarguzasht adabiyotining bir 
tarmog’i, syujeti asosida sirli jinoyatlarni ochish bilan bog’liq voqyelar yotuvchi asarlarning 
umumiy nomi. D.a. turli janrlarga mansub asarlarni – hikoya, qissa, romanlarni o’z ichiga 
oladiki, bu uning tematik jihatdan ajratilishini ko’rsatadi. 
IMPRESSIONIZM (fr. impression – taassurot) – XIX asrning so’nggi choragida dastlab 
rangtasvir san’atida paydo bo’lib, keyinchalik boshqa san’atlarga ham sezilarli ta’sir o’tkazgan 
yo’nalish. Adabiyotga tatbiqan I. termini keng va tor ma’nolarda qo’llanadi. Keng ma’noda I.ga 
turli ijodiy metodlar doirasida kuzatilgan uslub hodisasi sifatida qaraladi. Jumladan, 
impressionistik uslub realist san’atkorlar (Gi de Mopassan, A.P.Chexov, I.A.Bunin va b.)ijodida 
ham kuzatilib, realistik tasvir imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan. 


INVEKTIVA (lot. invehor – tashlanmoq, hujum qilmoq) – biron shaxs, ijtimoiy guruh yoki 
hodisani keskin tanqid qilish, fosh etish, qoralashga qaratilgan nutq. Janrlarni mazmun jihatidan 
tasniflagan holda ba’zan I.ni alohida lirik janr deb ko’rsatish hollari ham uchraydi. Biroq bu 
unchalik to’g’ri emas. Chunki I. turli adabiy shakllar, turli janrlarda namoyon bo’ladi. Mas., 
antik Rimdagi ayblov nutqlari (Siseron. “Filippikalar”), ayrim epigrammalar, pamfletlar, xatlar I. 
namunasi sanalishi mumkin. XX asr o’zbek she’riyatida I. ruhida ko’plab she’rlar yaratilgan. 
Jumladan, Cho’lponning “Ulug’ Britaniyaning bu kungi hukumatiga”, “Qo’zg’olish”, G’afur 
G’ulomning “Sharaf qo’lyozmasi” kabi she’rlari I.ga misol bo’la oladi.
KIRITMA HIKOYa – voqyeaband syujetli asar tarkibiga kiritilgan mustaqil hikoya. K.h., 
odatda, asar syujeti bilan bevosita bog’lanmaydi, o’zining mustaqil syujetiga ega bo’lib, asar 
butunligiga mazmuniy jihatdan bog’lanadi va badiiy konsepsiyani ifodalashga xizmat qiladiki, 
shu jihatlari bilan u mohiyatan gap tarkibidagi kiritma konstruksiyalarga o’xshashdir. Mas., 
“O’tgan kunlar”dagi usta Olim hikoyasi roman asosiy syujetiga bevosita bog’liq emas: u bosh 
qahramon bilan tasodifan uchrashib qolgan kishining hikoyasi sifatida beriladi. 
KLASSIKA (lot. classicus – namunali, mumtoz) – eng yaxshi, namunali, mumtoz deya 
e’tirof etilganlik. Ya’ni, aslida, K. termini o’zida baho munosabatini ifodalaydi. Shunga 
qaramay, K. so’zining muomala amaliyoti va adabiyotshunoslikdagi qo’llanishida turlichalik 
mavjud. Jumladan, u konkret asar ( “Xamsa”, “O’tgan kunlar”, “Anor” va h.), muayyan bir 
ijodkor (A.Navoiy, A.Qodiriy, A.Qahhor) yoki butun bir davrga (O’zbek klassik adabiyoti) 
nisbatan ham qo’llanaveradi. 
KOLLIZIYa (lot. collisio – to’qnashuv) – badiiy asarda tasvirlangan voqyea asosida 
yotuvchi personajlar orasidagi to’qnashuvlar, ziddiyatlar. Ilmga Gegel tomonidan kiritilgan K. 
termini adabiyotshunoslikda ba’zan konfliktning sinonimi sifatida qo’llanadi. Shunga qaramay, 
ularni sezilarli farq bilan qo’llash amaliyoti ham mavjud. 
KOMPARATIVIZM (lot. comparatives – qiyos, qiyosiy) – 1) keng va ko’pchilik tomonidan 
istifoda etiladigan ma’noda qiyosiy adabiyotshunoslik (q.), adabiyot tarixining milliy adabiyotlar 
taraqqiyotidagi o’zaro mushtarak va farqli tomonlar, milliy adabiyotlarning o’zaro aloqalari va 
ta’siri masalalarini o’rganuvchi bo’limi; 2) tor ma’noda qiyosiy adabiyotshunoslikning 
shakllanish davridagi bir bosqich, adabiy faktlardagi tashqi o’xshashliklarni (tarixiy shart-
sharoit, adabiy an’ana, ijodkor dunyoqarashi, uslubi kabi kontekstlar bilan bog’lamagan holda) 
qiyoslash bilan cheklanilgan davr. 
LIRIK ChEKINISh (rus. kalka: “liricheskoye otstupleniye”) – muallif nutqining ko’rinishlaridan 
biri, epik yoki liro-epik asarlarda uchraydigan kompozision unsur. L.ch. deyilishining sababi 
shuki, unda syujet voqyealarini hikoya qilish to’xtatib qo’yiladi va muallif ularga munosabati 
oshkor tarzda ifodalashga o’tadi, ya’ni asosiy voqyeadan chekinadi. Mohiyat e’tibori bilan L.ch. 
gap tarkibidagi modal so’z va konstruksiyalarga o’xshashdir. 
METAFORA (yun. metaphora – ko’chirish) – ma’no ko’chishining keng tarqalgan turlaridan 
biri, narsa-hodisalar orasidagi o’xshashlikka asoslanuvchi ko’chim turi, trop. M. mohiyatan 
yashirin o’xshatish bo’lib, unda o’xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma’nosini 
o’xshayotgan narsa (ya’ni uni ifodalayotgan so’z) bildiradi. 
METOD (yun. methodos – tadqiq usuli) – 1) ijodiy metod; marksistik estetikaning asosiy 
kategoriyalaridan biri, XX asrning 20-yillaridan keng ommalashgan va ma’nosi o’zgarib borgan 
termin. 30 – 40-yillar adabiyotshunosligida adabiyot va san’atdagi hayotni badiiy aks ettirishning 
asosiy tamoyillari M. deb yuritilib, ikkita – realistik va norealistik ijodiy metodlar mavjud deb 
hisoblangan. Keyinroq M. deganda badiiy asarning g’oyaviy mazmuni bilan bog’liq bo’lgan 
hayot materialini tanlash, badiiy idrok etish va baholash prinsiplari tushunila boshlangan. Ya’ni 
bunda M. badiiy tafakkur tarzi sifatida tushunilib, ijodkor e’tiborini voqyelikning u yoki bu 
qirralariga qaratishi, tipiklashtirishi va baholashida namoyon bo’luvchi hodisa sanalgan. Keyingi 
ma’no ko’chishi adabiyotning mafkura quroliga aylanishini ilmiy asoslash jarayonida amalga 
oshgan va mafkuralashgan sho’ro adabiyotshunosligida M. tushunchasiga o’ta muhim ahamiyat 
berilgan. Terminning keyingi ma’noda qo’llanishi badiiy ijoddagi ikki muhim unsur – metod va 
uslubni alohida kategoriyalar sifatida tushunishga imkon bergan. 


NATURALIZM (lot. natura – tabiat) – 1) tabiiy fanlar sohasida erishilgan ulkan muvaffaqiyatlar 
ta’sirida XIX asrning 60-yillaridan boshlab Yevropa adabiyotlarida shakllangan adabiy 
yo’nalish. Ilk bor Fransiyada maydonga kelgan N.ning falsafiy asosi – pozitivizm, O.Kont 
ta’limotidir. XIX asrning 70-yillari o’rtalariga kelib E.Zolya atrofida shu yo’nalishga mansub 
ijodkorlar (G.Flober, Gi de Mopassan, G.Ibsen va b.) maktabi shakllangan. E.Zolya o’zining 
“Eksperimental roman”, “Naturalist romannavislar” nomli asarlarida N.ning nazariy asoslarini 
ishlab chiqdi. Tabiiy fanlarning tabiat sirlarini o’rganish borasidagi yutuqlaridan ilhomlangan 
naturalistlar jamiyatni, insonni shu kabi teran, yuksak darajadagi aniqlik bilan tadqiq etishni o’z 
oldilariga maqsad qilib qo’yganlar, ularga ko’ra, badiiy bilish ilmiy bilishga monand bo’lmog’i 
zarur. 
NOVATORLIK (lot. novator – yangilovchi, yangilanuvchi) – adabiy jarayon bilan bog’liq 
kategoriya, adabiy jarayonda an’ana bilan har vaqt dialektik aloqada mavjud bo’lgan hodisa, 
adabiyot taraqqiyotining muhim ichki omili, badiiy tafakkur rivojiga sezilarli ta’sir o’tkazib, 
keyinchalik an’anaga aylanuvchi muhim badiiy-estetik yangilik. 
OBRAZLAR SISTEMASI – badiiy asardagi bir-biri bilan uzviy bog’langan obrazlar tizimi. 
Amaliyotda O.s. deganda, ko’pincha, asardagi personajlar tizimi nazarda tutiladi, biroq bu 
terminning tor ma’nosidir. Zero, O.s. faqat personajlarni emas, balki badiiy voqyelikni tashkil 
qilayotgan jami (narsa, hodisa, joy va h.) obrazlardan tarkib topadi. Ya’ni badiiy asardagi har bir 
obraz yaxlit sistemaning unsuri, shunga ko’ra, u butunning qismi sanaladi (q. badiiy obraz 
turlari) va o’zining mazmun-mohiyatini butun kontekstidagina to’liq namoyon etadi. 
OKTAVA (lot. octo, octava – sakkiz, sakkizlik) – sakkiz misradan tarkib topuvchi, besh yoki olti 
stopali yamb (q. stopa) o’lchovidagi misralari abababcc tartibida qofiyalanuvchi band shakli. 
Uyg’onish davri italyan she’riyatida yuzaga kelgan va tez orada italyan hamda ispan epik 
poeziyasining asosiy band shakli bo’lib qolgan. Jumladan, L.Ariosto, T.Tasso singari mashhur 
adiblarning epik poemalari O. band shaklida yozilgan. Keyinchalik O. band shakli boshqa 
xalqlar adabiyotlarida ham o’zlashgan: nemis adabiyotida Gyote (“Faust”ga yozilgan 
bag’ishlov), ingliz adabiyotida Bayron (“Don Juan”), rus adabiyotida V.Jukovskiy, A.Pushkin va 
b. boy ritmik-intonasion imkoniyatlari, qofiyalanish tartibi va o’lchovning qulayligi sababli O. 
band shaklida lirik she’rlar ham yoza boshlaganlar. 
PALEOGRAFIYa (yun. palaios – qadimgi, grapho – yozmoq) – yozuvlar tarixini o’rganuvchi 
tarixiy-filologik fan sohasi. P.ning vazifalari doirasiga qadimgi yozma yodgorliklarni tadqiq 
etish, bitiklarni o’qish (rasshifrovka), ular yaratilgan joy va vaqtni aniqlash kabilar ham kiradi. P. 
bu vazifalarni yozuv asosida, qadimgi bitiklarning yozuv xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
amalga oshiradi. P. o’z faoliyatini tarix, til tarixi, adabiyot tarixi, matnshunoslik kabi sohalar 
bilan mustahkam aloqada olib boradi. Jumladan, matnshunoslik faoliyatida P. muhim yordamchi 
soha bo’lib xizmat qiladi.
POSTSTRUKTURALIZM (fr. poststructuralisme – strukturalizmdan keyingi) – ijtimoiy-
gumanitar bilim sohalarida o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab shakllangan ilmiy 
yondashuvlarning umumiy nomi. P. strukturalizm bag’rida yetishgan, uning davomi va qisman 
ziddi sifatida maydonga chiqqan bo’lib, ba’zan neostrukturalizm deb ham yuritiladi. P. uchun 
dasturiy sanaluvchi ayrim asarlar (mas., J.Derrida. “Grammatologiya haqida”) 60-yillarning 
oxiridayoq chop etilgan bo’lsa ham, 70-yillarda unga strukturalizmning bir qanoti deb qaralgan, 
80-yillardan boshlab konseptual mustaqillikka erishgan. 
PSIXOLOGIK MAKTAB – XIX asrning oxirgi choragida Yevropa va rus 
adabiyotshunosligida maydonga kelgan ilmiy yo’nalish. P.m. madaniy-tarixiy maktab va 
biografik metod qarashlarini qayta idrok etib, ularni rivojlantirish asosida shakllangan. Xuddi 
madaniy-tarixiy maktab kabi, P.m. ijodkor shaxsning shakllanishida oila, ijtimoiy muhit, davr 
singari omillarning muhimligini e’tirof etadi, biografik metod kabi badiiy asarda ijodkor shaxsi 
aks etadi deb biladi. P.m. mazkur qarashlarni birlashtiradi, ya’ni bu omillarning bari ijodkor 
ruhiyati orqali namoyon bo’ladi deb hisoblaydi va shundan kelib chiqib, ijodkor ruhiy 
biografiyasi, badiiy ijodning ruhiy tomonlarini o’rganishni diqqat markaziga qo’yadi. P.m.ga 


ko’ra, badiiy obraz inson ko’nglida dunyo bilan aloqa ta’sirida paydo bo’lgan kechinmalarning 
tashqariga chiqishi, moddiylashuvi natijasidir. 
REMINISSENSIYa (lot. reminiscentia – xotirlash, eslash) – 1) adabiy hodisalarning 
dialogik munosabatda bo’lishi natijasi o’laroq yuzaga keluvchi hodisa, adabiy asardagi ilgari 
mavjud bo’lgan asarlarni yodga soluvchi nuqtalar. Bunday R.lar anglangan yoki anglanmagan 
(asarda ijodkor xotirasida muhrlanib qolgan o’zga asardagi nuqtalarning g’ayriixtiyoriy tarzda 
aks etishi) ravishda voqye bo’ladi; ular ochiq-oshkor emas, shu bois ilg’ab olinishi ham 
birmuncha qiyin va shu jihati bilan o’zlashtirish va taqliddan farqlanadi. 
RETARDASIYa (lot. retardation – sekinlashtirish, tutib turish) – epik asarlarga xos syujet-
kompozision usul, voqyealar haqida hikoya qilishni, syujet rivojini sekinlatish. R. asarga 
syujetdan tashqari elementlar (lirik chekinishlar, mufassal portret, peyzaj tasviri, personaj 
xarakteristikasini berish, personajning o’tmishi haqida hikoya qilish, kiritma hikoyalar, rivoyat 
va sh.k.lar)ni kiritish orqali amalga oshadi. Mas., “Mehrobdan chayon”ning boshlanishida shu 
usulda har bir personaj haqida tafsilotlar beriladi, natijada Solih mahdum asarning boshida 
buyurgan manti 17-bobga borib yeyiladi, ya’ni asosiy voqyeaning hikoya qilinishi 
sekinlashtiriladi.
SARKAZM (yun. sarkaso – etini yulmoq) – 1) komiklikning turi, tasvirlanayotgan 
narsaga qaratilgan zaharli kulgi. Antik davrlardan keluvchi an’anaga ko’ra, S.ga kinoyaning bir 
turi, uning keskin va yuqori darajada namoyon bo’lishi sifatida qaraladi. S. bilan kinoya orasida 
o’xshashlik kattaligiga qaramay, ularni jiddiy farqlovchi jihatlar ham bor. 
SENTIMENTALIZM (fr. sentiment – his) – XVIII asrning ikkinchi yarmida Yevropa 
milliy adabiyotlarida vujudga kelgan oqim, nomlanishi ingliz adibi L.Sternning “Sentimental 
sayohat”(1768) asari bilan bog’lanadi. Ma’rifatparvarlik rasionalizmining tanazzulga uchrashi 
natijasida maydonga chiqqan S., undan farqli o’laroq, inson tabiatining javhari ong emas, hisdir, 
degan qarashga asoslanadi. Shunga ko’ra, S. mukammal insonni tarbiyalashning sharti dunyoni 
aqlga muvofiq tarzda qayta qurish emas, unga tabiatan xos bo’lgan hislarni erkinlashtirish va 
rivojlantirishdir, deb biladi. S. adabiyotining qahramoniga xos muhim xususiyat yuqori darajada 
individuallashtirilganlik bo’lib, bu jihati bilan u jonli insonga yaqinroq turadi. 
SENTIMENTALLIK (ruschadan kalka: “sentimentalnost”) – muallif emosionalligi 
ko’rinishlaridan biri; ma’naviy dunyosi g’oyat boy bo’lgani holda, hayotda shunga munosib 
o’rin topolmagan, taqdirning izmi yoki jamiyatning joriy tartibotlari bir chetga surib qo’ygan 
insonlarga achinish hissi bilan yo’g’rilgan munosabat. Badiiylik moduslaridan farqli ravishda, S. 
ko’proq subyekt bilan bog’liq. Ya’ni bu o’rinda subyekt – obyekt – o’quvchi uchligidan 
birinchisi (ijodkor) yetakchilik qiladi. 
SIMVOLIZM (yun. simbolon, fr. simbolisme – belgi, nishon) – Yevropada XIX asr oxiri – XX 
asr boshlarida kuzatilgan madaniy-ma’naviy inqiroz sharoitida, pozitivistik yondashuv (q. 
naturalizm) va tobora urchib borayotgan omma adabiyoti (belletristika) namunalari 
obro’sizlantirgan realistik tasvir prinsiplariga qarshi o’laroq, vujudga kelgan adabiy oqim. S.ning 
adabiy-estetik asoslari XIX asrning 60 – 70-yillarida P.Verlen, A.Rembo, S.Mallarme kabi 
fransuz shoirlari ijodi bilan qo’yilgan. Mutaxassislar S.ga romantizm vorisi sifatida qaraydilar, 
shu bois ham uning falsafiy asoslarini A.Shopengauer, E.Gartman va, qisman, F.Nisshe 
ta’limotida ko’radilar. 
TENDENSIYa (lot. tendere – yo’naltirish, intilish) – tasvirlanayotgan voqyea-hodisalarga 
muallifning g’oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasi orqali aks etuvchi asar 
problematikasining badiiy idrok etilishi va baholanishi. T. asar problematikasidan kelib chiqib 
tanlangan hayot materialini muayyan maqsadga mos umumlashtirgan va yo’naltirgan holda, 
badiiy g’oyani yuzaga chiqaradi. Aslida, T. yaratilajak asarning g’oyaviy-tematik tomonlariga 
ijod jarayonining ilk bosqichidan boshlab faol ta’sir qiladi. 
TIP (yun. typos – nusxa, namuna) – badiiy obrazning umumlashtirish darajasiga ko’ra turlaridan 
biri, insonning muayyan tarixiy davr va undagi konkret ijtimoiy muhitga xos umumiy 
xususiyatlarni o’zida jam etgan umumlashma obrazi. Termin adabiyotshunoslikda ikki xil 
ma’noda qo’llanadi. Birinchisi – T. so’zining leksik ma’nosiga mos, bunda o’zida insonga xos 


muqim fe’l-xususiyatni mujassam etgan obraz nazarda tutiladi. Ya’ni mohiyat e’tibori bilan 
bunday obraz emblemaga yaqinlashadi (mas., Sharq mumtoz adabiyotidagi Hotami Toyi; G’arb 
adabiyotida Don Juan), bunday obrazlar ma’lum bir fe’l-xususiyat (saxiylik, xasislik, ochko’zlik, 
ikkiyuzlamachilik va sh.k.)ning belgisiga aylanadi, ularda shaxs individualligi muhim emas. 
USLUB (ar. ????? – tartib, usul, yo’sin, tarz) – poetikaning muhim kategoriyalaridan biri; badiiy 
asarning u yoki bu tarzdagi shakliy qurilishini belgilovchi umumiy prinsip. U. antropologik, 
ya’ni ijodkor shaxsi bilan bog’liq kategoriya sanalib, uning ijodiy individualligini belgilaydi. 
U.da namoyon bo’luvchi ijodiy individuallik badiiy asarning barcha sathlarida (badiiy matnning 
tuzilishi – ritorika, badiiy voqyelikni yaratish prinsiplari – poetika) birdek ko’zga tashlanadi. 
Ya’ni U. badiiy shaklning unsuri emas, balki unga xos xususiyatdir. U. asardagi shakl 
unsurlarining o’z holicha emas, balki muayyan qonuniyat asosida yaxlitlikka birikishini 
ta’minlaydi, har bir unsurning butun tarkibidagi mohiyati va funksiyasini belgilaydi. 
FANTASTIKA (yun. phantastike – taxayyul san’ati) – haqiqatda mavjud bo’lmagan, taxayyul 
kuchi bilan tasavvurdagina yaratilgan narsa-hodisalar tasviri, shunga asoslanuvchi adabiy asarlar 
jami. Fantastik asar yuqori darajadagi shartlilik kasb etuvchi fantastik obrazlilikka tayanadi, u 
muallifdan ham, o’quvchidan ham ijodiy fantaziyani to’la quvvat bilan ishlatishni talab etadi. 
Ayni chog’da, F. faqat xayolot mahsuli emas, uning zamirida mavjud voqyelikning izlari sezilib 
turadi, zero, xayol shu mavjudlikdan kuch olgan holda parvoz qiladi. 
XRIYa (yun. chrao – ma’lum qilmoq, naql qilmoq) – aforistikaning janr ko’rinishlaridan biri, 
ulug’ zotning konkret sharoit bilan bog’liq holda aytgan ibratli gapi yoki amali haqidagi jajji 
hikoya. Antik ritorikada X.larga notiq fikrini dalillash uchun ishlatilgan vosita deb qaralgan. 
Aforizmdan farqi shuki, X.da ibratli gap aytilgan konkret sharoit ham bayon etiladi. Mas.: 
“Keksaygan chog’ida xastalanib qolgan Suqrotdan kimdir hol so’rab, ishlari qanday 
ketayotganini so’radi. Faylasuf aytdiki: “Har jihatdan yaxshi: mabodo sog’ayib ketsam, 
hasadgo’ylarim ko’payadi, o’lsam – do’stlarim”.
SIKL (yun. kyklos – aylana, g’ildirak) – muallif tomonidan bir necha mustaqil asarning janr, 
mavzu, personajlar, hikoyachi va sh.k. jihatlardan umumiyligi asosida bitta guruhga 
birlashtirilishi, turkum. Adabiyotshunoslikda S. masalasida yakdil fikrga kelingan emas. Ayrim 
mutaxassislar S.ga alohida janr sifatida qaraydilar. Biroq bu holda, birinchidan, S.ni tashkil 
qilayotgan har biri mustaqil va muayyan janr shakliga ega asarlarni butunning qismi (xuddi 
asarning bitta bobi kabi) hisoblash kerak bo’ladiki, haqiqatda ularning har biri tom ma’noda 
mustaqildir. Shunga ko’ra, ikkinchidan, S. adabiy asarga xos bir butunlik xususiyatiga ega emas. 
SITATA (lot. cito – chaqiraman, keltiraman) – asarda birovga tegishli asar (matn)dan olingan 
so’zma-so’z ko’chirma keltirish. Matn ichida S.lar, odatda, qo’shtirnoqqa olinadi, epigraf sifatida 
keltirilganida esa grafik jihatdan (sahifaning o’ng tomonida joylashadi, asosiy matnga qaraganda 
kichik o’lchamli harflar bilan yoziladi) ajratiladi va ostida manbasi ko’rsatib qo’yiladi. Mumtoz 
sharq she’riyatidagi naziralar, tatabbularda S.lar (o’zga shoir misrasi yoki bayti) yozuvda 
ajratilgan emas. Muayyan ma’noda taxmis ham S. asosiga quriluvchi asar sanalishi mumkin. 
Taxmis sarlavhasida muxammas kimning g’azaliga bog’langani ko’rsatiladi, maqta’sida esa 
g’azal muallifi bilan taxmis bog’lovchining taxallusi keltiriladi, shular asosida S.larni farqlab 
olish mumkin bo’ladi. 
EKSPROMT (lot. expromtus – tayyor) – ijodiy improvizasiyaning bir ko’rinishi, biron narsa-
hodisa haqida hyech bir tayyorgarliksiz, shu paytning o’zidayoq aytilgan yoki yozilgan she’r (q. 
badiha).
EPIGONLIK (yun. epigonoi – keyin tug’ilgan) – adabiyotdagi o’zlashtirish ko’rinishlaridan biri, 
o’zigacha mavjud bo’lgan asarlarga, muayyan adabiy yo’nalish, oqim yoki alohida so’z 
san’atkoriga xos uslub, tasvir manerasi kabilarga ko’r-ko’rona ergashish. E. ijodiy yondashuvdan 
mahrum bo’lib, unda adabiy hodisa (muayyan asar, yo’nalish yo ijodkor uslubi va sh.k.)ning u 
yoki bu darajada muvaffaqiyat topgan va muqim qaror topib ulgurgan jihatlari mexanik qayta 
yaratiladi. 
EPILOG (yun. epilogos – so’ngso’z) – asarda tasvirlangan asosiy voqyealardan alohida ajralib 
turuvchi yakun, xotima. Antik davrlardan shakllangan an’anaga ko’ra, sahna voqyealari yakun 


topgach, E. qismi berilib, ular mundarijasi (sahnada o’ynalgan tomosha mazmunini tushuntirish, 
qissadan hissa chiqarish, tomoshabinlarga minnatdorchilik bildirish, kamchiliklar uchun 
uzrxohlik qilish va sh.k.) va shakli (xor qo’shig’i, raqs, aktyorlarning zalga bevosita murojaati va 
b.) jihatidan turlicha bo’lgan. Keyincha E. epik asarlarda ham qo’llana boshlandi. Epik asarlarda 
ham E. turli shakllarda (voqyea, biron bir rivoyat, tabiat manzarasi va b.) berilishi mumkin. 
«Hozirgi adabiy jarayon» fanidan 
MUSTAQIL ISHLAR MAVZULARI 
Eslatma: har bir mavzu yuzasidan savollar tuzib, 
Mustaqil ish ana shu savollar asosida yoziladi. 
Shuningdek, barcha mavzular uchun 
umumiy adabiyotlar ro’yxati tavsiya etilgan. 
Mustaqil ishlar, o’qitishning eng muhim metodi bo’lib, unda talabalarning 
mashg’ulotlarga tayyorlanish, olingan bilim, malaka va ko’nikmalarini mustahkamlash 
jarayonida ularning individual faolligi oshadi. 
Mustaqil ishlarni samarali tashkil yetishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: 
• 

Download 2,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish