105
nish zanjirida quyidagi nosozliklar bo‘lishi mumkin: uchqun kon-
taktlariga moy tushishi yoki ifloslanishi; uzgich kontaktlarining
eroziyalanishi yoki korroziyalanishi; kontaktlarning tutashib turish
burchagi me’yoridan katta yoki kichik, pishangcha prujinasining
bikrligi pasayishi, taqsimlagich valida katta lyuft, uzgichning qo‘z-
g‘almas va qo‘zg‘aluvchi plastinalari orasidagi o‘tkazgichda uzilish,
kondensatorning teshilishi, tranzistor kommutatorining nosozligi.
Yuqorida keltirilgan nosozliklarning ko‘pchiligini past kuchlanish
zanjirini diqqat bilan ko‘zdan kechirishning o‘zida aniqlash mumkin.
Òranzistor kommutator nosoz bo‘lsa, uchqun hosil bo‘lishdagi
uzilishlar stabilitronning teshilishi yoki «M» chiqish joyi bilan
avtomobil korpusi orasidagi kontaktning yomonligidan ham yuzaga
kelishi mumkin.
Dvigatel ishga tushadi, lekin startyor o‘chirilgandan keyin u
ham o‘chadi.
Bu nosozlik past kuchlanish zanjirining o‘t oldirish
g‘altagigacha bo‘lgan qismida uzilish mavjud bo‘lganda yuzaga
keladi. Chunki bu holda tok o‘t oldirish g‘altagiga faqat dvigatelni
ishga tushirish vaqtida, ya’ni startyor relesining kontaktlari yoki
qo‘shimcha rele orqali boradi. Bu yerda, birinchi navbatda, qo‘-
shimcha rezistorni uzilishga tekshirish zarur.
Buning uchun uning
chiqish joylariga sim ulanadi. Agar dvigatel ishga tushib o‘chib
qolmasa, demak rezistor nosoz.
Dvigatel nominal quvvatini bermaydi, qizib ketadi va yonilg‘ini
ko‘p sarflaydi.
Bu nosozlik o‘t oldirishni ilgarilatish burchagining
markazdan qochma va vakuum rostlagichlarning me’yorida ishla-
masligi yoki o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi noto‘g‘ri o‘rna-
tilganligi sababli yuzaga keladi.
Quyida o‘t oldirish tizimlarida uchraydigan nosozliklar, ular-
ning yuzaga kelish sabablari va bartaraf qilish usullari jadval ko‘-
rinishida berilgan.
4.2-jadval
Nosozlikning yuzaga kelish sabablari
Bartaraf qilish usuli
Dvigatel ishga tushmayapti
Birlamchi
tok zanjirida uzilish
mavjud.
Òester yordamida birlamchi tok
zanjirini tekshirish, uzilish jo-
yini topish va bartaraf etish.
Uzgich kontaktlari kuyishi yoki
moylanib qolishi.
Kontaktlarni tozalash yoki ben-
zin bilan artib tashlash.
106
Markaziy ko‘mir kontaktning
«osilib» qolishi yoki yugurdakning
xalaqit beruvchi rezistorining
ishdan chiqishi.
Ko‘mir
kontakt yoki prujinani
almashtirish, yugurdakni al-
mashtirish.
Uzgich pishangchasining korpusga
qisqa tutashishi.
Pishangchani almashtirish.
Kondensatorning ishdan chiqishi.
Kondensatorni almashtirish.
Datchik yoki kommutatorning ishdan
chiqishi.
Datchik yoki kommutatorni al-
mashtirish.
O‘t oldirish g‘altagining ishdan chi-
qishi.
O‘t oldirish g‘altagini almash-
tirish.
Markaziy yuqori kuchlanish o‘tkaz-
gich izolatsiyasining teshilishi.
O‘tkazgichni almashtirish.
Dvigatelning notekis ishlashi
O‘t oldirish zanjiridagi o‘tkazgich-
larning ulanish joyi va kontakt-
larning bo‘shashib qolishi.
O‘tkazgichlarning
ulanish joyla-
rini mahkamlash, kontaktlarni
tortish.
Uzgich kontaktlari orasidagi tirqish
me’yoridan past.
Òirqishni rostlash.
Òaqsimlagich qopqog‘ining ichki
yuzi va yugurdak ifloslanishi, qop-
qoqdagi kontakt uyachalarning ku-
yishi yoki darz ketishi.
Òaqsimlagich qopqog‘ining
ichki yuzi va yugurdakni toza-
lash, nosoz qismlarni almash-
tirish.
Uzgich pishangchasi prujinasining
bo‘shashib ketishi.
Prujinani almashtirish.
Sham elektrodlari orasidagi tirqish
me’yorida
emas yoki shamlarni qu-
rum qoplagan.
Sham elektrodlari orasidagi tir-
qishni rostlash, shamni bosim
ostida qum sochuvchi qurilma
yordamida tozalash.
Uzgich kontaktlarining kuyishi.
Uzgich kontaktlarini tozalash.
Shamning zichligi buzilgan.
Shamni almashtirish.
Uzgich-taqsimlagich valchasining
vtulkasi, taqsimlagich kulachogi,
harakatlanuvchi kontakt o‘qi
yeyilgan.
Uzgich-taqsimlagichning yeyil-
gan qismlarini almashtirish.
Yuqori kuchlanish o‘tkazgichlari-
ning izolatsiyasi teshib o‘tilgan.
Yuqori kuchlanish o‘tkazgichini
almashtirish.
O‘t oldirish g‘altagida o‘ramlararo
qisqa tutashuv.
O‘t oldirish g‘altagini almash-
tirish.
107
Dvigatel to‘la
quvvatni avj ettira olmaydi
O‘t oldirish daqiqasi noto‘g‘ri o‘rna-
tilgan, markazdan qochma rostla-
gich nosoz (yukchalarning tishlashib
qolishi yoki prujinaning uzilishi).
O‘t oldirish daqiqasini qaytadan
o‘rnatish, markazdan qochma
rostlagichning ishdan chiqqan
qismlarini almashtirish.
Vakuum rostlagichi nosoz.
Vakuum rostlagich yoki siyrak-
lanish uzatiladigan quvurni
almashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: