438
mulkni, qozilar va shayxulislomlarning hukmi bilan
olingan jarima-larni
tartibga keltirsin
»
19
.
Shuningdek,
«Temur tuzuklari»
da «
Salta-
natning har bir idorasida bo‘ladigan kirim-chiqim-
larni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir
kotib tayinlansin»
20
deyilgan.
Demak, bizning
mamlakatimiz tarixida ham
hisob, hisobot va nazorat ishlari taraqqiy etgan
deyishimizga to‘la asos mavjud.
Buxgalterlik hisobi ilmiga oid tadqiqotlarda
ta’kidlanishicha,
uning hozirgi zamon tushun-
chasidagi nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi sanoat, savdo va pul-tovar
munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq, shu munosabat bilan turli
mamlakatlarda buxgalterlik ilmining o‘ziga xos maktablari vujudga kelgan.
Buxgalterlik ilmining quyidagi maktablari shakllanganligi ilmiy
asoslangan
21
:
1.
Italiya maktabi. 3. Germaniya maktabi.
2.
Fransiya maktabi. 4. Anglo-amerika maktabi.
5. Rossiya maktabi.
17.2.
Italiya maktabining asoschilari
XV – XVII asrlarda Italiya maktabi ustuvorlik qilgan. Ularning yorqin
namoyondalaridan
biri fransiskanlik monax, matematika professori Luka
Pacholi.
L.Pacholining traktatida savdo operatsiyalarini hisobga olish uchun
ikkiyoqlama yozuv usuli va buxgalteriya balansini qo‘llash bayon qilingan.
L.Pacholi o‘zining asarida hisobning
maqsadini shakllantirib, ularning
asosiylari deb quyidagilarni hisoblagan: faoliyatning ahvoli to‘g‘risida
axborotlarga ega bo‘lish va amalga oshirilgan bitimlarning moliyaviy
natijalarini aniqlash.
L.Pacholining «Schotlar va yozuvlari to‘g‘risidagi traktati» o‘sha
davrda buxgalteriya hisobi haqidagi mavjud barcha bilimlarni o‘z
ichiga
olgan va ushbu bilimlar boshqa mamlakatlarga tarqala boshlagan hamda
nazariy fikrlarning yanada rivojlanishiga yordam bergan.
19
Темур тузуклари. Таҳрир ҳайъати: Б.Абдуҳалимов ва бошқ. Форсча матндан А.Соғуний ва Х.Караматов тарж. –
Тошкент: Ўзбекистон, 2011. –Б.146.
20
Шу манба, -Б. 125.
21
Ushbu bobda Y.V. Sokolovning «Основы теории бухгалтерского учета». (-М.»Финансы и статистика» - 2000.-496
с.) kitobining ayrim ma’lumotlaridan foydalanildi.
439
L.Pacholi tomonidan bayon qilingan ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha hisob
tizimi barcha mamlakatlarda hozirgi vaqtgacha amal qilmoqda. Uning
g‘oyasi «berish» va «ega bo‘lish» tamoyiliga nisbatan bosh daftar «Kassa»
va «Kapital» tamoyili bo‘yicha tuzilishidan iborat. Boshqacha aytganda, bitta
xo‘jalik operatsiyasi (bitta summaning o‘zi) bir vaqtning o‘zida
ikkita
schotda aks ettiriladi. Bir tomondan xo‘jalik mablag‘lari qayerga
yo‘naltirilganligi (ishlatilganligi), ikkinchi tomondan – ushbu mablag‘lar
qayerdan olinganligi (kimniki ekanligi) ko‘rsatiladi. Bu buxgalteriya
hisobining xo‘jalik operatsiyalarini ikkiyoqlama yozuv usuli bo‘yicha aks
ettirish tizimining asosini tashkil etadi.
Italiyada buxgalteriya schotlarining turkumlanishi
boshqa olimlar
tomonidan ham amalga oshirilgan. Jumladan, L.Feori schotlarni to‘rtta
guruhga bo‘lishni taklif etgan: kapital schotlari, nominal (operatsion)
schotlar, savdo (material) schotlari va hisob-kitob schotlari.
P.Skali schotlarni uch guruhga bo‘lishni asoslagan: xususiy (kapital,
foyda va zararlar) schotlari, mulk schotlari va korrespondentlar (debitorlar va
kreditorlar) schotlari.
Do'stlaringiz bilan baham: