436
17-bob. BUXGALTERIYA HISOBI RIVOJLANISHINING
TARIXIY JIHATLARI
Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik, deydilar.
Abdulla Qodiriy
17.1. Buxgalteriya hisobining tarixiy taraqqiyoti to‘g‘risida
umumiy ma’lumotlar
«Tarix – bu o‘tmishga oid fakt va hodisalar majmui»
15
.Tarix
hamisha
odamlar e’tiborini jalb etib kelgan. Har bir odam uchun o‘z Vatanining, o‘z
oilasining va o‘z kasbining tarixini bilishi muhim ahamiyatga ega.
Vatanimiz jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini topgan
hozirgi paytda har bir kasbning, jumladan, buxgalterlik hisobining ham
tarixini o‘rganish zarurligi muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘tmish
tajribasini puxta bilgan buxgalter yillar o‘tib o‘z kasbining piriga aylanadi.
Tarixda ma’lum bo‘lgan narsalarni ixtiro qilish uchun bekorga vaqt sarflab,
yangidan
«g‘ildirak kashf etib»
yurmaydi. Buxgalterlik
ilmining tarixini
o‘rganuvchi uni takomillashtirishga harakat qilishi, fandagi haqqoniylik va
xolislikni ta’minlashga o‘z hissasini qo‘shishi hamda uning istiqbolini
tasavvur eta olishi mumkin. Zero,
«Moziyga qaytib ish ko‘rish xayrlik,
deydilar»
16
.
Buxgalteriya hisobiga oid ilmiy va o‘quv adabiyotlarida hisob insoniyat
tamadduni (sivilizatsiyasi) bilan birga taxminan 6000 yillar muqaddam
vujudga kelganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud.
Kishilik jamiyatining
o‘sib boruvchi ehtiyojlari hisobning rivojlanishiga olib kelgan va bu o‘z
navbatida sivilizatsiyaning, xususan uning yozuv va matematika kabi
ajralmas qismlarining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan.
Buxgalterlik hisobining tarixi haqidagi hozirgi kunda mavjud
manbalarda ta’kidlanishicha, bu fanning asoschilaridan biri italiyalik
matematik professor Luka Pacholi hisoblanadi. Uning 1494-yili Venetsiyada
nashr qilingan «Schotlar va yozuvlar haqidagi traktat» nomli kitobida hozirgi
zamon buxgalterlik ilmining dastlabki kurtaklari bayon etilgan
17
.
15
Ў
збек тилининг изо
ҳ
ли лу
ғ
ати,
«Ў
збекистон миллий энсиклопедияси
»
Давлат илмий нашриёти, Т.:2007, 681б.
16
Abdulla Qodiriy. O‘tkan kunlar. Roman. / «Asr oshgan asarlar» turkumi / Tahrir hay’ati: Omonulla Yunusov va bosq. –
T.: «Sharq», 2009. - 5 b.
17
Соколов Я..В. История развития бухгалтерского учета. -М.:
Финансы и статистика, 1985. -367 с.
437
Lekin buxgalterlik hisobining paydo bo‘lgan vaqtini aniq bir tarixiy
sana bilan ko‘rsatish, bizning fikrimizcha, unchalik to‘g‘ri emas. Gap
Benedikti Kotrulining kitobi yoki Luka Pacholining traktati oldin
yozilganida emas. Shunday ekan, buxgalterlik tarixini o‘rganishda tashqi va
ichki sabablardan kelib chiqadigan, ikkita parallel
evolutsiyani nazarda
tutishimiz lozim. Tashqi sabablar bizni o‘rab turgan dunyoning fanga
bo‘lgan talabidan kelib chiqadi. Bugungi buxgalterlik hisobi hozirgi bozor
iqtisodiyoti
sharoitida
axborotdan
foydalanuvchilarning
talablarini
qondirishi, korxonalarning raqobatbardoshligini va xususiy mulk egalarining
manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashi lozim.
Ichki sabablar esa ilm-fan rivojlanishining mantiqiyligidan kelib
chiqadi. Unda yuqorida ta’kidlaganimizdek, buxgalterlikka oid u yoki bu
manbalarning yozilgan vaqtidagi ketma-ketlik hamda ular orasidagi mantiqiy
bog‘liqlik tushuniladi.
Masalan, Raymond de Ruver o‘z asarida
ikkiyoqlama buxgalteriya
hisobining paydo bo‘lishi haqida shunday deb yozadi: «Bir narsa aniq:
ikkiyoqlama buxgalteriya hisobi 1250 va 1350-yillar ichida Italiyada paydo
bo‘lgan.
Buning
birinchi
shubhasiz
dalilini
1340-yili
Genuaz
boshqaruvchisining hujjatlaridan topamiz, ammo uning yanada qadimiy
ekanligi haqida ham ma’lumotlar bor»
18
.
Takidlash joizki, hisobning rivojlanishi barcha xalqlarda tarixiy,
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, tabiiy va boshqa shart-sharoitlari bilan bog‘liq
holda turlicha kechgan.
Darhaqiqat, o‘tmishda ajdodlarimiz ham
hisob-kitob ilmiga alohida
ahamiyat berishgan. Jumladan, «Temur tuzuklari»da hisob, moliya va
nazorat ishlari mamlakatni boshqarishda muhim vosita bo‘lganligi haqida
qimmatli ma’lumotlar mavjud. Masalan, «Raiyatdan mol-xiroj olish,
mamlakatni tartibga
keltirish va yuksaltirish, uning obodonchiligi,
xavfsizligini amalga oshirish tuzuk»da saltanatni boshqarishda hisob va
nazorat ishlari haqida shunday ma’lumotlar keltirilgan:
«... yana har o‘lkaga uch vazir tayinlashlarini buyurdim. Bulardan biri
raiyat uchun bo‘lib, undan yig‘iladigan oliq-soliqlarning undirilishini
kuzatib,
Do'stlaringiz bilan baham: