230
ortiqchalikning kelib chiqish sababi va aybdor shaxslar aniqlanib
moliyalash manbasi(fondlar)ni ko‘paytirishga yo‘naltiriladi.
boyliklarning belgilangan me’yorlar doirasidagi kamomadi
xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining farmoyishi bo‘yicha ishlab
chiqarish
chiqimlari
va
budjet
tashkilotida
muomala
yoki
moliyalash(fondlar)ni kamayishi hisobdan chiqariladi. Zarar me’yorlari
faqat haqiqatda yetishmaslik aniqlanganda qo‘llaniladi.
Bunda belgilangan me’yorlar doirasidagi zararlar boyliklarni qayta
navlash bo‘yicha hisobga
kiritilgandan keyin aniqlanadi, agarda
belgilangan tartibda qayta navlash bo‘yicha hisobga kiritilgandan keyin
ham boyliklar yetishmasa, unda yetishmaslik me’yorlari faqat
yetishmasligi aniqlangan boyliklar bo‘yicha qo‘llaniladi.
Tasdiqlangan me’yorlari bo‘lmaganda yetishmaslik me’yordan ortiq
miqdordagi yetishmaslik deb qaraladi. Moddiy boyliklarning me’yordan
ortiqcha yetishmasligi,
shuningdek, boyliklarning buzilishidan kelib
chiqqan yo‘qotishlar javobgar shaxslardan undiriladi.
Suiiste’molchilik natijasida bo‘lgan yetishmaslik va yo‘qotishlar
aniqlanganda, yetishmaslik va yo‘qotishlar aniqlangandan keyin 5 kun
ichida tegishli materiallar tergov organlariga berilishi kerak, yetish-
maslik va yo‘qotilish summasiga esa fuqarolik da’vosi qo‘zg‘atiladi.
Moddiy boyliklarning buzilishida me’yorlardan ortiqcha yetishmaslik va
yo‘qotishlar bu yetishmaslik va yo‘qotishlarda aniq aybdorlar
aniqlanmaganda unda xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan «Mahsulot
(ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va realizatsiya
xarajatlarining tarkibi
hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ga
muvofiq ishlab chiqarish chiqimlar va muomalalariga yoki budjet
tashkilotida moliyalash(fondlar)ning kamayishiga hisobdan chiqarish
mumkin.
Bunda boyliklarning buzilishidan kelib chiqqan me’yordan ortiq
yetishmaslik va yo‘qotishlarni hisobdan chiqarishga taqdim etilgan
hujjatlarda bunday yetishmaslik va yo‘qotishlarning
oldini olish
bo‘yicha qo‘llanilgan chora - tadbirlar ko‘rsatilishi kerak.
Moddiy boyliklarning buzilganlik fakti to‘g‘risidagi xulosa texnik
nazorat bo‘limi yoki sifat bo‘yicha tegishli inspeksiyalardan olinishi
kerak.
Me’yordan ortiq bo‘lgan yetishmaslik va yo‘qotishlarni hisobdan
chiqarish bo‘yicha taqdim etilgan hujjatlarni rasmiylashtirish uchun
aybdor shaxslar yo‘qligini tasdiqlovchi yoki aybdor shaxslardan
yetishmasliklarni undirishni bekor qilish to‘g‘risida
tergov yoki sud
231
organlarining qarorlari, texnik nazorat bo‘limi yoki tegishli ixtisos-
lashtirilgan tashkilotlar (sifat bo‘yicha inspeksiyalar va boshqalar) ning
boyliklar buzilganligi fakti to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lishi kerak.
Qayta navlash natijasida yetishmaslik va yo‘qotishlarni o‘zaro
hisobga kiritish faqat istisno tariqasidagi ko‘rinishda aynan bir tekshirish
davrida, aynan tekshirilayotgan shaxsda, aynan bir nomdagi tovar-
moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxsning
ruxsati bilan aynan
bir xil miqdorda yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Yo‘l qo‘yilgan qayta navlash bo‘yicha moddiy javobgar shaxslar
ishonchli shaxslarga to‘liq tushuntirishlar taqdim etadilar.
Qayta navlashdan qiymatning moddiy javobgar shaxslar aybi bilan
hosil bo‘lgan farq aybdor shaxslarga tegishli emasligi sabablari
to‘g‘risida to‘liq tushuntirish berilishi kerak.
Inventarizatsiya materiallarini rasmiylashtirishning
to‘g‘riligini tekshirish
Inventarizatsiya ro‘yxatlarini
to‘ldirishning to‘g‘riligi
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida komissiya
raisi, a’zolari va moddiy javobgar shaxslar
imzolarining mavjudligi
Korxona
nomi
Tovarning
miqdori, bahosi,
summasi
Inventarizatsi
yaning boshlanishi
va
yakunlanishi
Tovar-moddiy
qiymatliklarning
to‘liq nomi,
markasi,
navi,
artikuli
Inventarizatsiya
ro‘yxatida
izohlanmagan
tuzatishlarning
yo‘qligi
Inventarizatsiya
komissiyasining barcha
a’zolari va
moddiy
javobgar shaxslarning
imzolari mavjudligi
Nusxa ko‘chirish
qog‘ozlari orqali
imzo
qo‘yilmaganligi
Izohlangan tuzatishlarda
imzolar
mavjudligi
232
Inventarizatsiya natijalari inventarizatsiya tugagan oyning hisobi
va hisobotida, yillik inventarizatsiya bo‘yicha esa yillik moliyaviy
hisobotda aks ettirilishi kerak. Hisobot yilida o‘tkazilgan
inventari-
zatsiya natijalarining ma’lumotlari inventarizatsiyada aniqlangan
natijalar vedomostda umumlashtiriladi.
Inventarizatsiyada aniqlangan haqiqatda mavjud va buxgalteriya
hisobidagi boyliklar o‘rtasidagi farqni tartibga solish xo‘jalik yurituvchi
subyektning rahbariyatiga ko‘rib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarini to‘ldirishning to‘g‘riligi quyidagi
tartibda tekshiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: