5 – rasm. XPP (PLA) rusumli paxtani tushirish va ortish ko’chma mashinasi
1-rolьgant, 2-elevator, 3-tasma, 4-bort
XPP paxtani tushirish va ortish mashinasi -
transport kuzovlaridan paxtani
qabul qilish va uni TLX-18, KLP-650 rusumidagi konveyerlarning
voronkasiga uzatish
uchun mo’ljallangan. XPP mashinasi PLA ta’minlagichning modifikatsiyalashgan shakli
bo’lib, uning asosida tayyorlangan, shunga o’xshagan ishchi organlariga va tezlik
ishlashiga ega.
PLA ta’minlagichning farqi shundaki, uning yon tomoniga butun uzunasi bo’ylab
rolьgang sharnir usuli bilan osib qo’yilgan, bu esa ta’minlagichning
kengligini
ko’paytirish, paxtaning osilib qolish ehtimolini kamaytirish va paxtani transport
kuzovlaridan tushirishda qo’l mehnati xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi. Soatiga
32 tonnagacha paxtani tashib yetkazib beradi.
LV rusumli surilma narvon
- bu ko’chma narvon paxta
zavodlari va tayyorlov
punktlaridagi paxta g’aramlariga xizmat ko’rsatish, shuningdek, odamlarni 13 metrgacha
balandlikka (g’aram ustiga) ko’tarish uchun mo’ljallangan.
Narvon yig’ma holda zavod yoki tayyorlov punkti hududida avtomashina yoki
traktor yordamida shatakka olinadi. Ikki-uch kishi g’ildiratib sudrashi ham mumkin.
Paxta uchun operativ mexanizatsiyalashgan ombor
- bu ombor paxta tozalash
sanoati korxonalarida paxtani omborga qabul qilish ishlarini mexanizatsiyalash uchun
mo’ljallangan. Yong’inga qarshi masofalarni (50 m) hisobga olgan holda u asosiy ishlab
chiqarishga bevosita yaqinroq joylashtiriladi. Paxtani qo’l mehnati sarflamay qabul qilish,
uni qisqa vaqt saqlanishi va keyin
RP
turidagi mashinalar yordamida
ishlab chiqarishga
uzatilishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarishini tayyorlash vazifalarini bajarib, paxta zavodi
texnologik jarayonining boshlang’ich bo’g’ini hisoblanadi.
Operativ mexanizatsiyalashgan ombor o’z ichiga qurilish konstruktsiyasini va
turg’un mexanizatsiya vositalarini oladi. qurilish konstruktsiyasiga bo’lgan
texnologik
talablarning asosiysi-paxtani yuklash va keyin ombordan olib, ishlab chiqarishga uzatish
qulayligidadir.
Ombor yig’ma temir beton konstruktsiyasi ko’rinishida 18x54 m o’lchamida
bajarilgan. Omborning balandligi 8,5 metr. Paxtani transport kuzovidan qabul qiluvchi
qurilmaga tushirish pandusda amalga oshiriladi. Pandus
va qabul qiluvchi tasma
balandligidagi farq 2,0-2,5 m. Noqulay ob-havoda paxtani qabul qiluvchi qurilma ayvonda
montaj qilinadi.
Ombor ichida paxtani taqsimlash otqich tomonidan uning gorizontal tekislikda
burilishi hisobiga amalga oshiriladi. Otqichning burilish burchagi 120
0
gacha, paxta
oqimini tashlash uzoqligi lahzalik unumdorlikka qarab 18 m gacha.
Paxtani g’aramdan buzib olib chiqish omborning yon devorlarida joylashgan eshik
o’rinlari orqali ham amalga oshiriladi. Operativ omborning turg’un mexanizatsiya
vositalari
kompleksi
PTM
turidagi qabul qilish-uzatish qurilmasi, olib ketish konveyeri,
taqsimlagich yeng, otqichlari bo’lgan nishabli transportyorlarni o’z ichiga oladi.
Paxta g’aramini buzish va avtotransport kuzovlariga ortish-g’aram yoki
omborlarga joylangan paxtani avtomobil yoki traktor tirkagichlariga ortish operatsiyalarini
mexanizatsiyalash uchun
Do'stlaringiz bilan baham: