www.ziyouz.com
kutubxonasi
6
Solih a. s. Oni haq subhona va taolo Hud a. s. din so‘ngra Samud qavmig‘a mab’us qilib yibordi
va Samud qavmi Odiylardin burun Hijardakim, Hijoz va Shomning orasidadur, muqim erdilar va Od
qavmining zavolidin so‘ngra Samud qavmi alarning mulkig‘a borib, buzulg‘on imoratlarin yasab,
saltanat masnadida o‘lturdilar. Va Tengri taolo alarg‘a oncha mol va johu farog‘at nasib qildikim,
haddu hasrdin o‘tti. Bu jihatdin g‘urur dimog‘larig‘a yo‘l topib, jahl va g‘aflatdin gumroh bo‘lub, haq
taolo amr va nahyidin bo‘yun to‘lg‘ob, butparastlik ixtiyor qildilar. Va azim fisqu fujurg‘a ishtig‘ol
ko‘rguzdilar. Alarning hidoyat tanbehi uchun Solih a. s. mab’us bo‘ldi. Ul qavmni tuz yo‘lg‘a dalolat
qilib, hech kim qabul qilmadi. Ko‘p muddat ul hazrat nasoyih va mavoiz va va’du va’id ko‘rguzdi. Oz
kishi alardin aning dinig‘a mayl qildilar. Ammo Solih a. s. tangri taolo hukmi bila alar da’vatidin ilik
tortmas erdi. Alar ojiz bo‘lg‘ondin so‘ngra, Solihdin g‘arib mu’jiza tiladilarkim, xora toshdin duo qilib,
bir bo‘talig‘ teva chiqorg‘il. Solih a. s. duo qilib, haq taolo ul toshni shaq qilib, teva bo‘tasi bila tosh
arosidin chiqti. Bovujudi mundoq hol ul gumrohlar nubuvvatig‘a mu’tarif bo‘lmadilar va Solih a. s.
tevasi o‘tuz yilg‘acha mavjud erdi. Oqibat Samud qavmi ul tevani necha kishi yiborib o‘lturttilar va
bo‘tasi qochib tog‘ sori yuzlandi. Solih a. s. ul qavmg‘a ayttikim, bu beboklikkim sizdin voqe’ bo‘ldi,
haq taolodin muning intiqomi sizga bu bo‘lg‘usidurkim, uch kungacha bir kun yuzlaringiz sorig‘
bo‘lg‘usidur, ikinchi kun tiyralikka moyil bo‘lub, uchunchi kun tamom qorarg‘usidur, deb uyiga
yuzlondi. Noqani o‘lturgon badbaxtlar Solih a. s.ni dog‘i o‘lturur qasdi qilib, Solih a. s.ning ummati
ayttilarkim, ul bir so‘z aytadurkim, aning mav’idi yiroq ermas, tonglag‘acha tahammul qiling, osori
zohir bo‘lsa, harne qilsangiz bilursiz. Bu so‘z alarg‘a ma’qul ko‘runub qoyttilar. Ammo Solih a. s.
degan yo‘sun bila uch kunda uch alomat zohir bo‘lur. Va ul qavmg‘a holate zohir bo‘ldikim, o‘zlarin
iztirob birla yerga urarlar erdi, nogoh Malakut olamidin bir mahobatliq un keldikim, borchalari halok
bo‘ldilar. Ba’zi kutubda mundoq debdurlarkim, bir zaifakim, oti Vazi’a erdi va ayog‘-ilki mafluk va
Solih a. s.g‘a doim til tekurur erdi, o‘lmay qoldi va tani durust bo‘lub, ul diyordin vodiyul-qariyag‘a
keldi va xaloyiqqa haq subhona va taoloning qahhorlig‘ bahri mavjg‘a tushub, Samud qavmini fasod
va makoni egrimida g‘arqa qilg‘on yerga yetib, suv tilab ichkondin so‘ngra, hamul girdobqa cho‘mdi.
Rivoyatdurki, ul qavmdin Abuzu’ol otlig‘ bir kishi Makka haramida tirik qoldi. Haramdin chiqg‘och,
o‘ldi va aning bir shox oltuni bor erdi, hamul oltun bila dafn qildilar. Necha ming yildin so‘ngra hazrat
Risolat a. s. zamonida ul hazrat ul yerdin o‘tar erdikim, ashobqa ayttikim, bu yer Abuzu’olning
madfanidur. Va Solih nabiy va Samud qavmin qissasini aytti va ul shox oltundin ham xabar berdi.
Ashob ul yerni shaq qilib, oltun mavjud edi, oldilar. Solih a. s.ning umri iki yuz sekson yilg‘a yetti.
Shariati Nuh a. s. shariati erdi. Va madfani haram yaqinida Dorun-nadvada, ba’zi Rukn bila Maqom
orasida ham debdurlar.
R u b o i y:
Solih keldi Samudning qavmi chog‘i,
Tolih edilar bu qavm boshtin ayog‘i.
Bu turfaki, charx zolining o‘ynamog‘i,
Tolihni dog‘i qo‘ymadi, Solihni dog‘i.
Xantila binni Safvon Qahr binni Qahiton o‘g‘lidur. Oni Tengri taolo Ashobur-rasqakim,
Kalomullohda mazkurdur, yibordi. Va Ras podshohe erdi Samud naslidin. Mag‘rib zaminda ul
yazdonparast erdi. Oxiratul-umr va vus’at saltanatdin dimog‘ig‘a g‘urur yuzlandi, Tengrilik da’vosi
qildi. Aning zamonida eronlar livota qilib, bahoyim bila jam’ bo‘lur erdi. Va xotunlar charm va teridin
olat yasab, o‘zlariga isti’mol qilurlar erdi. Va holo go‘yoki bu nav’ zuafoni ras ham derlar. Va ba’zi
o‘zlarini bir-biriga surtub taskin berurlar erdikim, alarni sa’tariy ham derlar. Xantila ul qavmni bu
af’oldin man’ qildi va haq taolo ubudiyatig‘a da’vat qildi, qabul qilmadilar. Haddin o‘tkondin so‘ngra
duo qildikim, alarning suvlarin qurutti va alar Xantila duosidin bilib, aning qasdig‘a cherik tortib, ul
Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo
Do'stlaringiz bilan baham: |