Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

indekslash 
deb ataladi. Indekslash natijasida har bir hujjatga informatsion 
qidiruv tizimidagi ta‘rif shakli yoziladi. Mazkur ko‗p bosqichli jarayonda 
deskriptorli informatsion qidiruv tillari ishlatiladi. Hujjat mavzusi 
deskriptorlarning birlashuvi asosida yoziladi. Deskriptorlar, kalit leksika 
sifatida so‗zlar, terminlar, muayyan sohadagi boshlang‗ich tushuncha va 
kategoriyalardan foydalaniladi. Deskriptorli til bilan ishlaydigan 
tizimlardan biri M.Taube tomonidan yaratilgan
UNITERM
tizimidir. Bu 
tizimda deskriptorlar sifatida hujjatning kalit so‗zlari – unitermlar 
ishlatiladi. Demak, muayyan sohaning terminologiyasi, ya‘ni deskriptorlar 
qidiruv tizimi va tezauruslarning asosini tashkil etadi. 
Matnning asosiy mazmun-mundarijasini aks ettiradigan kalit so‗zlar, 
terminlar, asosiy tushunchalar bazasi asosida kompyuterda lug‗at tuziladi. 


162 
Bunday lug‗at 
informatsion qidiruv tezauruslari
deb ataladi. Tezauruslar 
ensiklopedik va izohli lug‗atlardan farqli ravishda til birliklarining matnda 
qo‗llanish chastotasi va matnning predmet mundarijasini aks ettirish 
darajasiga qarab tuziladi. Bunda bazadagi ma‘lumotlar terminning 
mazmuniy tavsifi orqali qidirishga mo‗ljallangan bo‗ladi. Terminlar 
tezaurusga qat‘iy semantik prinsiplar asosida kiritiladi, bunda 
naming 
gipo-geperonimik (tur-jins), holo-meronik (butun-bo

lak), iyerarxik 
(pog

onali) 
munosabatlar hamda assotsiativ mazmuniy bog‗lanishlar 
e‘tiborga olinishi lozim.
Virtual ensiklopedia sanalgan Wikipediada keltirilgan so‗zga 
bag‗shlangan lug‗at maqolasida semantik munosabatlar, assotsiativ 
bog‗lanishlar hamda iyerarxiya munosabati yaqqol ko‗zga tashlanadi. Shu 
o‗rinda ta‘kidlash zarurki, keyingi paytlarda qidiruv tizimlari bazasidagi 
tezauruslar giperhavolalar bilan ham ta‘minlanmoqda, bu esa user uchun 
qulayliklar yaratadi. Ya‘ni qidirilayotgan terminlarga aloqador bo‗lgan 
boshqa tushunchalar bilan bog‗liq ma‘lumotlarni ham oson topish 
imkonini beradi. 
Ilm-fan, texnika taraqqiyoti intensiv ravishda rivojlanyotgan davrda 
terminlar dinamikasini e‘tiborga olgan holda tezauruslar bazasini muttasil 
to‗ldirib, boyitib BORISh zarur. Chunki til ochiq dinamik tizim hamda 
jamiyat taraqqiyotining «barometri» hisoblanadi, ya‘ni ayrim tushunchalar 
eskiradi, ularning o‗rniga yangi tushuncha va terminlar yuzaga keladi. 
Xalqaro INFOTERM (Xalqaro terminologik markaz, Avstriya) tashkiloti 
ma‘lumotiga ko‗ra, hozirgi kunda tillardagi terminlar miqdori 50 mln, 
mahsulot nomlari miqdori 100 mlnni tashkil etadi. Lekin ushbu statistik 
ma‘lumot turg‗un emas, u jamiyat taraqqiyoti bilan yonma-yon o‗zgarib 
turadi. 
Kompyuter lingvistikasida inqilobiy o‗zgarish yasagan yangilik 
gipertekst texnologiyasi hisoblanadi. Chunki bu tizim Guttenberg asos 
solgan kitob bosish texnologiyasiga zid ravishda yangi turdagi matn 
strukturasini vujudga keltirdi. Gipertekst g‗oyasi AQSH prezidenti 
F.Ruzveltning fan va ta‘lim bo‗yicha maslahatchisi Vannevar Bush nomi 
bilan bog‗liq bo‗lib, u foydalanuvchiga matn va uning fragmentlarini turli 
assotsiativ munosabatlar asosida bog‗lashga imkon beruvchi «MEMEKS» 
tizimini nazariy jihatdan asoslab berdi. U 1945-yilda «The Atlantic 
Monthly» jurnalida «Memeks» deb atalgan xayoliy qurilma haqida «As 
We May Think» («Biz o‗ylaganimiz kabi») maqolasini e‘lon qildi. V. 
Bush o‗sha qurilmani kutubxonadagi har qanday hujjatlar, yozishmalar, 
kitoblarni displeyda ko‗rsatib bera oladigan, cheklanmagan mikrofilmlarga 


163 
ulangan elektromexanik stol sifatida tasvirlaydi. Kompyuter texnikasi 
yo‗qligi bois loyihaning amalda qo‗llanishi bir oz keyinga surilgan edi. 
Bushning g‗oyasi gipertekst haqidagi nazariy va amaliy izlanishlarga 
juda katta ta‘sir ko‗rsatdi, Bushning kelajak loyihasi 1960-yilda 
T.Nelsonning «Ksanadu» tizimi orqali qayta ko‗tarildi. Bu texnik tizim 
kiritilgan matnlarni va uning qismlarini turli xil usullarda, har xil qatorda, 
ixtiyoriy ketma-ketlikda o‗qishga imkon beradi. Bu esa ko‗rilgan 
matnlarning o‗rnini, ketma-ketligini eslab qolishga, xohlagan vaqtda 
kerakli matnni tanlab olishga va tezkor murojaat etishga yordam beradi. 
Bunday xususiyatga ega bo‗lgan matnlarni T.Nelson 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish