Bu ifoda moddaning optik,elektrik va magnit doimiylarini o„zaro bog„laydi. Lekin bu nazariya
yorug„likning dispersiyasini tushuntira olmadi, Lorens yorug„likning elektron nazariyasini
yaratib, bu muammoni bartaraf etdi.
Shuningdek, Maksvell nazariyasi yorug„likning nurlanish va yutilishi jarayonlarini, fotoelektrik
effektni, Kompton sochilishlarini tushuntira olmadi. Lorens nazariyasi ham absolyut qora jism
issiqlik nurlanishida energiyaning to„lqin uzunliklari bo„yicha taqsimlanishi qanday bo„lishini
hal qilib berolmadi.
Yuqorida qayd qilingan kamchilik va qarama-qarshiliklar M.Plank tomonidan yaratilgan
yorug„likning kvant nazariyasi asosida to„la bartaraf etildi. M.Plank, yorug„likning nurlanishi va
yutilishi faqat ma‟lum diskret porsiya (kvant)lar shaklida sodir bo„ladi degan gipotezani ilgari
surdi. Bunda kvant energiyasi tebranishlar chastotasi
bilan aniqlanadi.
h
0
bunda h
=6,62
.
10
-34
J
.
s
– Plank doimiysi
Plank nazariyasi efir tushunchasiga ehtiyoj sezmadi. U qora jism nurlanishini to„la
tushuntirib berdi. 1905-yilda A. Eynshteyn yorug„likning kvant nazariyasini ishlab chiqdi. Unga
binoan nafaqat yorug„likning nurlanishi balki uning tarqalishi ham yorug„lik kvantlari oqimi
fotonlar tarzida sodir bo„ladi.
Bu fotonlarning massasi:
с
h
с
h
с
m
f
2
2
0
Yorug„likning kvant tasavvuri yorug„likning nurlanish va yutilishi qonunlariga, shuningdek
yorug„likning moddalar bilan o„zaro ta‟sirlashuv qonunlariga mutlaqo mos tushadi.
Lekin ayni paytda yorug„likning interferensiya, difraksiya va qutblanish nazariyalariga esa
to„g„ri kelmadi. Ma‟lumki, ular yorug„likning to„lqin tasavvuri asosida juda oson tushuntiriladi.
Yuqoridagilardan yorug„likning murakkab tabiatga ega ekanligi ma‟lum bo„ladi.
U o„zaro teskari, ya‟ni ayni bir paytda ham diskret, ham uzluksiz bo„lgan – korpuskulyar (kvant)
va to„lqin (elektromagnit) kabi harakat turlarining birligini o„zida namoyon etadi. Hozirgi
tasavvurga ko„ra yorug„lik korpuskulyar-to„lqin dualizmi tabiatiga ega.
Linzadan yorug`likning qaytishidan va sinishidan nurlarning yo`nalishini o`zgartirish uchun
yoki yorug`lik dastalarini boshqarish uchun foydalaniladi. Masalan: mikroskop, fotoapparat va
boshqa shu kabi maxsus optik asboblarning yaratilishida ushbu qoidaga asoslangan. Bu
asboblarning asosiy qismini linza tashkil etadi. Masalan, ko`zoynakning oynasi gardishga
olingan linzadir. Ko`zoynakdan insonlar kichik
narsalarni katta qilib, uzoqni yaqin qilib ko`rishda
foydalaniladilar.
Inson
hayotida
linzalarning
qo`llanilishi muhim ahamiyatga ega. Demak linzalar
shaffof jismlardan yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: