Xirurgik kasalliklar



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’tkir miokard infarkti
Miokard infarkti yurak mushagi muayyan qismining ishemik nekrozidan 
iboratdir. Jarayonning tarqoqligi bo’yicha miokard infarktining ikkita turi farq 
qilinadi: 1) transmural va 2) endokardial yoki intramural.
Klinik kechishi bo’yicha asoratlangan va asoratlanmagan miokard infarkti 
farq qilinadi. O’tkir miokard infarkti klinik manzarasini belgilaydigan asosiy 
omillari toj arteriyalarining zararlanish va kollateral qon aylanishining yuzaga 
chiqqanlik darajasi hisoblanadi, yurak mushagining ko’p yoki oz 
shikastlanganligi va uning joylashuvi ko’p jixatdan ana shularga bog’lik. O’tkir 
miokard infarkti joylashuviga ko’ra yurakning oldingi devori, yon va orqa 
devori o’tkir miokard infarktiga bo’linadi. 
O’tkir miokard infarktini aniqlashda anamnez ma’lumotlaridan tashqari
elektrokardiografiya, ferment diagnostikasi (qon zardobida kreatinkinaza, 
aspartataminotransferaza, laktatdegidrogenazani aniqlash), Tc
99
yoki Tl
201
bilan 
radioizotop diagnostika, rentgenologik diagnostika, exokardiografiya, selektiv 
koronarografiya, chap tomonlama ventrikulografiya katta ahamiyatga ega. 
O’tkir miokard infarktini davolashning zamonaviy usullari. O’tkir miokard 
infarktida davolash yurak faoliyati va qon aylanishini yaxshilab turish, 
asoratlarning oldini olish, miokardning xayotga layoqatli ko’proq qismini asrab 


108 
qolishga qaratilishi lozim. Davolashni og’riq xurujini to’xtatish va ayni vaqtda 
oksigenoterapiya (burun kateteri orqali kislorod berish) o’tkazishdan boshlanadi.
Miokardning shikastlanish sohasini chegaralash maqsadida o’tkaziladigan 
tadbirlarning ikki guruhi qo’llaniladi: 
1) infarkt bo’lgan va periinfarkt sohalarining koronar perfuziyasini 
yaxshilaydigan tadbirlar;
2) miokardning kislorodga extiyojini kamaytiradigan tadbirlar.
Birinchi guruhdagi tadbirlar: dori-darmonlar, endovaskulyar (invaziv) va 
jarrohlik usullar bilan yaxshilashga erishish mumkin. 
Konservativ davolash antispastik ta’siri bo’lgan preparatlar, qon shaklli 
elementlari agregatsiyasini kamaytiradigan preparatlar, beta-adrenergik 
retseptorlarni blokada qiladigan preparatlar, kaltsiy antagonistlarini o’z ichiga 
oladi. Konservativ davolash bilan bir qatorda buzilgan qon oqimini va 
infektsiyalangan sohani tiklashga, yurak mushagi shikastlari o’lchamini 
chegaralashga yordam beradigan qator endovaskulyar va jarrohlik usullari 
mavjud. Ular orasida koronar ichi trombolitik muolajasi, aorta ichi 
kontrpulsatsiyasi va aortokoronar shuntlash eng ta’sirchan usullardan sanaladi. 
Trombolitik preparatlarni koronar qon tomirga yuborish trombozga 
uchragan toj tomirni rekanalizatsiya qilishga, unda qon oqimini tiklashga, 
shikastlanish sohasini chegaralashga, miokard periinfarkt ishemiyalangan 
sohasining yashashga layoqatini saqlab qolish va o’tkir miokard infarktidan 
o’limni kamaytirishga qaratiladi. Okklyuziyalangan toj qon tomiriga angiografik 
kateter kiritiladi va u orqali bir vaqtning o’zida 20000-40000 TB trombolitik 
preparatlar (streptaza, avelizin) yuboriladi, so’ngra minutiga 2000-6000 TB 
hisobida tomchilatib yuboriladi, bunda preparatning umumiy dozasi 20000-
24000 TB dan oshmasligi kerak. Butun muolajaga 1 soatcha vaqt sarf bo’ladi. 
Infarkt boshlangandan so’ng dastlabki 6 soat ichida o’tkazilgan trombolitik 
davolash taxminan 75-80% hollarda okklyuziya bo’lgan tomirni rekanalizatsiya 
qilishga imkon beradi. Trombolitik davolash samara bergandan keyin uzoq 
vaqtgacha (2-3 oy) antikoagulyantlar bilan davo olib boriladi. Toj arteriyalarda 


109 
trombolitik davolashni to’liqroq tiklash uchun uni toj tomirlar angioplastikasi 
yoki aortokoronar shuntlash bilan birga qo’shib olib boriladi. 
Aorta ichi kontrpulsatsiyasi yordamchi qon aylanishining eng tarqalgan 
usullaridan biri hisoblanadi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, aorta ichi 
balloni diastola fazasida tez shishib chiqadi, yurak sistolasi fazasida esa 
puchayib qoladi. Bu ballon Seldinger bo’yicha punktsion usul bilan son 
arteriyasi orqali o’tkaziladi va o’tkir koronar buzilishi sababli kelib chiqqan 
yurak etishmovchiligida ko’krak bo’limida o’rnatiladi. Bu sistolik arterial bosim 
pasayishiga va diastolik bosim oshishiga, miokardning kislorodga ehtiyoji 
kamayishiga va bir qator gemodinamik ko’rsatkichlarning yaxshilanishiga olib 
keladi. Kontrpulsatsiyaning asosiy ahamiyati chap qorincha ishini 
engillashtirish, koronar perfuziyani va miokard oksigenatsiyasini yaxshilashdir. 
V.I. Kolesov 1968 yilda jahonda birinchi marta o’tkir miokard infarktida 
mammarokoronar anastomoz qo’ydi va bevosita revaskulyarizatsiya 
operatsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Hozirgi vaqtda reperfuziya 6 
soatgacha muddat ichida bajarilsa, shikastlanish qayta rivojlanishga uchraydi, 
jarrohlik amaliyoti bundan kechikkan muddatlarda o’tkazilsa ham, periinfarkt 
sohasida qon ta’minoti yaxshilanadi deb hisoblaydilar. V.I. Burakovskiy va 
muallifdoshlari o’tkir miokard infarktida shoshilinch aortokoronap shuntlashga 
quyidagilar ko’rsatma bo’la oladi, deb hisoblaydilar: 
1) koronografiya va translyuminal angioplastikadan keyin toj arteriyasining 
trombozi, shuningdek ilgari koronografiya o’tkazilgan va aortokoronar shuntlash 
rejali jarrohlik amaliyotlarini kutayotgan bemorda o’tkir miokard infarkti 
rivojlanishi;
2) aniq yuzaga chiqqan gemodinamik buzilishlar va kardiogen shok;
3) erta postinfarkt davrdagi turli xil asoratlar, ishemiya va nekroz sohasi 
kengayishi.
Bu to’sh orqasida og’riqlar qaytalanishi, yurak ritmi va 
o’tkazuvchanligining buzilishi, barqaror postinfarkt stenokardiyaning klinik 
belgilari, ko’rsatib o’tilgan asoratlarning birga kelishida namoyon bo’ladi. 


110 
Miokardning talaygina qismini qon bilan ta’minlaydigan yirik toj tomir stenozi 
bo’ladigan mayda o’choqli miokard infarktida infarkt sohasi kengayishining 
oldini olish maqsadida revaskulyarizatsiya qilish maksadga muvofiq bo’ladi. 
Transmural miokard infarkti asoratlanmay kechadigan bemorlarda esa 
revaskulyarizatsiya qilish mumkin emas. Transmural miokard infarktida 
jarrohlik amaliyoti bajarilishiga ko’rsatmalar bo’lganda uni faqat erta 
muddatlarda (xurujdan keyin 6 soat ichida), miokard infarkti zararlanishi qayta 
rivojlana oladigan fursatda o’tkazish lozim. 
Hozirgi vaqtda infarkt rivojlangandan keyin 6 soat ichida bajarilgan 
miokard amaliyotlarida o’lim 3,1% ni tashkil qiladi, bu dori-darmonlar bilan 
davolashdagiga qaraganda birmuncha kam. Bundan ortiq muddatlarda bajarilgan 
jarrohlik amaliyotlarda o’lim 10,3% ni tashkil etadi, bu dori-darmonlar bilan 
davolashdagi ulimga tahminan to’g’ri keladi. 
Postinfarkt yurak anevrizmasi, qorinchalararo to’siqning postinfarkt 
nuqsoni, mitral klapanning postinfarkt etishmovchiligi kabi miokard infarktining 
asoratlarida qilinadigan jarrohlik amaliyotlar etarli darajada yaxshi ishlab 
chiqilgan va qo’llanilayapti. Bu jarrohlik amaliyotlari g’oyat murakkab va 
sun’iy qon aylanishi sharoitlarida bajariladi. 


111 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish