Xirurgik kasalliklar


O’pkaning parazitar kasalliklari



Download 8,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/258
Sana25.04.2022
Hajmi8,06 Mb.
#581345
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258
Bog'liq
@uzmedlibuzSh. I. Karimov Xirurgik kasalliklar 2010

 
O’pkaning parazitar kasalliklari
O’pka exinokokki –
mamlakatimizda eng ko’p tarqalgan parazitar o’pka 
kasalligidir. Yurtimiz shu kasallikning endemik o’choqlaridan biri sanaladi. 
Gidatidoz va alveolyar exinokokkoz farq qilinadi. O’pka aksariyat gidatidoz 
jarayonga uchraydi. 
Gidatidoz exinokokkoz –
qo’zg’atuvchi – tasmasimon gijja Echinococcus 
granulosis bo’lib, hayvonlar, aksariyat itlar, bo’rilar ichagida parazitlik qiladi. 
Qo’ylar, yirik qoramol oraliq xo’jayini hisoblanadi. Asosan alimentar yo’l bilan 
yuqadi. O’pkada parazit lichinkalari diametri 14-20 sm ga etadigan kistalar 
shakliga ega bo’ladi. Kistalarning yupqa xitin pardasi bo’lib, uning atrofida zich 
fibroz parda rivojlanadi. Ular orasida yoriqsimon bo’shliq bo’ladi. Uncha katta 
bo’lmagan kistalarda klinik belgilar bo’lmasligi mumkin. Kista o’sib atrofidagi 
a’zolarni bosib qo’yganda klinik belgilar paydo bo’lishi ehtimol.
Exinokokk kistasi bronxga yorilganda qattiq yo’tal tutib, o’zida xitin parda 
uziq-yuluqlari va kichik palak otuvchi kistalarini tutgan ozroq miqdordagi 
suyuqlik ajralib chiqadi. Ko’pchilik hollarda bemorlarning ahvoli yomonlashadi, 
harorati ko’tariladi. Kista plevra bo’shlig’iga yorilganda keskin behollik, issiq 
suyuqlik quyilgandek bo’lishi, hushni yo’qotish, arterial qon bosimining tushib 
ketishi, sovuq ter paydo bo’ladi. Shoshilinch jarrohlik amaliyoti o’tkazilmasa, 
yiringli plevrit rivojlanadi. Exinokokk kistasi yiringlab ketganda tana harorati 
38-39°S gacha ko’tarilib, ko’p vaqtgacha balandligicha qoladi. Yiringlagan kista 
yorilganda yo’tal bilan o’zida xitin pardasi qoldiqlari, skolekslar saqlagan 
yiringli suyuqlik ajraladi. 
Diagnoz rentgenologik tekshiruv orqali aniqlanadi – o’pkada gomogen, 
konturlari aniq sharsimon tuzilmalar borligi shundan dalolat beradi. Qo’shni 
bronx yotoq yarasida exinokokkning xitin va fibroz pardasi orasiga, perikistoz 


64 
yoriqqa havo tushganda rentgenogrammalarda cho’zinchoq o’roq shaklidagi va 
kista chetida joylashgan yorug’ yo’l-yo’l gaz paydo bo’lishi qayd etiladi. 
Bronxografiyada bu bo’shliq kontrast modda bilan to’ladi (subkapsulyar 
kontrastlanish fenomeni). 
10-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (to’g’ri proektsiya). 
11-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (yonlama proektsiya). 


65 
12-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi exinokokki (KT). 
13-rasm. O’ng o’pka pastki bo’lagi bronxga yorilgan exinokokki (KT). 
Exinokokk bronxga yorilganda va yiringlaganda rentgenologik manzara 
o’pka abstsessidagi manzaraga o’xshash, ya’ni suyuqlik sathi konturlari aniq 
bo’shliq kurinadi. Laboratoriya ma’lumotlari: aksariyat eozinofiliya
yiringlanishda EChT oshishi, leykotsitoz qayd qilinadi. 
Diagnoz qo’yishga immunologik reaktsiyalar (Katsoni, komplementni 
bog’lash, lateks-agglyutinatsiya) yordam beradi. Exinokokkoz jarrohlik usulida 
davolanadi: Vishnevskiy, Bobrov, Vaxidov usulidagi exinokokkektomiya, 
o’pkaning parazitar kistasi bo’lgan qismini kesish. Xozirgi kunda endoskopik 
jarrohlik amaliyotlari rivojlangan tufayli, videotorakoskopik usulda 
exinokokkektomiya jarrohlik amaliyoti bajrilishi mumkin. 


66 
Ikki tomonlama jarayonda jarrohlik amaliyoti bosqichma-bosqich qilinadi. 
O’pkasida exinokokkozi bo’lgan bemorlarning qarib 50 foizida ayni vaqtda jigar 
ham zararlanishini eslatib o’tish lozim, davo taktikasi qo’llashda buni nazarda 
tutish lozim. 

Download 8,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish