Microsoft Word 0 dan Advancedgacha kitoblar ro'yxati docx



Download 12,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi12,04 Mb.
#579598
  1   2   3
Bog'liq
0 dan Advancedgacha kitoblar ro\'yxati



@Linguabarno 
“Ingliz tilini 0 dan qanday qilib mustaqil 
o’rgansam bo’ladi?” 
Albatta bu savolning javobi barcha ingliz tilini o’rganishga qiziquvchilarni yanada 
qiziqtirishi aniq. Demak, ishni boshladik. 
1.
 
Maqsadingizni aniqlang. 
Muvaffaqiyatga erishgan barcha insonlar eng avvalo biror ishni bajarishdan avval 
MAQSADlarini aniqlab olishar ekan. Siz ham ingliz tilini nima maqsadda 
o’rganayotganingizni quyidagi savollarni o’zingizga berish orqali aniqlab oling: 
- Nega men ingliz tili o’rganyapman?
- Ingliz tili nega menga kerak? 
- Agar ingliz tilini o’rgansam men qanday yutuqlarga erisha olaman? 
- Soham uchun qay darajada kerakli? 
2. Ingliz tilida qanday darajalar borligi bilan tanishib chiqing.
Ingliz tili darajalarini o’z ichiga olgan xalqaro tizim yetti qismdan iborat: 
1.Boshlang’ich daraja (Beginner — A0). 
Ushbu bosqichda o’quvchi noldan boshlab o’z ichiga alfavit, elementar iboralar va 
qoidalar, o’qishni qamrab olgan tilni o’rganadi. O’rganish deyarli noldan boshlanadi. 
Ushbu darajadan o’tgandan so’ng talaba odamlar ko’pincha uchrashganda bir birlariga 
beradigan savollarga mustaqil javob berishi mumkin. Masalan: ismingiz nima? Siz 
qayerda yashaysiz? Yoshingiz nechida? Sizning oilangiz qanday? Va hokazo. Shuningdek, 
talaba o’zi haqidagi ma’lumotlarni mustaqil ingliz tilida gapirib berishi va yuzga qadar 
hisoblashi mumkin. 
2.Elementar daraja (Elementary — A1). 


@Linguabarno 
Boshlang’ich bosqichning asoslari o’rganilganidan so’ng, ingliz tilining muhim asoslari 
bilan tanishish boshlanadi. Bu yerda talabaga chuqurroq bilim olish va birinchi bosqichda 
olgan bilimlarini mustahkamlash imkoniyati beriladi. Talabalar o’zlari, qarindoshlari, 
oilaviy urf-odatlari, sevimli ovqatlari, uy hayvonlari va boshqalar haqida qisqa shaklda 
gapirishni o’rganadilar. Grammatika asoslari o’rganilib, olmosh turlari, modal fe’llar, 
sifatlar va ularni to’g’ri taqqoslash darajasi, shuningdek ot so’zlari toifalari va savollarning 
turli shakllari ko’rib chiqiladi. 
3.O’rtadan past daraja (Pre-Intermediate — A2). 
Ushbu bosqichda tilni o’rganayotgan talabalar ba’zi iboralarni to’g’ri talaffuz qilishni 
bilishadi va ba’zi mavzular bo’yicha qisqacha muloqot qilishlari mumkin. Ushbu daraja 
tufayli talabalarning o’quv salohiyatlari sezilarli darajada oshadi, ular ko’proq amaliy 
mashqlarni bajaradilar va murakkab tuzilishga ega jumlalarni talaffuz qilishni 
o’rganadilar. Uchinchi darajada og’zaki nutqini muvaffaqiyatli o’zlashtirgan inson, o’z 
bilimlarini qo’llagan holda chet elga sayohatga chiqishi mumkin. 
4. Orta daraja (Intermediate — B1). 
Ushbu daraja oldingi darslarda olingan barcha bilimlarni to’liq mustahkamlash uchun 
mo’ljallangan. Bundan tashqari o’rganish uchun murakkab harakterga ega lug’at kiritiladi. 
Tog’ridan to’g’ri va bevosita nutqqa, fe’l va predloglarga, ergash gap, gaplardagim 
so’zlarning to’g’ri tartibiga va boshqalarga katta e’tibor beriladi. Ushbu darajada matnlar 
ko’proq ma’lumot va uzunroq tuzilishga ega bo’ladi. O’rta darajadagi bilimlarni 
muvaffaqiyatli o’zlashtirgan kishi suhbatdoshni yahshi tushinishi va suhbatmi oson davom 
ettirishi mumkin. 
5. O’rta darajadan yuqori (Upper Intermediate — B2). 
Beshinchi darajaga o’tib talabalar erkin muloqot qilishadi va ingliz tilini tushunishadi. 
Asosan, ushbu bosqich amaliy mashg’ulotlarga asoslanadi, nazariy mashqlar uchun juda 
kam vaqt ajratiladi. Ushbu daraja ta’lim va biznes sohasida keng talabga ega deb 
hisoblanadi. 
6.Yuqori daraja (Advanced — C1). 
Tilni yaxshi bilishni istagan har bir kishi ushbu darajaga murojaat qiladi. Ilgari o’tilgan 
mavzular yuqori professional va aniq darajada ko’rib chiqiladi. Ular ko’plab adabiy 
janrlarni, atrof-muhit xususiyatlarini, huquqiy jarayonlarni o’z ichiga qamrab oladi. 
7. Super yuqori daraja (Mastery — C2). 
U ona tilida so’zlashuvchining eng yuqori darajasi hisoblanadi. Inson allaqachon ingliz 
tilining barcha asoslarini biladi va har qanday mavzuda erkin muloqot qila oladi. U uchun 
tor doiradagi intervyu berish yoki chet el universitetiga kirish uchun imtihon topshirish 
qiyin bo’lmaydi. 

Download 12,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish