Metafora va uning uslubiyati
Nutqimizda eng keng tarqalgan ma’no ko‘chish usuli metaforadir.
Metafora (yunoncha metaphora – ko‘chirish) bir predmet nomining boshqa
predmet nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir.
Masalan, tandirning og‘zi birikmasida og‘iz so‘zining ma’nosi odam yoki
hayvon og‘ziga tashqi o‘xshashligi asosida vujudga kelgan. Narsa va hodisalar
o‘rtasidagi o‘xshashlik turli asosda bo‘lishi mumkin:
1. Ikki predmet o‘rtasidagi shakliy o‘xshashlik. Masalan, odam qulog‘i va
qozon qulog‘i.
2. Ikki predmet qayerda joylashishi bo‘yicha o‘xshashlik. Masalan, itning
dumi, samolyot dumi va boshqalar
35
.
Nutq jarayonida metaforalardan o‘rinli foydalanish nutqimizni ta’sirchan,
jozibali qiladi. So‘zlovchining badiiy-estetik qobiliyatini namoyon etadi.
Akademik litsey darsligida umumta’lim maktablaridan farqli ravishda
qoidadan keyin savol va topshiriqlar, undan keyin mashqlar berilgan.
Savol va topshiriqlar:
1. Metafora deganda nimani tushunasiz?
2. Metafora yo‘li bilan ma’no ko‘chishiga o‘zingiz beshta misol keltirib,
ma’no ko‘chish asosini tushuntirib bering.
Ko‘chiring. «Palak» so‘zining bir necha xil ma’nolari borligini bilib oling.
Siz ham uyingizda til, ter kabi so‘zlarning ma’nolarini ana shunday izohlab
keling.
1. Palak. Ma’lum bir urug‘dan ko‘karib chiqib, yer yuzalab o‘sib, gullab
hosil beradigan poliz o‘simligining tanasini bildiradi: qovun palak, tarvuz palak,
bodring palak.
... So‘lg‘in palaklarda o‘smay qolib ketgan xomaklar yiltillab qolar, goh
surmaday qorayib ko‘rinar edi. (A. Muxtor)
35
Nurmonov A., Sobirov A., Yusupova Sh. Hozirgi o‘zbek adabiy tili //akademik liysey va kasb-hunar
kollejlarining II bosqich talabalari uchun. –Toshkent: Ilm-ziyo, 2013. –B. 193.
40
2. Palak. Polizchilar nutqida ba’zan qovun yoki handalak urug‘i
tushunchasida ham qo‘llanadi. Masalan: Тo‘rt egat palak ekdim.
3. Palak. Xalqimiz urf-odatiga ko‘ra, qizlarni kuyovga uzatish uchun gul
(kashta) iрakli matolar tayyorlanadi.
Iblisni rahbar deb qarshi oldilar,
Balki, sayladilar undan ham ortiq.
Poyiga iрakdan palak soldilar,
So‘ng yuksak bir taxtni etdilar tortiq.
(A. Oriрov)
4. Palak. «Parvoyi palak» iborasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik,
e’tiborsizlik bilan qarash, beg‘amlik ma’nolari tushuniladi.
Atrofda bo‘layotgan voqealarga Mo‘ydinning parvoyi palak edi.
5. O‘xshatish ma’nosida ham qo‘llaniladi. «Bir palakdan har xil xamak
chiqadi deganlari rost ekan-da», dedi so‘fi yonidagilarga qarab.
O‘quvchilar shu mashqlar orqali metaforalarni boshqa ko‘chma
ma’nolardan farqlay oladilar.
Quyidagi ismlarning qaysi predmetlarga nisbatan qo‘yilganini aniqlang.
So‘ng sinfdoshlaringizning ismlaridagi metafora usuli bilan qo‘yilgan nomlarni
toping va ularni izohlang.
Yo‘lbars,
Bo‘riboy, Qoplonbek, Burgutbek, Lochinoy, Gulnora,
Gulchehra, Feruza, Yoqutoy, Asalxon, Oyxon, Arslon, Bobur, Gilosxon,
Charos, Ozoda.
Akademik litsey o‘quvchilari ko‘chma ma’no turlari va ularning uslubiy
xususiyatlarini bilib oladilar.
Shunday qilib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining darsliklari fundamental
bilim berishda asosiy rol o‘ynaydi, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma,
malakalarini shakllantiradi. Akademik litsey va kasb–hunar kollejlari esa
ona tili
41
ta’limining har bir bo‘lim va bobini o‘rganish, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
olingan bilimlarni chuqurlashtiruvchi va rivojlantiruvchi material vazifasini
o‘taydi. Bunday holat esa, albatta, umumiy o‘rta ta’lim maktablari bosqichi ona
tili ta’limida o‘rganilgan o‘quv materialining maxsus takrorlanishini inkor
etmaydi, o‘quvchilarning bilimini yanada mustahkamlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |