84
Hozirgi zamon tilshunosligida so’z bilan u atagan narsa va hodisa o’rtasida bevos ita
bog’lanish yo’q deb hisoblanadi. Agar bog’lanish bo’lganda edi, ayni bir narsa har xil
tillarda turlicha nom bilan atalmagan bo’lar edi.
SO’Z TURLI: leksik, grammatik, stilistik ma’nolarga ega bo’lishi mumkin.
So’zning leksik (lug’aviy) ma’nosi boshqa ma’nolarga qaraganda konkret va ind ivid-
ualdir. So’zlarning tildagi va nutqdagi ma’nolarini farqlash zarur. So’zlarning aniq,
konkret ma’nolari nutqda (konteksda) namoyon bo’ladi. Leksik ma’no to’g’ri yoki
ko’chma bo’lishi mumkin. So’zlarning ko’chma ma’nosi: istiora, metanimiya, snek-
doxa, funksiyadoshlik orqali ifodalanadi.
Istiora so’z ma’nosini kuchaytirish uchun xizmat qiladi va ikki narsaning
o’xshashligi asosida bir so’z bilan atash tushuniladi. Masalan: temir irodali odam,
shirin uyqu.
Metonimiya narsa va hodisalarning makon yoki zamondagi o’zaro doimiy
bog’lanishi asosida birining nomini boshqasiga ko’chirishdir. Agar metafarada bir
predmet bilan ikkinchsi o’rtasida ma’lum xususiyatlarga asoslangan
o’xshashlik
bo’lsa, metanimiyada ikki predmet o’rtasida doimiy real
aloqaning mavjudligi sababli
birini aytilganda, ikkinchisini tushunish imkonini beradi.
Snekdoxa hodisasi metonimiyaning tarkibiy qismi bo’lib, butun orqali qismni
yoki aksincha qism orqali butun tushuniladi.
So’zlar ma’no munosabatlariga ko’ra bir-biriga shakldosh, ma’nodosh va
ma’nolari bir-biriga zid bo’lishi mumkin. Bunday so’zlarni: Sinonimlar, omonimlar, an-
tonimlar deb yuritiladi.
Tildagi barcha so’zlar tilning lug’at boyligini tashkil qiladi. Tildagi so’zlarni
turli qatlamlarga ajratish mumkin. 1. Tematik qatlam(ta’lim-tarbiyaga, o’simliklarga,
hayvonotga va boshqalar)ga oid so’zlar. 2. Jamiyat tarixiga bog’lab qatlamlarga ajrat-
ish. 3. Boshqa tillardan o’zlashtirilgan so’zlar.
4. Ijtimoiy sheva qatlamlari.
Tillardagi ma’lum so’zlar istemoldan chiqib, ma’lumlari esa yangi paydo bo’lib t uradi.
Istemoldan chiqib ketgan va chiqib ketayotgan so’zlarni tarixiy va arxaizm so’zlar deb
yuritiladi. Istemolga yangi kirib kelgan so’zlarni esa neologizmlar deb yuritiladi.
Tildagi so’zlar lug’atlarga jamlanadi. Leksikologiyaning lug’at tuzish masala-
lari bilan shug’ullanadigan sohasi
leksikografiya deb ataladi. Lug’atlarning ko’plab
turlari mavjud.
Izohli lug’atlar. Bunday lug’atlar bir tilli bo’lib, so’z va iboralarga shu tilda
izoh beriladi. O’zbek tilining izohli lug’ati. Tolkoviy slovar russkogo yasika.
Do'stlaringiz bilan baham: