10.6. FOYDANING TAQSIMLANISH HISOBI
Foydaning taqsimlanishi avvaldan belgilangan normativlar asosida
amalga oshiriladi va korxonaning, budjet, ta’sischilar va boshqalar bilan
moliyaviy munosabatlari vujudga keladi.
Korxona foydasi quyidagicha taqsimlanadi:
1. Budjetga soliq to‘lovlari va boshqa to‘lovlar (foydadan soliq,
renta to‘lovlari va boshqalar).
2. Zaxira fondini tashkil qilish va oborot mablag‘larini to‘ldirish.
3. Maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan turli fondlarni tashkil qilish.
4. Daromadning bir qismidan dividend to‘lovlari ko‘rinishida ta’sis-
chilar va aksionerlar bilan hisob-kitob olib borish.
Do'stlaringiz bilan baham: |