3. Umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (zarar) – asosiy
faoliyatdan olingan foydaga dividendlar bo‘yicha daromad qo‘shiladi,
chet el valutasi muomalalari bilan bog‘liq daromad yoki zararlar qo‘shib
yoxud ayriladi va foizlar bo‘yicha xarajatlar olib tashlanadi.
Umumxo‘jalik faoliyati foydasi = asosiy faoliyat foydasi + 9510-
9590-schyotlarining kredit jamlanmasiga moliyaviy faoliyatdan olingan
daromadlar – 9610–9690-schyotlarining debet oboroti moliyaviy faoliyati
bo‘yicha sarflar, ijobiy farq foydani, salbiy farq esa zararni ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |