8.3. KICHIK KORXONALARDA ASOSIY VOSITALARNING
HISOBGA OLINISHI
Kichik korxonalarda asosiy vositalar sotib olinishi, qurilishi va
ijaraga olinishi mumkin. Kichik korxonalarda asosiy vositalarning analitik
hisobi ikki turda olib boriladi:
1. Ishlab chiqarishga doir kichik korxonalarda asosiy vositalar kimga
biriktirilganligiga qarab, o‘sha javobgar shaxs tomonidan «Inventar
ro‘yxatida, OS 13 – shaklda yuritiladi.
2. Uncha katta bo‘lmagan ishlab chiqarishga doir kichik korxo-
nalarda asosiy vositalar, asosiy vositalarning hisobga olish vedomosti
13-1 da yuritiladi.
Asosiy vositalarning baholanishi sanoat korxonalaridek uch xil
bahoda yuritiladi: dastlabki qiymati, qayta tiklash qiymati, qoldiq qiy-
matida.
Asosiy vositalar hisobi 1-vedomost va 4-jurnal orderda yuritiladi.
Asosiy vositalar schyoti boshqa schyotlar bilan quyidagicha aloqada
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |