miya hosil qilinadi. Arteriya toMaqonligi salbiy oqibatlarga ham olib kelishi ham mumkin. Patologik arterial giperemiyada quyidagi asoratlar rivoj lanishi mumkin. 1) mikrosirkulator o‘zanda mayda tomirlar kengayishi va yorilishi; 2) atrofdagi to‘qimalarga mikro va makro qon quyilishlar; 3) ichki yoki tashqi qon ketishlar. Patologik arterial giperemiyani davolashda yuqoridagi asorat- larning oldini olish va davolash choralari ko'riladi. V E N O Z G I P E R E M I Y A
Venoz giperemiya a’zo yoki to‘qimaning biror qismidan qon oqib ketishi qiyinlashishi oqibatida yuzaga keluvchi to‘laqonlik. Venoz giperemiya sabablari quyidagilar: 1) venaga tromb yoki embol tiqilib qolishi; 2) vena tomirlarining (o‘sma, chandiq, homilador bachadon, bogMash) ezilishi, qisilib qolishi; 3) yurak o‘ng qorinchasi yetishmovchiligida tananing pastki qismlarida qon oqimining sekinlashishi va to‘planib qolishi; 62
4) qiltomir devori o'tkazuvchanligining ortib ketishi natijasida filtratsiyaning kuchayishi (yallig'lanishda arteriya giperemiyasining vena giperemiyasiga o‘tishi, bakteriya toksinlari kiritilganda); 5) uzoq vaqt tik turib ishlaydiganlarda oyoq venalarida qon to'p- lanib qolishi; 6) o'pka faoliyati, ayniqsa uning elastikligi zaiflashganda, ko'k rak qafasining so'rib olish xususiyati susayishi natijasida katta qon aylanish doirasining vena tomirlarida qon dimlanishi. Vena giperemiyasi rivojlanish mexanizmida vena qon oqimiga mexanik to'siq paydo bo'lishi va qon oqimining laminarligi yo'qo- lishi rol o'ynaydi. Belgilari: 1) vena giperemiyasi yuz bergan to'qima yoki a’zoning venoz