arteriya tomirlarining faol ochilishi, qon oqimining tezlashuvi,
qon tomiri urishi(to'lqini)ning kengaygan qon o'zani orqali
tarqalishi natijasida ro'y beradi.
4. Giperemiya chegarasidagi tomirlarda bosimning oshishi. U
oqib kelayotgan va ushbu qismdan o'tib ketayotgan qon miq
dorining ko'payishi natijasidir.
5. Tananing yuza qatlamlariga arterial qonning ko'p kelishi
natijasida gavda haroratining oshishi, issiqlik ajratishning kucha
yishi.
6. Arterial giperemiya rivojlangan a’zo va to'qimada modda
almashinuvi, oziqlanishi haddan tashqari kuchayadi, faoliyat oshadi.
Bulardan tashqari, arterial giperemiya rivojlangan soha mikros
kopda qaralganda quyidagi o'zgarishlarni ko'rish mumkin:
1) arteriola va prekapillarlar diametri oshishi;
61
2) ishlovchi kapillarlar miqdorining oshishi;
3) qon oqimining tezlashuvi (qon miqdorining oshishi va
arterial bosim oshishi hisobiga).
Arterial giperemiyaning ahamiyati va asoratlari. Fiziologik
arterial giperemiya rivojlanganda organizmda quyidagi ijobiy
o ‘zgarishlar rivojlanadi:
1) a’zo yoki to‘qimaning o‘ziga xos faoliyati kuchayishi;
2) o‘sha sohada nospetsifik va spetsifik faoliyat kuchayishi,
masalan, mahalliy immunitet. Bunda arteriya qoni bilan immuno-
globulinlar, limfositlar, fagositoz qiluvchi hujayralar va boshqa
agentlarning ko‘p miqdorda oqib kelishi asosiy rol o ‘ynaydi;
3) hujayra .va to'qimaning gipertrofiya hamda giperplaziyasi.
Davolash muolajalarini o'tkazishda mana shunday natijaga
erishishga harakat qilinadi. Bemorlarga fizioterapevtik muolajalar
qilib, tomirlami toraytiruvchi dori-darmonlar berib, faol gipere
Do'stlaringiz bilan baham: |