691
qo’llab-quvvatlovchi imzolar to’plash boshlanadi.
Guvohnoma uch oy
mobaynida haqiqiy sanaladi. Imzo to’plash harajatlari tashabbuskor guruh
hisobidan bo’ladi.
Imzo varaqalarining shaklini Markaziy saylov komissiyasi belgilaydi.
Varaqada imzo qo’yuvchilar: familiyasi, ismi, otasining ismi, tug’ilgan
sanasi, turar joy manzili, pasportining seriyasi va tartib raqamini
ko’rsatadi.
Imzo varaqasi imzo to’plagan shaxs, shuningdek,
fuqarolar
tashabbuskor guruh vakolatli vakili tomonidan tasdiqlanadi. Unda
ularning familiyasi, ismi, otasining ismi, turar joy manzili, pasportining
seriyasi va tartib raqami ko’rsatiladi.
Imzo to’plash qonun bilan tashviqot o’tkazish taqiqlanmagan
joylarda o’tkaziladi. Imzo to’plashda fuqarolarni majburlash yoki turli
yo’llar bilan og’dirib olishiga yo’l qo’yilmaydi.
Imzolar ma’muriy hududiy birliklar bo’yicha
jamlanib Markaziy
saylov komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga guvohnoma beriladi.
Markaziy saylov komissiyasi hujjatlarni qonuniy to’ldirilganligini
tekshirib, o’n kun ichida Qonunchilik palatasiga o’z xulosasini yuboradi
va bu haqida O’zbekiston Prezidentini xabardor qiladi.
Imzo to’plashda qonun buzilishlari aniqlansa, referendum o’tkazish
haqidagi tashabbusni haqiqiy emasligi haqida Markaziy saylov
komissiyasi qaror qabul qiladi. Qonunga asosan referendum Oliy Majlis
tomonidan tayinlanadi. Referendum tayinlash Oliy Majlis palatalarining
birgalikdagi vakolati hisoblanadi.
Qonunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti referendum o’tkazish
tashabbusi bilan chiqqanda Oliy Majlisga murojaat etishi yoki referendum
o’tkazish to’g’risida o’z qarorini qabul qilishi ko’rsatilgan. Demak,
Prezident ham referendum tayinlash huquqiga ega.
Referendum
tayinlanganda, unga qo’yilayotgan masala matni ham tasdiqlanadi.
Oliy Majlis palatalarida referendum haqidagi tashabbusni ko’rib
chiqish hamda referendum tayinlash tartibi qonunda belgilab qo’yilgan.
Xuddi qonun qabul qilinishi singari bu masala avval Qonunchilik
palatasida ko’rib chiqiladi.
Qonunchilik palatasi referendum o’tkazish tashabbusi haqidagi
materiallarni va mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki hafta ichida ko’rib
chiqadi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
referendumni tayinlash va o’tkazishni ta’minlash
chora-tadbirlari to’g’risida;
692
referendum o’tkazish haqidagi tashabbusni rad etish
to’g’risida;
referendum o’tkazish to’g’risidagi tashabbusda taklif etilgan
qonun yoki boshqa qarorni referendum o’tkazmasdan turib qabul qi-
lish haqida.
Qonunchilik palatasining referendumga oid qarori uch kun ichida
Senatga va tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendum o’tkazish haqida
tashabbus materiallarini,
Qonunchilik palatasi qarorlarini, mas’ul qo’mitaning xulosasini ikki
hafta ichida ko’rib chiqib referendum tayinlash va uni o’tkazishni
ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida yoki referendum o’tkazshni rad
etish to’g’risida qaror qabul qiladi. Bu qaror uch kun ichida Qonunchilik
palatasiga va tashabbuskorlarga yuboriladi.
Senat referendumni o’tkazish haqida qaror qabul qilgan taqdirda uch
kun ichida Senat va Qonunchilik palatasining qarorlari matbuotda e’lon
qiladi.
Palatalar qarorlarida referendum o’tkazish sanasi ham belgilanadi.
Referendum sanasi qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran bir yarim oydan
uch oygacha bo’lgan davrda istalgan kunga tayinlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: