O’zini - o’zi nazorat qilish savollari
1. Saylov huquqi Konstitutsiyaviy huquq tizimida o’zining alohida
o’rniga ega bo’lib, bu huquq fuqarolarga davlat boshqaruvida, davlat
hokimiyatini shakllantirishda hamda davlat va jamiyat ishlarida
ishtirokini ta’minlab beradi.
Saylov huquqi qanday huquqiy institut hisoblanadi? Uning boshqa
huquqiy oilalaridan qaysi jihatlari bilan farq qilishini muhokama qiling.
2. Saylov huquqi manbalarining ichida Konstitutsiyaning hamda
umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining o’rni beqiyos
hisoblanadi.
Nima uchun Konstitutsiya va xalqaro hujjatlar saylov huquqining
manbayi hisoblanadi? Uning yuridik ahamiyatini aniqlang hamda
muhokama qiling.
3. Dunyoda saylov huquqi prinsiplari orasida yashirin ovoz berish
prinsipi o’zining alohida prinsip ekanligi bilan ajralib turadi.
Yashirin ovoz berish prinsipi nima uchun demokratik saylovning
asosiy sharti hisoblanadi? Ushbu prinsipni boshqa prinsiplar bilan qiyosiy
tahlil qilib, muhokama qiling.
4. Saylovlarda “senz” tushunchasi mavjud. Ushbu atamaning
dunyoda, har bir mamlakatda turli ko’rinishlari mavjud.
O’zbekistonda
o’tkaziladigan
saylovlarda qanday “saylov senzlari”
qo’llanadi? Unga huquqiy baho bering hamda boshqa mamlakatlardagi
“saylov senzlari” bilan qiyosiy tahlil qiling.
5. Dunyoda turli xil saylov tizimlari mavjud. Ularning o’ziga
yarasha qo’llanish tartib taomillari bor.
Xalqaro saylov tizimlari (majoritar, proporsional, aralash) o’ziga
xos xususiyatlari, farqlari va har birining afzal jihatlari bo’yicha
695
mustaqil fikringizni bildiring, har bir saylov tizimi amalda bo’lgan
ayrim xorijiy mamlakatlarning saylov tizimlarini ularning saylovga
doir qonun hujjatlari bilan tanishgan holda qiyosiy tahlil qiling.
6. O’zini demokratik davlat deb e’lon qilgan har bir mamlakatda
umume’tirof etilgan xalqaro huquq normalarining ustunligi tan olinadi.
Jumladan, saylov to’g’risidagi qonunlarda ham bor.
Saylovga doir milliy qonunchiligimizga xalqaro huquq
normalarining implementatsiya qilinishi darajasi xususida O’zbekiston
Respublikasining milliy saylov qonunchiligini va xalqaro saylovga doir
hujjatlarni o’rgangan holda qiyosiy tahlil qiling.
7. Saylov-huquqiy munosabatlar konstitutsiyaviy huquqning ajralmas
qismi hisoblanadi. Ularning vujudga kelishiga turli xil omillar
ta’sir ko’rsatib, bir nechta subyektlar o’rtasida paydo bo’ladi.
Saylov-huquqiy munosabatlar ishtirokchilari kimlar? Ularga
qo’yiladigan talablar nimalardan iborat? Ularning vazifalari qanday?
O’zbekiston Respublikasining saylovga doir qonun hujjatlari asosida
yuqoridagi savollarga javob bering va mustaqil tahlil qiling?
8. Kuzatuvchilar instituti saylovlarda ochiqlik va oshkoralikni
ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Lekin ushbu holatga xorijda salbiy baho
berish hollari uchrab turadi.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi saylovga doir qonun
hujjatlarida saylovlar jarayonida kuzatuvchilar institutining o’rni va
ahamiyati qanday? Saylovlar jarayonida kuzatuvchilarning ishtiroki
qanday tartibda amalga oshiriladi? Kuzatuvchilar institutining demokratik
institut sifatida ahamiyatini mustaqil tahlil qiling hamda huquqiy
baho bering.
9. Erkinlashtirish davlat qurilishi va boshqaruvidagi islohotlarning
asosini tashkil etib, u boshqa hokimiyat tarmoqlariga taalluqli bo’ldi. Bu
borada mamlakatda amalga oshirilgan voqealardan biri 2002-yil
27-yanvarda bo’lib o’tgan referendum va uning asosida 2003-yil
24-aprelda Qonun qabul qilingan.
O’zbekiston Republikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
referendumni tashkil etish, o’tkazish prinsiplari, referendum o’tkazish
tashabbusiga ega subektlar ularning huquqlari va referendumga
qo’yiladigan masalalar, referendumda qo’yilmaydigan masalalar qanday
belgilangan va o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
10. Barcha mamlakatlarda referendumni tashkil etuvchi hamda
o’tkazuvchi organlar mavjud. Jumladan, O’zbekistonda ham. Shu bilan
696
birga mamlakat hayotida eng muhim masalalarni yechish maqsadida ref-
erendum o’tkazish tashabbusi bilan chiqadigan subyektlar bor.
O’zbekiston Republikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq
referendum o’tkazishga tayyorgarlik ko’rish, uni o’tkazish va ovoz
berish natijasini aniqlash tartibi qanday, mazkur jarayonlarning har birini
mustaqil tahlil qiling.
697
Do'stlaringiz bilan baham: |