O’zini o’zi nazorat qilish savollari
1.
Oilani davlat va jamiyat himoyasida bo’lish huquqi qanday?
2.
Mamlakatimizda oila institutini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish
borasida qanday islohotlar amalga oshirildi?
3.
Nikoh tushunchasi, tuzish tartibi va shartlari qanday?
4.
Voyaga yetmagan bolalarning shaxsiy-nomulkiy huquqlariga
qanday huquqlar kiradi?
5.
Voyaga yetmagan bolalarning mulkiy huquqlarini himoya qilish
usullariga nimalar kiradi?
6.
Voyaga yetmagan bolalarning javobgarligi qanday o’ziga xos
xususiyatlarga ega?
7.
Ota-ona huquq va majburiyatlarining tengligi deganda nimani
tushunasiz?
8.
Voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlarning o’z
ota-onasiga ta’minot berish majburiyati qaysi normativ-huquqiy
hujjatlarda mustahkamlangan va u qay tartibda ta’minlanadi?
8. Aliment majburiyatlari deganda nimani tushunasiz?
376
XVIII BOB. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA OMMAVIY
AXBOROT VOSITALARI FAOLIYATINING
KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
1-§.
Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari.
2-§. Ommaviy axborot vositalarining huquq va majburiyatlari.
1-§. Ommaviy axborot vositalari faoliyatining konstitutsiyaviy-
huquqiy asoslari
Bugungi zamon fanida va huquqni qo’llash amaliyotida OAV
qonunchilik, ijro va sud hokimiyati tarmoqlari bilan birga hokimiyatning
to’rtinchi tarmog’i sifatida tasniflanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’kidlashjoizki, OAV huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
shakllanishida, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining totuvligi va
o’zaro tushunishini mustahkamlashda salmoqli o’rin egallaydi. Ommaviy
axborot vositalarining jamiyatimiz huquqiy madaniyatini yuksaltirishdagi
va fuqarolarda qonunga, inson huquqlari va erkinliklariga, demokratik
qadriyatlarga nisbatan hurmat hissini shakllantirishdagi o’rni muhim
ahamiyat kasb etmoqda.
Konstitutsiyamizning 67-moddasi OAVning maqomini
konstitutsiyaviy-huquqiy jihatdan belgilab, OAVning erkinligi; ularning
qonunga muvofiq faoliyat yuritishi; axborotning to’g’riligi uchun
javobgarlik; senzuraga yo’l qo’yilmasligi uning muhim tarkibiy qismlari
hisoblanadi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning 12-moddasida “hech qaysi mafkura
davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”, deb belgilab qo’yildi.
Asosiy qonunning 29-moddasida esa har kimga so’z va fikrlash
erkinliklari kafolatlangan. Konstitutsiyaning ushbu va boshqa
o’zarobog’langan moddalarining qoidalari ommaviy axborot vositalari
instituti izchil demokratik rivojlanishining asosi va rag’bati bo’lib xizmat
qiladi.
Ta’kidlash joizki, O’zbekistonda ommaviy axborot vositalarining
erkin va samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur huquqiy asoslar va
kafolatlar, keng imkoniyatlar yaratilgan.
Mazkur sohada o’ndan ziyod qonunlar, qariyb 30 qonunosti hujjatlari
qabul qilingan. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni asosida 1994-yildan e’tiboran har yili 27-iyun kuni
377
O’zbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
nishonlanib kelmoqda. Bu ommaviy axborot vositalarining davlat
suvereniteti g’oyalarini targ’ib qilish, yangi demokratik jamiyat qurish,
fuqarolarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi roliga davlat
tomonidan katta ahamiyat berilayotganini tasdiqlaydi.
Ommaviy axborot vositalari kelgusida mustaqil rivojlanishi uchun
shart-sharoitlar yaratgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2011-yil 30-dekabrdagi “Ommaviy axborot vositalarini yanada
rivojlantirish uchun qo’shimcha soliq imtiyozlari va afzalliklar berish
to’g’risida”gi qarori muhim dasturiy hujjatga aylandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi
“Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat
turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish
chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga muvofiq ommaviy axborot
vositalari, poligrafiya korxonalari va nashriyotlarining faoliyatini
tashkil qilish uchun ruxsat va litsenziya olish davlat boji stavkalari ikki
marotaba qisqartirildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev
ta’kidlaganidek, ushbu va boshqa qator tizimli tashkiliy-huquqiy
chora-tadbirlar natijasida “Hozirgi kunda respublikamizda 1500 dan
ziyod ommaviy axborot vositasi faoliyat ko’rsatmoqda. Birgina
O’zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallarning bir
sutka davomidagi umumiy efir vaqti 616 soatni tashkil etmoqda. Holbuki,
mustaqillikdan oldin bu raqam bor-yo’g’i 48 soatga teng edi, xolos”
162
.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarining
tarkibi tubdan o’zgarayotganiga alohida e’tibor qaratdi. Buni yurtimizdagi
barcha telekanallarning qariyb 53 foizi, radiokanallarning esa 85 foizi
nodavlat ommaviy axborot vositalari ekani ham tasdiqlaydi. Eng tezkor
axborot vositasi – Internet hayotimizga tobora chuqur kirib borayapti.
Global tarmoqda Uz domenli veb-saytlar, axborot portallari soni 400 dan
oshib ketgani, ularning aksariyati xorijiy tillarda faoliyat ko’rsatyapti
163
.
Ta’kidlash joizki, internet jurnalistikasi jadal rivojlanib borishi va jahon
162
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
Мирзиёевнинг
Матбуот
ва
оммавий
ахборот
воситалари
ходимлари
кунига
бағишланган
маърузаси
(2017
йил
27
июнь
).
163
Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
Ш
.
Мирзиёевнинг
Матбуот
ва
оммавий
ахборот
воситалари
ходимлари
кунига
бағишланган
маърузаси
(2017
йил
27
июнь
).
378
internet makonida milliy segmentning ko’payishi jahon maydonida
Vatanimiz, mamlakatimiz obro’si oshib borishiga xizmat qiladi.
Ushbu sohada qabul qilinayotgan barcha choralar OAVning yanada
erkin rivojlanishi, ularning faoliyati takomillashuvining muhim omili
bo’lib xizmat qilmoqda. Mustaqillik yillarida OAV soni 3,6 marotaba
ko’paydi.
O’zbekiston jurnalistlari ijodiy Uyushmasi, Milliy matbuot markazi,
Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mustaqil
bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo’llab-
quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi va boshqa OAVning o’zini o’zi
boshqarish, o’zini o’zi tashkil qilish tuzilmalari tuzilishi OAV faoliyati
sohasidademokratik islohotlarning muhim omili va ayni vaqtda natijasi
bo’ldi.
Natijada, mustaqillik yillarida OAVning normativ huquqiy negizini
yaratish bo’yicha ancha ishlar amalga oshirilgan bo’lib, bu ularning
huquqlari va manfaatlarini ta’minlash, mamlakatimizda so’z erkinligini
ta’minlash muhim omili bo’lib xizmat qiladi. Xususan, “Ommaviy axborot
vositalari to’g’risida”gi (yangi tahrirda), “Axborot olish kafolatlari va
erkinligi to’g’risida”gi, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to’g’risida”gi, “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi,
“Axborotlashtirish to’g’risida”gi, “Noshirlik faoliyati to’g’risida”gi,
“Telekommunikatsiyalar to’g’risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Shu ma’noda alohida ta’kidlash joizki, 1997-yildagi “Ommaviy
axborot vositalari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni bu
boradagi birinchi tizimli qonun hujjati bo’ldi. Shu bilan birga
mustaqil OAV shakllangan sari jamiyatning izchil demokratlashuvi va
mamlakatni modernizatsiya qilish sharoitida ular faoliyatining yangi
mezonlari, vazifalari vujudga keldi.
Shu munosabat bilan 2007-yil 15-yanvarda “Ommaviy axborot
vositalari to’g’risida”gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinib, unda OAV
faoliyatining turli jihatlarini yanada liberallashtirishni ta’minlovchi, OAV
faoliyatining huquqiy kafolatlarini kuchaytiruvchi qator normalar
mustahkamlandi. Xususan, yangi tahrirdagi qonundan basharti ariza
sudning ommaviy axborot vositasi faoliyatini tugatish to’g’risidagi qarori
qonuniy kuchga kirgunga qadar bir yil o’tmasdan berilgan bo’lsa yoki
ommaviy axborot vositasining muassisi yo muassislaridan biri yo
noshirning joylashgan manzili O’zbekiston Respublikasining
tashqarisida bo’lsa, ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishni rad
379
etish huquqini belgilovchi normalar chiqarib tashlandi. Shuningdek,
ommaviy axborot vositasini ro’yxatdan o’tkazishda “Ommaviy axborot
vositalari to’g’risida”gi qonunda ko’rsatilgan talablardan tashqari
boshqa talablar qo’yish taqiqlanishi belgilandi. Bundan tashqari, ommaviy
axborot vositalarini qayta ro’yxatdan o’tkazish tartibi soddalashtirildi,
ularning ro’yxatdan o’tmaydigan doirasi kengaytirildi.
Ta’kidlash lozimki, OAV faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil
qiluvchi normalar huquqning moliyaviy, iqtisodiy, mehnatga oid,
ma’muriy, fuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi turli tarmoqlari
qonun hujjatlarida ham o’z aksini topdi. Bozor islohotlarini
chuqurlashtirish sharoitida OAV faoliyatini moddiy qo’llab-quvvatlash
va iqtisodiy kafolatlash to’g’risida qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul
qilindi. So’nggi yillarda qabul qilingan qonun hujjatlariga muvofiq
OAVga soliq afzalliklari va turli iqtisodiy yordam berilyapti. Ushbu va
boshqa qator choralar OAVning bozor sharoitida erkin mustaqil
rivojlanishining muhim omiliga aylandi.
Parlamentimiz tomonidan 2010-yilda qabul qilingan
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontsepsiyasi OAVning huquqiy
demokratik asoslarini izchil chuqurlashtirish ishida muhim bosqich bo’ldi.
So’z va axborot erkinligini ta’minlashni davlat siyosatining eng muhim
ustuvor yo’nalishlarida belgilagan ushbu dasturiy hujjatga muvofiq
fuqarolik jamiyati institutlari tizimida OAVning rolini yanada
kuchaytirishga qaratilgan qator muhim qonun hujjatlari qabul qilindi.
Xususan, 2014-yil 5-maydagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi
organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”gi Qonunda davlat hokimiyati
va boshqaruvi organlari faoliyati to’g’risidagi axborotdan ommaviy
axborot vositalarining teng va erkin foydalana olishi samarali huquqiy
kafolatlar yaratildi.
Sharhlanayotgan modda qoidalari xalqaro huquq normalariga,
xususan, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy
huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda belgilangan qoidalariga to’la mos
keladi: “Har bir inson o’z fikrini erkin bayon etish huquqiga ega; bu huquq
davlat chegaralaridan qat’iy nazar har qanday usulda turli axborot va
g’oyalarni qidirish, olish va tarqatish erkinligini qamrab oladi”.
K.Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyodagi vakili Tomas
Kuntse shu munosabat bilan ta’kidlaydiki, “O’zbekiston o’zining
taraqqiyot yo’lini belgiladi, o’z oldiga kuchli fuqarolik jamiyati qurish
maqsadini qo’ydi, axborot sohasini isloh qilishga, nodavlat OAVni
380
rivojlantirishga alohida e’tibor qaratdi. Bugun shubhalanmasdan ta’kidlash
mumkinki, boshqa davlatlar O’zbekiston bu borada to’plagan tajribani
o’zlashtirishi mumkin”.
Do'stlaringiz bilan baham: |