3-§. Ota-onalar va bolalarning shaxsiy huquq va majburiyatlari
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onalari haqida
g’amxo’rlik qilishga majburdirlar.
Voyaga yetganlik amaldagi fuqarolik va oila qonunchiligiga ko’ra
shaxs 18 yoshga to’lgach to’liq hajmda vujudga keladi. 18 yoshga to’lgan,
mehnatga layoqatli har bir fuqaro o’z ota-onasi haqida g’amxo’rlik
qilishga majburdir.
Ota-onalarga g’amxo’rlik qilish o’zbek xalqining eng qadimiy
insoniy hislatlardan biri bo’lib, farzandlarning muqaddas burchidir.
Farzandlarning o’z ota-onalari to’g’risida g’amxo’rlik qilishi ularning
ahloqiy majburiyati hisoblangan. Bu majburiyatni farzandlar o’z xohishlari
bilan bajarib kelganlar. O’zbek xalqiga azaldan xos yuksak fazilatlar
asrlar davomida shakllanib, qadriyat darajasiga ko’tarilgan bunday
munosabat, mustaqillik yillarida mamlakatimizda davlat siyosatining
ustuvor yo’nalishlaridan biriga aylandi.
Xususan, 2002-yil mamlakatimizda “Qariyalarni qadrlash yili”,
2015-yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi hamda bu borada
qilinishi lozim bo’lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
373
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 24-yanvardagi 30-sonli
qarori bilan “Qariyalarni qadrlash yili”, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-sonli qarori bilan
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturlari tasdiqlandi.
Keksalarga g’amxo’rlik ko’rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning
hayot darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy-huquqiy
shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy
bazani yanada takomillashtirish masalasi Davlat dasturlarining asosiy
ustuvor yo’nalishlaridan biri etib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasidagi
asosiy qoidalar, Oila kodeksining 109-moddasida o’z aksini topgan bo’lib,
voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onasiga ta’minot
berishi, ular to’g’risida g’amxo’rlik qilishga majburdir.
Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog’ida ekanligi
voyaga yetgan mehnatga layoqatli farzandlarni o’z ota-onasiga ta’minot
berish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Ota-onaga beriladigan ta’minot Oila kodeksining 110-moddasida
nazarda tutilgan. Ta’minot berishning ixtiyoriy ravishda amalga
oshirilishi qonunchilik tomonidan qo’llab-quvvatlanadi va bunda ta’minot
beruvchi va ta’minot oluvchining o’zaro kelishuvga erishishlari maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Biroq voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o’z ota-onasiga
ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo’yin tovlagan taqdirda
ularning konstitutsiyaviy majburiyatlarini bajarishga qaratilgan sud qarori
asos bo’ladi. Bunda sud ta’minot miqdorini farzandlarning oilaviy va
moddiy ahvolidan kelib chiqib belgilaydi. Ota-ona aliment undirish
haqidagi talabni bir vaqtning o’zida farzandlaridan biriga yoki barchasiga
nisbatan qo’yishi mumkin. Shuningdek, sud voyaga yetgan, mehnatga
layoqatli farzandlarning barchasini hisobga olib aliment miqdorini bel-
gilaydi.
Aliment undirish nizosi hal bo’lguniga qadar voyaga etgan mehnatga
layoqatli farzandlardan ota-onaga vaqtincha lozim bo’lgan summani to’lab
turish masalasida sud vaqtincha to’lab turilishi lozim bo’lgan summani
ko’rsatib ajrim chiqaradi.
Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlardan undirilayotgan al-
imentning miqdori eng kam ish haqi miqdorining uchdan bir qismidan kam
bo’lmasligi kerak (Oila kodeksining 110 va 112-moddalari).
374
Oila Kodeksining 111-moddasida ota-onaning ta’minoti uchun
qilinadigan qo’shimcha xarajatlar belgilangan. Shu sababli voyaga yetgan,
mehnatga layoqatli farzandlar ota-onaning ta’minoti uchun qilinadigan
qo’shimcha xarajatlarni, ya’ni ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli
sabablarga ko’ra qilinadigan qo’shimcha xarajatlarni qoplashda ishtirok
etishi shart. Davolanish, dori-darmon sotib olish, alohida shaxs (tibbiyot
xodimi) parvarishida bo’lish, shifoxona yoki boshqa davolash-
profilaktikasida bo’lish xarajatlari, sanatoriya va kurortlarda davolanish
kabi qo’shimcha xarajatlarda ham ishtirok etishlari shart hisoblanadi.
Agar voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar qo’shimcha
xarajatlarni ixtiyoriy ravishda qoplashdan bosh tortsa, bu holat sud
tartibida uning zimmasiga yuklanadi.
Oila kodeksining 113-moddasiga asosan agar sud ota-onaning ota-
onalik majburiyatini bajarishdan bo’yin tovlaganligini aniqlasa,
farzandlarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot
berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin.
Aliment undirish to’g’risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud
buyrug’i Oila kodeksining 114-moddasiga ko’ra qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda ijro etiladi.
Mazkur modda, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalariga
to’liq mos keladi. Jumladan, Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi
onalik va bolalikka alohida g’amxo’rlik va yordam huquqini beradi.
Barcha bolalar, nikohda yoki nikohsiz tug’ilishidan qat’iy nazar, bir
xil ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak, deb belgilab qo’yilgan
(27- modda).
Keksalar va yoshi ulug’ kishilar haqida g’amxo’rlik qilish davlat va
jamiyatning doimo diqqat markazida bo’lgan. Davlatimiz rahbari
Sh.Mirziyoyevning tashabbusi bilan keksa avlod turmush darajasini
ko’tarish, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida ular ishtirokini
qo’llab-quvvatlash kabi xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-sonli
“O’zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
“Nuroniy”jamg’armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmoni ushbu yo’nalishda amalga oshirilayotgan ishlar
ko’lami va miqyosi yanada kengayib borishiga xizmat qilmoqda.
375
Do'stlaringiz bilan baham: |