Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


“Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

“Biz ishlab chiqqan va bugungi kunda hayotga tatbiq etayotgan 
ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va 
konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o’zgartirish va yangilash, 
iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, uning siyosatdan ustunligini 
144
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 1996. 
Т
. 1. – 
Б
. 277. 
145
Каримов
И
.
А

Ўзбекистон

миллий
истиқлол

иқтисод

сиёсат

мафкура
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 1996. 
Т
. 1. – 
Б
. 63.
146
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
. 2-
жилд
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
Миллий
энциклопедияси
Давлат
илмий
нашриёти
, 2001. – 
Б
. 107-108. 


311 
ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni 
islohotlar tashabbuskori bo’lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, 
qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, 
islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga 
asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga 
oshirishdan iboratdir”
147

O’zbekiston iqtisodiyoti negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil 
etadi. Shunday ekan, jamiyatimizning iqtisodiy negizlari hayotimizning 
asosiy hodisalaridan hisoblanib, mavjud mulkchilik munosabatlariga 
asoslanadi.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq 
farovonligining o’sishiga imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi 
mulkchilik bo’lishiga ruxsat beriladi. Aynan bozor iqtisodiyoti tizimida
mulkning xilma-xil shakllarda bo’lishiga imkoniyatlar yaratiladi. 
Darhaqiqat, jamiyatning iqtisodiy negizi – mavjud mulkchilik 
munosabatlariga asoslanadi. Shu sababli, mulk nafaqat yuridik mazmunga, 
balki iqtisodiy ma’noga ham ega. Iqtisodiy ma’noda mulk insonlarning 
erki-irodasidan tashqarida vujudga keladi. Yuridik munosabatlarda mulk 
qabul qilingan normalar orqali tartibga solinadi va ular mulk huquqi 
sifatida namoyon bo’ladi. Kishilar mehnati bilan yaratilgan yoki tabiat 
tomonidan insonlarga o’ziga xos tarzda «taqdim etilgan» boyliklar har 
doim mulk bo’lib kelgan
148
. Mulk birinchidan, kishining ashyoga nisbatan 
egalik his-tuyg’usi bilan bog’liq, ikkinchidan, ushbu ashyo xususida 
kishilar o’rtasida vujudga keladigan munosabatdir. Demak, bir so’z bilan 
aytganda, mulk ashyo va unga nisbatan egalik hissi bilan bog’liq 
munosabatdir
149

Qoida tariqasida mulk iqtisodiy va yuridik ma’nolardagi shakllarga 
bo’linadi: Iqtisodiy ma’nodagi mulk shakllari deyilganda, moddiy 
ne’matlarni o’zlashtirish usullarining yig’indisi tushuniladi. Bunday 
usullar yakka tartibda yoki jamoat bo’lib yoxud davlat tomonidan amalga 
oshirilishi mumkin. 
147
Каримов
И
.
А

Демократик
ислоҳотларни
янада
чуқурлаштириш
ва
фуқаролик
жамиятини
шакллантириш
– 
мамлакатимиз
тараққиётининг
асосий
мезонидир
. – 
Тошкент

Ўзбекистон
, 2011. 
Т

19. – 
Б
. 36. 
148
Зокиров
И
.
Б

Фуқаролик
ҳуқуқи

Дарслик
. I 
қисм

Масъул
муҳаррир

Ҳ
.
Раҳмонқулов

Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 352. 
149
Баратов
М
.
Х

Мулк
ҳуқуқи

Дарслик
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 6. 


312 
Yuridik ma’nodagi mulk shakli – moddiy ne’matlarni muayyan 
subyektlarga tegishli bo’lishini (biriktirib qo’yishlikni) mustahkamlovchi 
va tegishli mulkning huquqiy rejimini belgilovchi huquqiy me’yorlar 
yig’indisidan iborat. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga asosan, 
bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O’zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi.
Ushbu Konstitutsiyaviy norma mamlakatimizda mulk shakllarining 
turli xil bo’lishi mumkinligini o’zida ifodalab, uni miqdoriy 
chegaralamaydi. Lekin O’zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksi 
mulkning ikki shaklini huquqiy tartibga soladi. Fuqarolik kodeksining 
167-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning 
quyidagi shakllari mavjud: 
1. Xususiy mulk. 
2. Ommaviy mulk. 
Davlat mulk shakllarini rivojlantirish uchun zarur huquqlarning 
tengligini ta’minlaydi va uning himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulk 
shakllarini bunday turkumlash uchun mulk subyekti maqomi va mol-mulk 
rejimining uzviy birligi asosiy mezon hisoblanadi. O’z navbatida, xususiy 
mulk shakli quyidagi ko’rinishlarda (turlarda) namoyon bo’ladi: 
a) yakka shaxsga (individga) tegishli mulk (fuqarolar mulki); 
b) nodavlat yuridik shaxslar mulki. 
Ommaviy mulk tarkibiga quyidagilar kiradi: 
a) O’zbekiston Respublikasi mulki; 
b) ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulki (munitsipal mulk)
150

Garchand, Fuqarolik kodeksida mulkning ikki shakli 
mustahkamlangan bo’lsada, Konstitutsiyaning 53-moddasi mulkning 
boshqa shakllarda bo’lishi mumkinligini ham e’tirof etadi. Xususan, 
“O’zbekiston Respublikasida mulkchilik to’g’risida”gi qonunining 
5-moddasida mulkning fuqarolik kodeksidagi singari an’anaviy ikki 
shaklidan tashqari jamoa mulki, aralash mulk hamda boshqa davlatlar 
hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki kabi 
shakllarda bo’lishi ham ko’zda tutilgan. 
Bozor munosabatlarining asosini tashkil etuvchi mulk shakllaridan 
biri bo’lgan xususiy mulk qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga 
150
Зокиров
И
.
Б

Фуқаролик
ҳуқуқи

Дарслик
. I 
қисм

Масъул
муҳаррир

Ҳ
.
Раҳмонқулов

Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 388. 


313 
kiritgan har qanday narsalar bo’lishi mumkin. O’zbekiston Resublikasi 
fuqarolik kodeksi 207-moddasiga ko’ra, xususiy mulk huquqi shaxsning 
qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo’lga kiritgan mol-mulkka egalik 
qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. Xususiy mulk 
bo’lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Fuqarolar, 
xo’jalik shirkatlari va jamiyatlari, kooperativlar, jamoat birlashmalari, 
ijtimoiy fondlar va davlatga qarashli bo’lmagan boshqa yuridik shaxslar 
xususiy mulk huquqining subyektlari hisoblanib, qonun bilan man etilgan 
ayrim ashyolardan tashqari har qanday mol-mulk xususiy mulk bo’lishi 
mumkin.
O’zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g’risida”gi qonunning 4-moddasida davlat tasarrufidan 
chiqarilmaydi va xususiylashtirilmaydi davlat mulki obyektlarining 
18ta toifasi belgilab berilgan. Ular sirasiga quyidagilar kiradi, jumladan: 
1) O’zbekiston Respublikasi hududi doirasida yer (qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari, 
ichki suvlar, havo havzasi, o’simlik va hayvonot dunyosi; 
2) moddiy madaniy meros obyektlari, shu jumladan davlat 
fondlarida, milliy fondlarda, axborot-kutubxona fondlarida va 
ilmiy-tadqiqot muassasalarining fondlarida saqlanayotgan moddiy 
madaniy meros obyektlari, shuningdek, arxivlar, muzeylar va muhofaza 
etiladigan tabiiy hududlar; 
3) O’zbekiston Respublikasi davlat budjetining, valyuta 
zaxirasining, davlat maqsadli jamg’armalarining, O’zbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining mablag’lari, shuningdek, O’zbekiston 
Respublikasining oltin zaxirasi; 
4) pul muomalasi bo’yicha xizmat ko’rsatuvchi davlat tashkilotlari, 
qimmatli qog’ozlarni, ordenlarni, medallarni va pochta to’lovi belgilarini 
ishlab chiqarishni ta’minlovchi korxonalar va tashkilotlar; 
5) O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining, Davlat xavfsizlik 
xizmatining va Ichki ishlar vazirligining korxonalari, muassasalari va 
harbiy-texnikaviy mol-mulki (sanoatda qayta ishlov berilguniga qadar, 
shuningdek, sanoatda qayta ishlov berilishi mumkin bo’lmagan mol-
mulk); 
6) ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanib ilmiy-tadqiqot, 
tajriba-konstruktorlik ishlarini olib boruvchi, rentgen uskunalari, 
asbob-uskunalar va jihozlarni ishlab chiqish, tayyorlash va realizatsiya 
qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar; 


314 
7) radioaktiv moddalarni kavlab olish, ishlab chiqarish, tashish, 
qayta ishlashni, radioaktiv chiqindilarni ko’mish, uran va boshqa 
bo’linuvchi materiallarni, shuningdek, ulardan yasalgan buyumlarni 
realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar; 
8) qurol-yarog’va o’q-dorilar, himoya vositalari, harbiy texnika, 
ehtiyot qismlar, butlovchi qismlar va ular uchun asbob-uskunalar, 
portlovchi moddalar, pirotexnika mahsulotlari, shuningdek, ularni ishlab 
chiqarish uchun maxsus materiallar va uskunalar ishlab chiqish, 
tayyorlash, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi 
korxonalar; 
9) ovchilik va sport sohasida foydalaniladigan o’qotar qurollar va 
o’q-dorilar, shuningdek, tig’ qurol (sovg’a tarzidagi milliy pichoqlar 
bundan mustasno) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni 
amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar; 
10) kuchli ta’sir etadigan zaharlar, giyohvandlik moddalari va 
zaharli moddalar ishlab chiqaruvchi, shuningdek, tarkibida giyohvandlik 
moddalari va zaharli moddalar bo’lgan ekinlar ekuvchi, yetishtiruvchi va 
ularga qayta ishlov beruvchi korxonalar; 
11) O’zbekiston Respublikasining davlat zaxiralari. Fuqaro 
muhofazasi va safarbarlik maqsadidagi obyektlar hamda mol-mulk; 
12) atom energetikasi obyektlarini (uskunalari, tizimlari va 
apparatlarini o’rnatish) va strategik ahamiyatdagi obyektlarni qurish va 
montaj qilish ishlarini olib borish, ulardan foydalanish hamda ularni 
ta’mirlashni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar va 
tashkilotlar; 
13) portlash xavfi bo’lgan va zaharli moddalarni tashishni amalga 
oshiruvchi ixtisoslashtirilgan korxonalar; 
14) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari; 
15) sanitariya-epidemiologiya stantsiyalari. Sud-tibbiy ekspertizasi 
byurolari. Atrof-muhit holatini nazorat qiluvchi hamda tabiatni muhofaza 
qiluvchi xizmatlar; 
16)davolash-ishlab chiqarish ustaxonalari, jazoni ijro etish 
muassasalarining korxonalari;
17) maxsus vazifalarni bajaradigan korxonalar (Respublika maxsus 
aloqa uzeli, 15361 raqamli Harbiy qism, Elektromagnit moslik markazi); 
18) qabristonlar. 
Davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan 
davlat mulki obyektlari jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
qaroriga muvofiq boshqa obyektlar ham kiritilishi mumkin. 


315 
Ommaviy mulk esa Respublika mulki va ma’muriy-hududiy 
tuzilmalar mulkidan (munitsipal mulk) iborat. O’zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksi 214-moddasiga asosan, Respublika mulki – yer, yerosti 
boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda 
boshqa tabiiy boyliklar, davlat hokimiyati va boshqaruvi Respublika 
organlarining mol-mulki, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan moddiy madaniy 
meros obyektlari, Respublika budjetining mablag’lari, oltin zaxirasi, 
davlatning valyuta fondi va boshqa fondlari Respublika mulkidir, 
shuningdek, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, o’quv, ilmiy, 
ilmiy-tadqiqot muassasalari va tashkilotlari, intellektual faoliyat natijalari, 
basharti bular byudjet yoki davlatning o’zga mablag’lari hisobidan 
yaratilgan yoki sotib olingan bo’lsa, boshqa mol-mulk bo’lishi mumkin. 
Respublika mulki Respublika budjetiga tushadigan soliqlar va 
boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek, qonunlarda nazarda 
tutilgan asoslarga ko’ra boshqa tushumlar hisobidan tashkil etiladi. 
Respublika mulki bo’lgan mol-mulkni O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, O’zbekiston Respublikasi 
Hukumati yoki ular maxsus vakil qilgan organlar tasarruf qilish huquqiga 
egadir. 
Munitsipal mulk esa – davlat hokimiyati mahalliy organlarining 
mol-mulki, mahalliy budjet mablag’lari, munitsipal uy-joy fondi va 
kommunal xo’jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq 
ta’limi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari, shuningdek, boshqa 
mol-mulklardan iborat bo’ladi. Ushbu mulk turi mahalliy byudjetga 
tushadigan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar hisobidan, shuningdek, 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslarga muvofiq boshqa tushumlar 
hisobidan tashkil etiladi. Munitsipal mulk bo’lgan mol-mulkni davlat 
hokimiyati mahalliy organlari yoki ular vakil qilgan organlar tasarruf 
etadilar. Shuningdek, munitsipal mulk bo’lgan mol-mulk yuridik 
shaxslarga xo’jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi asosida 
biriktirib qo’yilishi mumkin hamda munitsipal mulk obyektlari qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlar asosida xususiy mulk qilib 
berilishi mumkin. 
O’z navbatida davlat mulkining mavjud bo’lish zaruriyati obyektiv 
sabablarga ko’ra quyidagilarda ko’rinadi: 
– davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini tashkil etish; 
– huquqni muhofaza qiluvchi idoralar faoliyatini tashkil etish; 
– davlat havfsizligi va mudofaa ehtiyojlari; 
– ilm-fan va madaniyatni ta’minlash; 


316 
– kam ta’minlangan aholini ijtimoiy himoya qilish; 
– tabiiy ofatlarga va favqulodda holatlarga qarshi kurash va uning 
oqibatlarini bartaraf etish; 
– ba’zi tarmoqlarda ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish 
(masalan, atom, yonilg’i energiyasi kabi)
151

Davlat jamiyatimiz iqtisodiy negizini tashkil etishda mulk shakllarini 
erkin sharoitini va mulkdorlar huquqlarini ta’minlash maqsadidda bozor 
munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlarini belgilab berdi. Bu 
xususiyatlar quyidagilarda o’z ifodasini topdi: 

birinchidan, iqtisodiy faoliyat erkinligi; 

ikkinchidan, tadbirkorlik faoliyati erkinligi; 

uchinchidan, mehnat qilish erkinligi; 

to’rtinchidan, barcha mulk shakllarining teng huquqliligi; 
– beshinchidan, mulk shakllarining huquqiy jihatdan bab-baravar 
muhofaza etilishi. 
Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, kishilarning 
yashashi, kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalarni ishlab 
chiqarish va iste’molchilarga etkazib berishga qaratilgan, bir-biri bilan 
bog’liqlikda amal qiladigan turli-tuman faoliyatlar yaxlit qilib, bir so’z 
bilan iqtisodiy faoliyat deb ataladi
152
. Ushbu faoliyat esa bozor 
munosabatlar sharoitida erkin harakatda bo’ladi. 
Bozor munosabatlarida iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga 
olinishi lozim. Aynan bozor munosabatlari sharoitida iste’molchilarning 
talab va takliflari yuqoridagi faoliyatlarni harakatga keltiruvchi, tartibga 
solib turuvchi jarayon bo’lib hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 
“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi qonuni 
1-moddasiga muvofiq, iste’molchi deganda, foyda chiqarib olish bilan 
bog’liq bo’lmagan holda shaxsiy iste’mol yoki boshqa maqsadlarda tovar 
sotib oluvchi, ish, xizmatga buyurtma beruvchi yoxud shu niyatda bo’lgan 
fuqaro, ya’ni jismoniy shaxs tushuniladi.
151
Зокиров
И
.
Б

Фуқаролик
ҳуқуқи

Дарслик
. I 
қисм

Масъул
муҳаррир

Ҳ
.
Раҳмонқулов

Қайта
ишланган
ва
тўлдирилган
бешинчи
нашр
. – 
Тошкент

ТДЮИ
нашриёти
, 2009. – 
Б
. 416. 
152
Ш
.
Ш
.
Шодмонов

У
.
В
.
Ғафуров

Иқтисдиёт
назарияси
. – 
Тошкент
: “
Фан
ва
технология
” 
нашриёти
, 2005. – 
Б
. 11. 


317 
Ushbu Qonunning 4-moddasida “Iste’molchilarning asosiy 
huquqlari” belgilangan bo’lib, unga ko’ra iste’molchilar quyidagi 
huquqlarga ega:
– tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, 
sotuvchi) haqida to’g’ri va to’liq ma’lumot olish; 
– tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli 
bo’lishi; 
– tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo’lishi; 
– hayoti, sog’lig’i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo’lgan tovar 
(ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning 
g’ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, 
ma’naviy zararning to’liq hajmda qoplanishi; 
– buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan 
manfaatlari himoya qilinishini so’rab sudga, boshqa vakolatli davlat 
organlariga murojaat etish; 

iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish. 
Iste’molchilarning ijtimoiy himoyaga muhtojlar toifasiga kiritilgan 
ayrim guruhlari uchun qonun hujjatlari bilan savdo, maishiy xizmat va 
xizmat ko’rsatishning boshqa turlari bo’yicha imtiyozlar va afzalliklar 
belgilanishi mumkin.
Shuningdek, ushbu qonunning 23-moddasida iste’molchilar 
huquqlarining davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash 
mexanizmlari belgilangan bo’lib, unga ko’ra davlat iste’molchilarning 
tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog’idagi huquqlari 
hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini 
kafolatlaydi. Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya 
qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar 
ta’minlaydilar. 
Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish uchun maxsus vakolat 
berilgan davlat organlari sifatida O’zbekiston Respublikasining 
xususiylashtirilgan korxonalarga ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish 
davlat qo’mitasi; O’zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi, ya’ni “O’zstandart” agentligi; O’zbekiston 
Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi; O’zbekiston Respublikasi Davlat 
arxitektura va qurilish qo’mitasi; O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va 
atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi; iste’molchilarning 
huquqlarini himoya qilish to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini 
o’z vakolatlari doirasida nazorat qiluvchi boshqa davlat boshqaruvi 
organlari faoliyat yuritadi. 


318 
Iste’molchilar huquqining ustunligi uning ishlab chiqaruvchi, xizmat 
ko’rsatuvchi, sotuvchidan farqli ravishda foyda olish maqsadini 
ko’zlamasligi, asosan shaxsiy iste’mol yoki boshqa ehtiyojlarini qondirish 
uchun tovarlar sotib olishi, ish, xizmatga buyurtma berishida hamda 
ularning sifat va xavfsizligini kafolatlanganligini, shuningdek, qonun 
hujjatlarida belgilangan boshqa talablarini qo’yishda ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat bosh islohotchi sifatida iqtisodiy 
faoliyat va tadbirkorlik erkinligini kafolatlaydi. Ushbu kafolatlar bevosita 
O’zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi “Tadbirkorlik 
faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri)
3-bobida tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlarining kafolatlari 
belgilab qo’yilgan. Uning 18-moddasi tadbirkorlik faoliyati erkinligining 
konstitutsiyaviy kafolatlariga bag’ishlangan bo’lib, unga ko’ra davlat 
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng 
huquqliligi va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini 
kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari qatori daxlsizdir va 
davlat tomonidan himoya qilinadi. Tadbirkorlik subyekti mulk huquqi 
asosida o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulkka o’z xohishiga ko’ra egalik 
qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. 
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining o’z huquq va erkinliklarini 
sud orqali himoya qilishi, davlat organlarining, fuqarolar o’zini o’zi 
boshqarish organlarining, boshqa tashkilotlarning qonunga xilof 
qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari 
(harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. 
Bundan tashqari, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari 
to’g’risida”gi qonuni (yangi tahriri) 3-bobida tadbirkorlik faoliyati 
subyektlari uchun noqulay bo’lgan qonun hujjatlaridagi o’zgartishlardan 
kafolatlar, tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan 
har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari, tadbirkorlik 
subyektlarining o’z tovarlari (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini 
(foydasini) tasarruf etish erkinligi kafolatlari, pul mablag’larini tasarruf 
etish kafolatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy 
faoliyat erkinligi kafolatlari, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk 
huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari, fermer xo’jaliklari 
tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari, dehqon 
xo’jaliklari tomonidan yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari, 
tadbirkorlik subyektlarining qimmatli qog’ozlar bozoriga, xom ashyo, 
tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari, fermer va dehqon 
xo’jaliklarining moddiy-texnika resurslaridan, urug’lik materiallardan, 


319 
ko’chatlardan va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari, fermer va 
dehqon xo’jaliklarining suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari, 
tadbirkorlik subyektlarining kredit resurslaridan foydalanish kafolatlari, 
tadbirkorlik subyektlarining axborotdan foydalanish kafolatlari, 
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga berilgan imtiyozlar va 
preferentsiyalarni qo’llashning kafolatlari, tadbirkorlik faoliyati 
subyektlarining murojaatlarini ko’rib chiqish kafolatlari, tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya 
qilinmasligining kafolatlari, firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat 
ko’rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari, tadbirkorlik faoliyatiga 
aralashmaslik kafolatlari ham ta’minlanishi belgilangan. 
Shuningdek, davlat mehnat qilish erkinligini ham kafolatlaydi. 
Mehnat qilish erkinligining huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy shartlari hamda 
mehnat qilish huquqini amalga oshirishning kafolatlari Konstitutsiyaning 
37-moddasi, Mehnat kodeksining 58-moddasi, 1998-yil 1-maydagi 
“Aholini ish bilan ta’minlash to’g’risida”gi qonun (yangi tahrirda) va 
boshqa bir qator qonun hujjatlari bilan ta’minlanadi. Jumladan, mehnat 
kodeksining 58-moddasiga muvofiq, davlat ish bilan ta’minlash turini,
shu jumladan turli mehnat rejimidagi ishni tanlash erkinligini; ishga qabul 
qilishni qonunga xilof ravishda rad etishdan va mehnat shartnomasini 
g’ayriqonuniy ravishda bekor qilishdan himoyalanishni; maqbul keladigan 
ish tanlash va ishga joylashishga bepul yordam berishni; har kimga kasbga 
va ishga ega bo’lishda, mehnat qilish va ish bilan ta’minlanish 
shart-sharoitlarida, mehnatga haq olishda, xizmat pog’onasidan yuqorilab 
borishda teng imkoniyatlar yaratishni; yangi kasbga (mutaxassislikka) 
bepul o’qitishni, mahalliy mehnat organlarida yoki ularning yo’llanmasi 
bilan boshqa o’quv yurtlarida stipendiya to’lab malakasini oshirishni; 
boshqa joydagi ishga qabul qilinganda moddiy xarajatlar uchun qonun 
hujjatlariga muvofiq kompensatsiya to’lashni; haq to’lanadigan jamoat 
ishlarida qatnashish uchun muddatli mehnat shartnomalari tuzish 
imkoniyatini kafolatlaydi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish