Harbiy-texnik instituti konstitutsiyaviy huquq


O’zini - o’zi nazorat qilish savollari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/347
Sana23.04.2022
Hajmi2,59 Mb.
#578040
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   347
Bog'liq
KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ

O’zini - o’zi nazorat qilish savollari 
1.
 
Inson va fuqarolarning asosiy konstitutsion burchlari nimalardan 
iborat? 
2.
 
“Burch” va “majburiyat” tushunchalarining farqi nimada? 
3.
 
Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish burchi nimalarda 
ifodalanadi? 
4.
 
O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlatning o’zaro 
bog’liqligi nimaga asoslanadi? 
5.
 
Tarixiy, ma’naviy va madaniy meros deganda nimalarni 
tushunasiz? 
6.
 
Ma’naviy boyliklar deganda nimani tushunasiz? 
7.
 
Tabiatni muhofaza qilish bo’yicha qaysi davlat organlarini 
bilasiz? 
8.
 
Soliq to’lash majburiyatini amalga oshirmagan shaxslarga 
qanday choralar belgilangan? 
9.
 
Vatanparvarlik tuyg’usi deganda nimani tushunasiz? 


308 
TO’RTINCHI BO’LIM. JAMIYAT VA SHAXS 
XV BOB. JAMIYATNING IQTISODIY NEGIZLARI 
1-§. O’zbekiston iqtisodiyotida mulk shakllari va ularning huquqiy 
kafolatlari. 
2-§.Xususiy mulkning daxlsizligi. 
3-§. Mulk huquqi va uni amalga oshirishning konstitutsiyaviy
asoslari. 
4-§. Tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi xususiyatlari. 
1-§. O’zbekiston iqtisodiyotida mulk shakllari va ularning huquqiy 
kafolatlari 
Mustaqillik yillarida yurtimizda ijtimoiy hayotning barcha 
jabhalarida tub o’zgarishlar ro’y berdi, bozor iqtisodiyotiga asoslangan 
demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish 
borasida salmoqli ishlar amalga oshirildi. Respublikamizning istiqlolga 
erishishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, madaniy va ma’naviy 
yangilashning yorqin istiqbollarini ochib berdi. Albatta, istiqlolga 
erishgan davlat shubhasiz, o’z taraqqiyot yo’lini izlaydi, yangi jamiyat 
qurishga, huquqiy tizimini yaratishga kirishadi.
Ushbu islohotlarning huquqiy kafolati sifatida, avvalo, O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi namoyon bo’ladi. Ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida amalga oshirilgan asrlarga tatigulik islohotlar, avvalo, 
Konstitutsiyamizda belgilangan pirovard maqsadlar bilan uzviy 
bog’liqdir.
O’zida yuksak insonparvarlik g’oyalarini mujassamlashtirgan 
O’zbekiston Konstitutsiyasi hayotimiz dasturulamaliga aylandi. 
Konstitutsiyaning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u xalqning 
irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. 
Konstitutsiyadagi prinsip va boshlang’ich asoslar demokratik huquqiy 
davlat talablariga to’la mos kelib, ular o’zbek milliy davlatchiligining 
tarixiy rivojlanish tajribasiga tayanadi.
Konstitutsiya davlatning qiyofasi, uning ijtimoiy, iqtisodiy va
siyosiy tizimining demokratik tabiati, umuminsoniy qadriyatlarga 
sodiqligi, fuqarolarining huquq va erkinliklari qay darajada yuridik 
jihatdan himoyalanganligini aks ettiruvchi ko’zgudir. O’zbekiston 


309 
Respublikasi Konstitutsiyasida ham iqtisodiy hayotning eng muhim 
jihatlari, jumladan, jamiyatning iqtisodiy negizining huquqiy asoslari 
tartibga solingan bo’lib, ushbu huquqiy normalar mamlakatimiz 
taraqqiyotida va iqtisodiy hayotida olib borilayotgan islohotlarni amalga 
oshirishda muhim rol o’ynamoqda.
Konstitutsiya jamiyatning iqtisodiy negizini belgilab bergan 
normalari o’zbek davlatchiligi rivojlanishining tarixiy tajribasini hisobga 
olishi, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan ustuvor normalariga 
tayanishi bilan fuqarolar uchun munosib hayotni ta’minlashga asos
bo’lib, barqaror madaniy bozor iqtisodiga asoslangan demokratik huquqiy 
davlat va erkin fuqarolik jamiyati bunyod etishni huquqiy jihatdan 
kafolatlaydi.
Konstitutsiyamizda iqtisodiy sohada taraqqiy etgan mamlakatlarning 
asosiy qonunlarida mustahkamlangan mulk shakllarining xilma-xilligi, 
mulk huquqi kafolatlari, mulk huquqini amalga oshirish talablari, xususiy 
mulk daxlsizligi, mulk huquqining davlat tomonidan himoya qilinishi, 
tabiiy resurslardan jamiyat manfaatlarini ko’zlab oqilona foydalanish 
lozimligi kabi qoidalar sifatida davlatning ijtimoiy xarakteri o’z ifodasini 
topgan.
Ushbu konstitutsiyaviy qoidalar bozor iqtisodiyoti sharoitida 
tadbirkorlik erkinligi va xususiy mulkdorlar qatlamini shakllantirishda va 
shu orqali fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etib 
kelmoqda. Mamlakatimizda fuqarolarning Konstitutsiya bilan 
kafolatlangan iqtisodiy huquqlarini, avvalambor, mulk huquqini 
kafolatlash bilan bog’liq islohotlar samarasi o’laroq, iqtisodiy o’sish 
sur’atlari muntazam oshib bormoqda.
“Konstitutsiyamiz yurtimizda demokratik davlat qurish, erkin 
bozor iqtisodiyotini shakllantirish, inson, uning manfaatlari, huquq va 
erkinliklari oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish 
bo’yicha eng muhim tamoyillar, qoida va me’yorlarni o’zida 
mujassamlashtirib, jamiyatimiz hayotining asosiy huquqiy poydevori 
bo’lib xizmat qilmoqda”
143
.
Hech bir davlat yoki jamiyatni iqtisodiy munosabatlarsiz tasavvur 
qilib bo’lmaydi. Jamiyatning iqtisodiy negizlari esa turli ijtimoiy 
munosabatlarni vujudga keltirib, tartibga solib, o’zgartirib, takomillashtirib 
143
Каримов
И
.
А

Ватанимизнинг
босқичма
-
босқич
ва
барқарор
ривожланишини
таъминлаш
– 
бизнинг
олий
мақсадимиз
. – 
Т
. 17. – 
Тошкент
: “
Ўзбекистон
”, 2009. – 
Б
. 29. 


310 
boradi. Demak, insoniyatning hayoti va faoliyati hamda jamiyat 
taraqqiyotida iqtisodiy negizlar eng asosiy zaruratdir.
Faqat iqtisodiy turmush tarziga asoslanibgina unga mos keladigan 
davlat tuzumini va kuchli siyosiy tuzilmani barpo etish mumkin
144
. Biz 
istiqlolimizning ilk kunlaridan boshlab ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish yo’lini tanladik. Bu esa 
O’zbekistonning hech bir davlatga xos bo’lmagan, o’z ijtimoiy-iqtisodiy 
va siyosiy-huquqiy taraqqiyot yo’li “O’zbek modeli”ning asosini tashkil 
etadi. 
“Bozor munosabatlariga o’tish – ko’r-ko’rona maqsad emas, balki 
iqtisodni o’nglash, jamiyatni yangilash yo’li. Ayni vaqtda bozor faqat 
maqsad emas, balki yangi qadriyatlarni shakllantirish, odamlar 
farovonligining sifat jihatidan tubdan yuqori darajasiga erishish uslubi va 
vositasidir”
145
.
O’zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlarini rivojlantirishga 
qaratilgan. Bozor iqtisodiyoti – tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli 
mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida 
boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Dunyo tajribasida bozor 
iqtisodiyotining quyidagi uch modeli farqlanadi: aralash iqtisodiyot 
(AQSH, Angliya, Fransiya), ijtimoiy bozor xo’jaligi (Germaniya, 
Shvetsiya), korporativ iqtisodiyot (Yaponiya)
146
.
O’zbekistonda shakllangan bozor iqtisodiyoti mazmunan ijtimoiy 
bozor xo’jaligi modeliga (bozordagi faoliyat tartib-qoidalarini qonunlar 
belgilaydi, iqtisodiyot bozor mexanizmiga bo’ysunadi, davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi minimal darajada saqlanib qolinadi, iqtisodiyot 
erkinlashgan bo’ladi, xususiy sektor qo’llab-quvvatlanadi) yaqin bo’lsada, 
bir qator o’ziga xos jihatlari bilan “o’zbek modeli” sifatida e’tirof 
etilmoqda.

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish