6-§. O’zbekiston Respublikasini himoya qilish
O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy yaxlitligini,
aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish O’zbekiston
Respublikasi har bir fuqarosining Vatani oldidagi muqaddas va sharafli
burchidir.
Avvalambor, “Burch – kishining biror shaxs, oila, jamoa, el-yurt,
Vatan oldidagi majburiyatini anglatuvchi axloqiy tushuncha. Burchda
obyektiv munosabatlar ifodalanadi, ya’ni u jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
va axloqiy negizlari bilan belgilanadi. Burchning o’ziga xos xususiyatlari
mavjud bo’lib, u insonning ichki kechinmalari, tashqaridan turib nazorat
qilinmaydigan murakkab ruhiy holatini ifodalaydi. Burch imon-e’tiqod,
303
onglilik, halollik, vijdon kabi tushunchalar bilan chambarchas bog’liq”
140
degan entsiklopedik tushunchasini e’tirof etib o’tish maqsadga muvofiqdir.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi XIbobi “Fuqarolarning
burchlari”ga bag’ishlangan bo’lib, ushbu bobda fuqarolarning oltita eng
muhim konstitutsiyaviy burchlari belgilangan. Ammo O’zbekiston
Respublikasini himoya qilish burchi barcha fuqarolarga emas, balki
faqatgina O’zbekiston Respublikasi fuqarosining burchi ekanligi
ahamiyatlidir.
Albatta vatanparvarlik, yurtga sadoqat, ona-Vatanga, prezidentga
sodiqlik, xalqqa xizmat qilish eng ulug’, eng sharafli burch ekanligidan
dalolatdir.
“Vatanparvarlik – kishilarning ona yurtiga, o’z vataniga muhabbati
va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar,
xalqlar, millatlar uchun umumiy bo’lgan, asrlar davomida sayqallanib
kelgan umuminsoniy tuyg’u, ma’naviy qadriyatlardan biri. Tarixiy
jihatdan Vatanparvarlik kishilarning o’z vatanlari taqdiri bilan bog’liq
ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning o’zlari yashayotgan hududning daxlsizligi
va mustaqilligi yo’lidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan
histuyg’ular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning o’tmishi va hoziri bilan
faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon bo’ladi”
141
.
Darhaqiqat, sharafli va oliyjanob, aziz va tabarruk bo’lgan burchni
bajarish kindik qoni tomgan har bir insonning yurtni asrab-avaylash,
e’zozlash, uning kelajagi uchun qayg’urishga, xalqiga, prezidentiga sodiq
xizmat qilishga undaydi.
Demak, ushbu muqaddas burch O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi 52-moddasida “O’zbekiston Respublikasini himoya qilish -
O’zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir.
Fuqarolarqonundabelgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni
o’tashga majburdirlar” deb belgilandi.
“Vatanparvarlik tuyg’usi O’zbekiston fuqarolariga xos xislat. O’z
davlatining obro’-e’tiborini mustahkamlash, qadr-qimmatini saqlash uchun
ular halol va vijdonan mehnat qiladilar, uning iqtisodini yanada
rivojlantirish uchun jamiyatda yuzaga kelgan ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun harakat qiladilar.
140
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
. 2-
жилд
.
Бешик
-
Гидрофизика
.
Таҳрир
ҳайъати
:
М
.
Аминов
,
Б
.
Аҳмедов
,
Ҳ
.
Бобоев
ва
б
.
Т
.: «
Ўзбекистон
миллий
энциклопедияси
»
Давлат
илмий
нашриёти
, 2001. – 261
б
.
141
Ўша
асар
. – 395
б
.
304
O’zbekiston Respublikasining fuqarosi qayerda va qanday lavozimda
ishlamasin, qanday vazifani bajarmasin, vaqtincha qaysi xorijiy davlatda
yashab, unga topshirilgan vazifani bajarishda davom etib turmasin,
o’zining tutgan o’rni, xatti-harakatlari bilan o’z Vatanining obro’sini
baland ko’tarishga, uning sha’niga dog’ tushirmaslikka, O’zbekiston
Respublikasining fuqarosi degan nomga munosib bo’lishga harakat
qiladi”
142
.
O’zbekiston Respublikasining 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan
“O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida”gi
qonunning 6-moddasiga muvofiq “O’zbekiston Respublikasi Mudofaa
ishlari vazirligini tuzish, Milliy gvardiya va noharbiy (muqobil) xizmat
tashkil etish huquqiga ega” bo’ldi hamda O’zbekiston Respublikasining
Mustaqillik deklaratsiyasiga va O’zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to’g’risidagi Bayonotga asoslanib, O’zbekiston
Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo’linmas deb
qayd etildi.
Konstitutsiyaga muvofiq mamlakatni mudofaa qilish davlatning eng
muhim vazifalaridan biri sifatida belgilandi hamda O’zbekiston
Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining
tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun O’zbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlari tuzildi.
O’zbekiston Respublikasini himoya qilish va uning Qurolli
Kuchlari safini to’ldirishni va ularning zahirasini tayyorlashni ta’minlash
maqsadida 1992-yil 3-iyuldagi “Mudofaa to’g’risida”gi (yangi tahriri –
2001-yil 11-may), “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to’g’risida”gi (yangi tahriri – 2002-yil 12-dekabr) Qonunlariga muvofiq
umumiy harbiy majburiyat joriy etildi.
O’zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va
harbiy xizmat to’g’risida”gi qonuni 3-moddasiga asosan “Umumiy harbiy
majburiyat fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga
chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo’yicha harbiy xizmat
o’tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro’yxatdan o’tish
qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O’zbekiston
Respublikasiga qarshi harbiy tajovuz bo’lgan taqdirda aholini muhofaza
etish tadbir-choralarini qamrab oladi”.
142
Раҳмонқулов
,
Ҳожиакбар
.
Инсонпарвар
давлат
Конституцияси
. –
Тошкент
:
Янги
аср
авлоди
,
2014. – 234
б
.
305
Albatta umumiy harbiy majburiyat O’zbekiston Respublikasi
hududida doimiy yoki vaqtincha yashayotgan chet el fuqarolari va
fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Darhaqiat, harbiy xizmat - O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining
Qurolli Kuchlar safida umumiy harbiy majburiyatni bajarish borasidagi
davlat xizmatining alohida turi bo’lib, harbiy xizmatning quyidagi turlari
joriy etilgan:
muddatli harbiy xizmat;
safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat;
kontrakt bo’yicha harbiy xizmat;
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy
xizmatni o’tagan rezervchilar xizmati.
Tinchlik davrida oddiy askarlar va serjantlar tarkibi lavozimlarida
muddatli harbiy xizmatga, shuningdek, safarbarlik chaqiruvi zahirasidagi
xizmatga o’n sakkiz yoshdan yigirma etti yoshgacha bo’lgan,
salomatligiga ko’ra Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni o’tashga
yaroqli erkak fuqarolar chaqiriladilar.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to’g’risida”gi
qonunning 9-moddasiga ko’ra, harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga
majburlar oddiy askarlar, serjantlar va zobitlar tarkibiga bo’linadi.Zobitlar
tarkibi kichikzobitlar, katta zobitlar va generallar tarkibiga bo’linadi.
Har bir harbiy xizmatchi va harbiy xizmatga majburga tegishli harbiy
unvon beriladi. Qurolli Kuchlardagi harbiy unvonlar qo’shin unvonlari va
kema tarkibidagi unvonlarga bo’linadi.
Qurolli Kuchlarda quyidagi harbiy unvonlar joriy etiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |