161
qilish belgilarini o’rganadi, ularning zaharlilik va xavflilik darajasini
belgilaydi, gigienik me’yorlar va tavsiyalar ishlab chiqadi.
Zaharlar umumiy va mahalliy ta’sir qilishi mumkin.
Umumiy ta’sir
zaharning qonga so’rilishi natijasida rivojlanadi.
Masalan, marganetsdan zaharlanishda asab tizimi, benzol ta’sirida
esa qon ajratish organlari zarar ko’radi.
Mahalliy ta’sir
ko’rsatishda to’qimalarning shikastlanishi:
ta’sirlanish, yallig’lanish hodisalari, ishqoriy va kislotali eritmalar va
bug’lar bilan ishlaganda teri hamda shilliq pardalarning kuyishi sodir
bo’ladi.
Ishlab chiqarishda zaxarlanishlar o’tkir, o’rtacha va
surunkali
shakllarda o’tadi.
O’tkir zaxarlanishlar
asosan guruh xolatida bo’ladi. Bu
zararlanishlar quyidagicha xarakterlanadi: zaxarlar qisqa muddatda-
bir smenada ta’sir qiladi; оrganizmga zaxarlar katta miqdorda
tushishi, xavodagi miqdori juda yuqori bo’lishi, kimyoviy moddani
bilmay ichib qo’yilishi yoki teri qattiq ifloslanishi
natijasida sodir
bo’ladi.
Surunkali
zaharlanishlar
,
organizmga
oz-oz
miqdordagi
zaharlarning uzoq vaqt asta-sekin yig’ilishi natijasida yuzaga keladi.
Organizmda zaxarning o’zi yig’ilishi yoki o’zgarishlar keltirib
chiqarishi mumkin. Masalan, benzoldan o’tkir zaharlanishda asosan
asab tizimi zarar ko’radi va narkotik ta’sir kuzatiladi, surunkali
zaharlanishda esa qon ishlab chiqarish tizimi zararlanadi. Surunkali
zaharlanishlar belgilariga ko’ra o’tkir zaharlanishlarga o’xshash
bo’lsada, biroq asta-sekin rivojlanadi va birmuncha surunkali
kechadi.
Ishlab chiqarish zararlari boshqa salbiy oqibatlarga ham sababchi
bo’ladi. Ular organizmning biologik qarshiligini pasaytiradi,
yuqori
nafas yo’llari, o’pka sili, yurak-tomir tizimi kasalliklari rivojlanishiga
imkoniyat yaratadi. Undan tashqari zararlar allergik ta’sir ko’rsatishi
natijasida bronxial astma, ekzema va boshqa kasalliklarni keltirib
chiqaradi.
Zaxarli gazlar kimyoviy kurollar sifatida xam keng ko’llanilgan.
Ayniqsa 1914-1918 yillarda Germaniya tomonidan ko’p qo’llanilgan.
1935 yilda Italiya Abbesiniyada,
Yaponiya esa Xitoyda, Amerika
162
1952-1953 yillari Koreyada, so’ngra Vetnamda qo’llagan. Kimyoviy
gazlarning bir turi chechen zo’ravonlariga qarshi Moskvada ham
qo’llanilgan.
Xavoga tarqalgan zaxarli moddalarni shartli ravishda ikki
guruhga bo’lish mumkin: tezda parchalanib
ketadigan zaxarli
moddalar; barqaror zaxarli moddalar.
Tezda parchalanib ketedigan
zaxarlovchi moddalar ham o’z
navbatida quyidagilarga bo’linadi: umumiy zaxarlovchi moddalar-
tsian kislota, xlortsian; bo’g’uvchi
zaxarlovchi moddalar - fosgen,
difosgen; aksa keltiruvchi zaxarlovchi moddalar – adamsit,,
difenilxlorarsin. Bu zaxarlovchi moddalar erning ustki atmosferasida
tezda bug’lanib chiqib tez ta’sir qilish xususiyatiga egadir.
Barqaror zaxarli moddalar
o’z navbatida fiziologik ta’siriga
karab ham bo’linadi: teri-kasalligini keltirib chiqaruvchilar - iprit,
lyuizit; ruxiy zaxarlovchi(nervnoparalitik)lar - tabun, zarin, zoman;
ko’zni achishtiruvchi (lakrimator)lar –xloratsetofenon, brom-
benziltsianid. Bu zaxarli moddalar asta sekinlik bilan bug’lanadi va
bir necha kungacha ta’sir kuchiga ega bo’ladi.
Sаnоаtdа zаhаrli mоddаlаr оdаm tаnаsigа nаfаs оlish yo’li yoki
tеri оrqаli, оvqаt еyish vаqtidа, iflоslаngаn suvni istе’mоl qilingаndа
o’tаdi vа sаqlаnuvchi zаhаrlаnishgа оlib kеlаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: