61
Ko’znlng yorug’likda va qorong’ida ko’rishga
moslashish
qobiliyati
adaptatsiya
deyiladi. Ko’zning bar xil uzoqlikdagi
narsalarni ravshan ko’rishga moslashishi -
akkomodatsiya
deyiladi.
Qorong’iga moslashishda sezuvchanlik 40-50 minutdan keyin
ayrim optimal darajasiga etadi, yorug’likda moslashishda esa sezuv-
chanlikning pasayishi 8-10 minut davom etadi.
Ko’z
bevosita ravshanlikni sezadi, u yorug’lik kuchining
yoritilayotgan yuzaga nisbati bilan tavsiflanadi. Ravshanlikning
o’lchov birligi qilib nita (NT)
qabul qilingan; juda katta bo’lgan
ravshanlik (yorug’lik)da 30000 NT dan ortiq bo’lganda, ko’rmaslik
samarasi sodir bo’ladi. Gigiyenik jihatdan qulay bo’lgan ravshanlik
5000 NT gacha hisoblanadi.
Fazoviy tavsiflarni qabul qilishni baholaganda ko’rish o’tkirligi
asosiy tushuncha hisoblanadi. Ko’rish o’tkirligi - yoritilganlik, zidlik
(mos kelmaslik), obyektning shakli va boshqa omillarga bogMiq
bo’ladi. Yoritilganlikning ko’payishi bilan ko’rish o’tkirligi
kuchayadi. Zidlikning kamayishidan ko’rish o’tkirligi ham kamayadi.
Ko’rish o’tkirligi ko’z to’ridagi tasvir
proyeksiyasining qayerda
joylashganligiga bog’liqdir.
Ko’z 7 xil asosiy ranglarni va ularning 100 dan ortiq
ko’rinishdagi turlarini ajratadi.
Ranglarni sezish 380 dan 780 gacha bolgan uzunlikdagi yorug’lik
to’lqinlariga ta’sir qiladi. Uzunliklarning taxminiy chegaralari va
ularga to’g’ri kelgan ranglar quyidagicha: 380 - 455 nm (siyoh rang);
455 - 470 nm (ko’k); 470 - 500 nm ( havo rang); 500 - 550 nm
(yashil); 550 - 590 nm (sariq); 590 - 610 nm (to’q sariq) va 610 - 780
nm (qizil) ranglardir.
Ko’rish analizatori monoxromatik nurlanishning nisbiy ko’rinishi
bilan tavsiflanadigan ma’lum spektral sezuvchanlikka egadir. Eng
katta ko’rinish kunduz kuni va bunga sariq rang to’g’ri keladi;
qorong’iga esa yashil - havo rang to’g’ri keladi.
Oq rangdan qora
rangga gamma o’tishlar axromatik qatorni vujudga keltiradi.
Yorug’lik signalidan paydo bo’lgan sezish signalining yo’qolishiga
yoki uning tavsifming o’zgarishiga qaramasdan, ma’lum vaqt ichida
saqlanadi. Har xil tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, ko’rish
inersiyasi 0,1 - 0,3 sekund oralig’ida bo’ladi.
62
Ikki va uch o’lchovli bo’shliqda obyektlarni anglaganda ko’rish
maydoni va chuqur ko’rish farq qilinadi. Ko’rishning biokulyar (ikki
ko’z bilan) maydoni gorizontal yo’nalishda 120 ~ 160°; vertical
bo’yicha yuqoriga -55 - 60° va pastga -65 -72° o’z ichiga oladi.
Rangni anglaganda ko’rishning o’lcham maydoni torayadi.
Optimal ko’rish zonasi quyidagicha chegaralangan: yuqoriga - 25°,
pastga - 35°, o’ngga va chapga 32° dan. Chuqur ko’rish bo’shliqni
anglash bilan bog’liqdir. Mutlaq uzoqlikni baholash xatosi 30j
metrgacha masofada o’rtacha umumiy masofaga nisbatan 12% teng.
Do'stlaringiz bilan baham: