415
5.
O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash
to’g’risidagi” qonunning moxiyatini tushintirib bering?
6.
O’zbekiston Respublikasining xalqaro terrorizimga qarshi olib
borayotgan siyosatlari nimalardan iborat?
17. YONG’IN XAVFSIZLIGI ASOSLARI
17.1- Yong’in xavfsizligini ta’minlash choralari. Yong’in ofati,
uning kelib chiqish sabablari, omillari, turlari, yonish fazalari va
ularning xususiyatlari.
Tеxnоlоgik jаrаyondа pоrtlаydigаn, оsоn yonib kеtаdigаn hamda
bоshqа yong’in uchun xаvfli mоddаlаr vа mаteriаllаr ishlаtilаdigаn
yoki sаqlаnаdigаn оb’еktlаrdаgi, оdаmlаrning
mеxаnik vа termik
shikаstlаnishigа, zаharlаnishigа vа o’limigа, аsоsiy ishlаb chiqаrish
fоndlаrining nоbud bo’lishigа, fаvqulоddа vаziyatlаr hududlаridа
ishlаb chiqаrish muhitining vа оdаmlаr hаyotining buzilishigа оlib
kеlаdigаn аvаriyalаr, yong’inlаr vа pоrtlаshlаr.
56-jadval
Yong’inning kеlib chiqish sаbаblаri
ijtimоiy
Insоn оlоv vа
еngil yonuvchi buyumlаrdаn
fоydаlаn- gаndа
tехnоlоgik
Mаshinа vа uskunаlаrni nоsоzligi, ishdаn
chiqishi, mаtеriаl vа mоddаlаrning qаytа ishlаsh
tехnоlоgiyalаr tаkоmillаshtirilmаgаnidа
tаbiiy
Tаbiiy tusdаgi fаvqulоtdа vаziyatlаrdа
bоshqаlаr
Tа’lim, tаrbiya vа turli sinоv ishlаrini оlib
bоrish kаbilаrdа
Hozirgi vaqtda yong’inlar inson uchun
eng xavfli tabiiy ofatlar
qatoriga kirib bormoqda, chunki yong’indan keladigan zarar juda
katta miqdorni tashkil qilishi bilan birga inson hayotiga ham tahdid
soluvchi omillardan biriga aylanib qolmoqda.
Yong’in
– bu maxsus manbadan tashqarida sodir bo’ladigan va
katta material zarar hamda talofatlar keltirib chiqaradigan nazoratsiz
yonish jarаyonidir.
416
Ob’ektning yong’in xavfliligi
deganda, ob’ektning yong’in sodir
bo’lishi mumkin bo’lgan holati va yong’inning oqibatlari
tushuniladi.
71 - rasm. Yong’in sodir bo’lishi mumkin bo’lgan оb’еkdаgi
аvаriyalаr
Ob’ektning yong’in xavfsizligi
deganda, belgilangan me’yorlar va
talablar asosida ob’ektda yong’in sodir bo’lish xavfi hamda uning
xavfli va zararli faktorlarini inson hayotiga ta’siri
cheklangan,
ob’ektdagi materiallar to’liq himoyalangan holati tushuniladi.
Yong’in vaqtida sodir bo’ladigan turli xil xavfli va zararli
omillar ta’sirida material boyliklar nobud bo’lishi va baxtsiz
hodisalar ruy berishi mumkin. Yong’inning xavfli va zararli
omillariga asosan qo’yidagilarni kiritishimiz mumkin: ochiq alanga,
atrof-muhitning va yong’inda qolgan
buyumlarning yuqori harorati,
yonish vaqtida hosil bo’ladigan turli xil zaharli gaz va bug’lar,
tutunlar, kislorodning kam konsentrasiyada bo’lishi, qurilish
konstruktsiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari,
yong’in vaqtida sodir bo’ladigan portlash, portlashdagi to’lqin
zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan
materiallar va zararli
moddalar va b.
Yonishda asosan uch omil muhim rol o’ynaydi: yonuvchi modda,
yondiruvchi muhit va qizdirish jarаyoni.
Yonish hususiyatiga qarab –
gomogen
va
geterogen
bo’lishi
mumkin.
Gomogen yonishda yonuvchi moddalar bir xil agregat xolatida
bo’ladi. Geterogen yonish qattiq va suyuq moddalarning yonishi.
Yonish alanganing tarqalish tezligi va uning parametriga
bog’langan holda deflagrasion (10 m/s gacha), portlovchi (100m/s)
417
va detonasion (1000m/s) bo’ladi. Yong’in asosan deflagrasion
xolatda o’tadi.
Yonish jarаyonini shartli ravishda quyidagi turlarga bo’lish
mumkin:
-
chaqnash-yonuvchi aralashmaning bir lahzada yonib-o’chishi.
bunda yonishning davom etishi uchun aralashma
tayyor-lanishining
imkoniyati yo’q;
-
qizdirish natijasida yonishning vujudga kelishi;
-
alangalanish-yonishning alanga olib davom etishi;
-
o’z-o’zidan yonish-moddalar ichida asosan organik mod-dalarda
ro’y beradigan ekzotermik reaksiyalar natijasida, tashqaridan
qizdirishsiz yonuvchi aralashmaning o’z-o’zidan yonib ketishi;
-
o’z-o’zidan alangalanish o’z-o’zidan yonishning alanga bi-lan
davom etishi;
-
portlash-o’ta tez yonish kimyoviy
jarаyonining bosim va
energiya hosil qilish bilan o’tishi.
Republikamiz hududida 200 dan ortiq portlashga va yong’inga
xavfli inshootlar mavjud. Demak, Respublikamiz hududida
yong’inga qarshi kurash chora-tadbirlarini belgilash eng muhim
omillardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: